2.Davlat — bosh islohotchi. Yangi jamiyat qurish davrida, ayniqsa o’tish bosqichida davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini qo’ldan bermasligi zarur. Davlatning boshqaruvchilik roli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yana bir g’oyat muhim shartidir.
3.Qonunlarning ustuvorligi. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo’lgan qonunlarga tayangandagina muqarrar bo’lishi, sezilarli natijalar berishi mumkin. Qonun hamma narsadan ustun bo’lishi kerak.
4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.Respublikaning nufuzi, tarixiy-madaniy xususiyatlarini albatta hisobga olgan holda kuchliijtimoiy siyosat o’tkazish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini, qariyalar va bolalarni himoya qilish lozim.
5.Bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish. Bozor iqtisodiyotigao’tish bu o’zini oqlamagan totalitar rejali iqtisodiy tizimdan istiqboli amalda tasdiqlangan erkinrivojlanuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu tizimlarning negizlari xilma-xil, rivojlanish qonun vaqoidalari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tishdashoshilish yaramaydi. Yangi iqtisodiy, bozor munosabatlariga puxta o’ylab, bosqichma-bosqich o’tish zarur.
43. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Davlat va jamiyatqurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |