31. Afinada qanday joylarda davlat maktablari tashkil qilingan ?


Download 21.06 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi21.06 Kb.
#1595630
Bog'liq
TARIX31dan


TARIX
31. Afinada qanday joylarda davlat maktablari
tashkil qilingan ?
A) Hukmdor saroyi va ibodatxonalar qoshida;
B) Akropol markazida;
C) Davlat maktablari bo'lmagan;
D) Palestrlarda.
32. Kim Turkistonning barcha aholisiga “hozirgi
dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil” bo’lish
uchun o’z vatani tarixini o’rganish da’vati bilan
murojaat qildi?
A) Avloniy B) Fitrat
C) Cho’lpon D) Behbudiy
33. 2002-yili Yevroittifoqqa qabul qilingan
davlatlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni
aniqlang?
A) Vengriya, Litva,Bolgariya, Polsha, Chexiya.
B) Malta, Kipr, Estoniya,Norvegiya, Sloveniya.
C) Latviya, Slovakiya, Malta, Vengriya, Kipr.
D) Polsha, Estoniya,Yugoslaviya, Xorvatiya,
Chexiya
34. Arablar Xuroson deb atagan hududga qaysi
yerlar kirgan?
A) hozirgi Afg’oniston, Eronning sharqiy
qismi, qisman Pokiston, Kaspiy dengizining
sharqi hamda Janubiy Turkmanistondan to
Amudaryogacha bo’lgan hududlar
B) hozirgi Afg’onistonning sharqiy, Eronning
sharqiy qismi, shimoliy Pokiston hamda
markaziy Turkmanistondan to Amudaryogacha
bo’lgan hududlar
C) hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning
shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy
Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan
hududlar
D) hozirgi Afg’oniston, Eronning shimoli-
sharqiy qismi, Pokistonning shimoliy qismi
hamda Sind yerlaridan to Amudaryogacha
bo’lgan hududlar
35. Qachon XXSR va BXSR tugatildi ?
A) 1925-yil B) 1924-yil
C) 1923-yil D) 1922-yil
36. Yangi jamiyat kapitalistik jamiyat dastlab
qachon va qayerda vujudga keldi?
A) XV asr Yevropada
B) XVI asr Shimoliy Amerikada
C) XVII asr G’arbiy Yevropada
D) XVI asr G’arbiy Yevropada
37. Darvishxon qo’zg’aloni qachon va qayerda
ko’tarildi?
A) 1879-yil-Marg’ilon
B) 1885-yilning yozi-Andijon
C) 1885-yilning kuzi-Chust
D) 1878-yil-Mingtepa
38. “Xalqlarning buyuk ko‘chishlari” jarayoniga
qanday sabablar turtki bo‘lgan?
1) yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi; 2)
mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; 3)
xunnlarning Sharqdan hujumlari ko‘plab varvar
qabilalarini o‘z makonlaridan siljishga majbur
etishi; 4) Yevropada iqlimning soviy boshlashi;
5) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi; 6) yer
egaligi yangi turlarining shakllanishi; 7)
G‘arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot –
xristianlikning keng tarqalishi.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5,6,7
C) 1,3,5,7 D) 2,4,6,7
39. O’zbekiston Konstitutsiyasining nechanchi
moddasida hokimlar vakolati haqida ma’lumot
berilgan?
A) 100-moddasida B) 101-moddasida
C) 102—moddasida D) 103-moddasida
40. Qo’qon xonligida valiy qanday harbiy
mansab bo’lgan?
A) artilleriya qo’mondoni
B) 500 nafardan iborat harbiy qo’shin
qo’mondoni
C) amiri lashkar maxsus bo’linmasi boshlig’i
D) bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun
41. Rassomchilikdagi impressionizm
(taassurot) oqimining eng iste’dodli
namoyondalarini ko‘rsating.
1) Ogyust Renuar; 2) Pikasso; 3) Klod Mons;
4) Leonardo da Vinchi; 5) Rembrant; 6) Kamil
Pissaro; 7) Eduard Mane; 8) Molyer.
A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 6
C) 2, 4, 5, 8 D) 3, 5, 7
42. Аrаblаrgа qаrshi bo‘lib o‘tgan хаlq
qo‘zg‘оlоnlаrini sanalari bilan to‘g‘ri
ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
1) Kufа shаhridаgi qo‘zg‘olon; 2) Аbu Muslim
bоshchiligidаgi qo‘zg‘оlоn; 3) Muqаnnа
bоshchiligidаgi qo‘zg‘оlоn; 4) Bоbеk
bоshchiligidаgi qo‘zg‘оlоn
a) 747-yil; b); 685-687-yillar c); 815-yil; d)
769-783-yillаr
A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c B) 1-b; 2-a; 3-d, 4-c
C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d
43. Buxoro xonligida qo’shinning qaysi
qismiga qalbni dushmanning bexosdan
qilinadigan hujumidan saqlash yuklatilgan?
A) hirovul B) chanoh
C) manglay D) manglay qorovul
44. Qaysi hukmdor davridan boshlab Rimliklar
bosqinchilik urushlarini olib bormadilar?
A) Konstantin; B) Trayan;
C) Neron; D) Oktavian.
45. F. Ruzvelt prezidentligi davrida qaysi so`z
ommaviy shior va siyosatning nomiga aylandi?
A) “Adolatli jamiyat” B) “Yashasin
Respublika”
C) “Yangi kurs” D) “To`g`ri yondashuv”
46. “Taxt vorisligi to’g’risida bill” qachon
qabul qilingan?
A) 1714 yil B) 1701 yil
C) 1700 yil D) 1707 yil
47. Unifikatsiya – bu ...
A) bitta tizim yoki shaklga keltirish
B) bu qaysidir soha, jabhada mavjud barcha
imkoniyatlar, vositalar yig‘indisi
C) «oliy» irqlarning «past» irqlar ustidan
hukmronlik qilishi to‘g‘risidagi g‘ayriilmiy,
reaksion nazariya.
D) tabiiy resurslar va biosferaning ifloslanishi
48. Quyidagi shaharlarning mo`g`ullar
tomonidan qancha muddat qamal qilinganligi
bilan muvofiq keladigan javobni toping.
1. Samarqand 2. Buxoro 3. Urganch 4. O`tror 5.
Xo`jand
a) 7 oy, b) 5 oy c) 1 oy d) 12 kun e) 3 kun
A) 1-e, 2-d, 3-a, 4-c, 5-b
B) 1-d, 2-e, 3-a, 4-c, 5-b
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c, 5-e
D) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b, 5-c
49. XIX asr oxirida Xitoy hududining
mustamlakachi mamlakatlar tomonidan egallab
olinishidagi to‘g‘ri javobni aniqlang.
1) Germaniya; 2) Fransiya; 3) Rossiya; 4)
Buyuk Britaniya; 5) Yaponiya.
a) Szyaochjouvan, Shandun; b) Suamchjuvan
ko‘rfazi; c) Futsziyan viloyati; d) Veyxay,
Yanszi daryosi havzasi; e) Port-Artur.
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c
B) 1-a, 2-e, 3-b, 4-c, 5-d
C) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c
D) 1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b
50. Ichanqal'aga kiriladigan to'rtta darvoza
nomlari xato berilgan javobni toping.
A) Bog'cha darvoza C) Polvon darvoza
B) Ko`kcha darvoza D) Ota darvoza
51. “Eng yirik fabrika” deb nom olgan davlatni
aniqlang?
A) AQSH B) Xitoy
C) Rossiya D) Kanada
52. Quyidagi fikrlar qaysi tariqatga oid: Inson
zoti sharif darajasida ulug‘lanadi. Insonning har
qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun
turishi ta’kidlanadi.
A) Yassaviya B) Kubroviya
C) Naqshbandiya D) Imomi A`zam tariqatida
53. Rossiyadagi “Stolipin agrar islohoti”
qanday nuqsonlardan iborat bo‘ldi?
1) badavlat dehqonlar (quloqlar)ning
mavqeyiga kuchli zarba berildi; 2) rus
aholisining ko‘pchiligi yersiz qolib ketdi; 3)
ko‘chib ketganlar yana avvalgi joylariga qayta
ko‘chib kelishga majbur bo‘la boshladilar; 4)
ko‘chirish siyosati milliy chekka o‘lkalardagi
siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi; 5) krepostnoy
xo‘jalik uzil-kesil tugatilmadi; 6) pomeshchik
yer egaligini tugata olmadi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 6
C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 5, 6
54. Jasorati uchun Zeba G‘aniyeva qanday
orden bilan mukofotlandi
A) "Moskva mudofaa uchun" B) "Jasorat"
C) "Qizil Bayroq" D) “Qahramon”
55. Qaysi asrdan yirik shaharlаrdа dаstlаbki
оliy mаktаblаr – univеrsitеtlаr оchilа bоshlаndi?
A) XI asr B) XIII asr
C) XII аsr D) XIV asr
56. Tokiodagi qaysi Universitetda buyuk
o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal
o‘rnatildi?
A) Sakai B) Soka
C) Yodju C) Syangan
57. Buyuk Ipak yo`li kesib o`tgan hududlar
ketma-ketligini aniqlang.
1)Sharqiy Turkiston; 2)Pomir; 3)Sariq dengiz;
4)Misr; 5)Eron; 6)Efes; 7)Mesopotamiya;
8)O`rta yer dengizi sohiligacha; 9)O`rta Osiyo;
A) 3,1,9,5,7,8 B) 3,1,5,7,8,9
C) 3,9,1,5,7,8 D) 3,1,9,7,5,8
58. Jizzax qachon rus podsho hukumati
tomonidan bosib olingan?
A) 1866-yil 8-may B) 1866-yil 17-may
C) 1866-yil 18-oktyabr D) 1866-yil 12-
oktyabr
59. SSSR qaysi davlatga qilgan hujumi sabab
tajovuzkor davlat sifatida Millatlar Ligasi
tarkibidan chiqarildi?
A) Germaniya B) Polsha
C) Finlandiya D) Belorussiya
60. XIX asrda qaysi davlatda ichki bozorning
sust taraqqiy etganligi hukmron doiralarni
bosqinchilikka, mustamlaka imperiyasini
tuzishga chorladi?
A) Fransiya B) Germaniya
C) Italiya D) Rossiya

Download 21.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling