306-ps talabasi yoqubova farangiz 15 ta nazariya
Bixeviorizmning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi Skinner
Download 21.34 Kb.
|
15ta nazariya YOQUBOVA FARANGIZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Maqbul bixeviorizm»
- Klassik bixeviorizmning
- Neobixevioristik nazariya
- Erikson nazariyasi
Bixeviorizmning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi Skinner (1904—1990) metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki obyektiv ijtimoiy muhit determinallanganligini e’tirof etgan. B.F.Skinner motivlar, maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar tushunchasini inkor etgan. Uning ta’kidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni qurshab turgan tashqi muhit ta’sirida butunlay shakllanadi. Ba’zida bunday yondashuvni invayronm entalizm (environment — muhit-atrof) deb ataydilar. B.F.Skinner fikriga ko‘ra, inson psixikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan chiqarib tashlanishi, bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan inson xulq-atvorini o‘rganishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit omillarini o'rganishga qaratihshi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini (kalamush, kabutar) eksperemental tahlili inson va hayvonlar uchun umumiy bo'lgan xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi, deb hisoblangan.Xulq-atvorning umumiy qonuniyatiga tayanib ta’lim va tarbiyaning muhim amaliy psixologik-pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit o‘zgarishlarini manipulatsiya qilib, ya’ni bog‘liq bo‘lmagan o'zgarishlar individning xulq-atvor reaksiyalarini bog‘liq o‘zgaruvchilar taxmin qilish va nazorat qilish mumkin.
Edvard Torndaykning psixologiya faniga qo‘shgan hissalaridan biri «odam shunchaki fikrlay oladigan boshqa bir jonivor» degan ta’kid edi. Edvard Torndayk o'zining psixologiyadagi tizimini «Maqbul bixeviorizm» deb atagan. Uning fikricha, organizm xulq-atvori m a’lum bir adaptativ maqsadga yo'nalgan. Bexeviorist bo‘lgan Tolmen Kurt Levin tufayli geshtalt nazariyasiga qiziqib qoladi. Klerk Xallning fikrlariga I.P.Pavlov, C h.D arvin, E.Torndayk, E.Tolmenlar ishlari o‘z ta’sirini ko'rsatgan. Uning nazariyasi ushbu tadqiqotchilarning nazariyalari hamda Nyuton fizikasini siznetlashga urinish edi. U gipnoz bilan qiziqadi ham da 1933-yilda shu mavzuda kitob yozadi. Klassik bixeviorizmning asosiy g'oyasi quyidagilardan iborat: bola psixikasining rivojlanishi asosan atrof-m uhitga bog‘liq. Bola taraqqiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda stim ullar va ular asosida paydo bo‘ladigan reaksiyalar o‘rtasida bog‘lanish hosil bo‘lishiga, o‘rganishga imkon beradigan yoki unga to'sqinlik qiladigan sharoitlarni o‘rganishga e’tibor qaratildi. Muhit bolani o‘rab turuvchi tevarak-atrof, aniq hayotiy vaziyatlardan iborat sharoit sifatida qaraldi; vaziyat turli stim ullar to ‘plam idan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida qo‘zg‘atuvchilar zanjiriga bo‘linadi. Tashqi m uhit ta’sirlari bola xulq-atvori m azm unini va uning rivojlanish xarakterini belgilaydi. Shunga qaram asdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan E T orndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar. U lar o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish xususiyati, har xil D j.Uotson roitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimuini tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizm ning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. E.Erikson asosiy e’tiborni psixoanalitik nazariyaga yangi yo‘nalish bergancha psixologik inqirozlarni muvaffaqiyatli hal qilish shartlarini o‘rganishga jamladi. E.Eriksonning konsepsiyasi shaxs hayotiy yo‘lining epigenetik konsepsiyasi deb nomlanadi. Ma’lumki, epigenetik tamoyil embrional rivojlanishni o'rganishda foydalaniladi. Shu tamoyilga ko‘ra barcha o'sayotgan narsa umumiy rejaga ega. Bu umumiy rejadan kelib chiqqancha, alohida qismlar rivojlanadi. Shu bilan birgalikda, ularning har biri imtiyozli rivojlanish uchun birm uncha yoqimli davrga ega. Barcha qism rivojlanib, funksional yaxlitlikni shakllantirm aguncha shunday davom etadi. Biologiyada epigenetik konsepsiyalar yangi shakl va tuzilm alarning yuzaga kelishida tashqi om illarning rolini ta’kidlaydi. E.Erikson nuqtayi nazari bilan bosqichlarning izchilligi - biologik yetilish natijasi, biroq rivojlanish m azm uni inson mansub bo‘lgan jam iyat undan nim ani kutishi bilan belgilanadi. E.Erikson bo‘yicha har qanday odam , u qanday madaniyatga m ansub bo‘lmasin, bu barcha bosqichlarni o‘tashi mumkin. hammasi uning hayoti qanday davomlilikka ega ekani bilan bog‘liq. Amalga oshirilgan ishlarni baholagancha E.Erikson uni davrlarga bo‘lishni shaxs nazariyasi sifatida ko‘rib chiqib bolrnaydi. Amerikalik psixolog E.Erikson (1902—1994) ego-psixologiya yo'nalishining vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi Anna Freyd nazariyasi kabi psixologik tahlil amaliyotidan keyin yuzaga keldi. E.Eriksonning o‘zi tanbolganiday, Yevropadan emigratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi Amerikada kichik bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik, urush veteranlaridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik kabi ko‘rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu barcha ko‘rinishlarga psixoanalitik yondashuv nizo mavjudligini ko‘rsatdi, Z.Freydning ishlari esa nevrotik nizolarni birm uncha o‘rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi. Biroq E.Erikson sanab o‘tilgan ommaviy ko'rinishlarni nevrozning faqat analogi deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko'ra, insoniy «Men»ning asoslari jamiyatning ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi. Download 21.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling