31. Maxsus yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb etishda ota-onalar bilan ishlash


Salamanka bayonati va ish faoliyati rejasi


Download 72.08 Kb.
bet7/19
Sana26.01.2023
Hajmi72.08 Kb.
#1128772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Ilmira

40. Salamanka bayonati va ish faoliyati rejasi
Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat rejasida “Ta’lim hamma uchun” shiori ilgari surilamoqda. “Ta’lim hamma uchun” shiori deganda nogiron bo’lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo’yilgan guruhlardan kelib chiqqan bolalarning ham tenghuquqlilik asosida ta’lim olishlari tushuniladi.
Ushbu harakat rejasini tahlili shuni ko’rsatdiki, asoslanadigan asosiy tamoyili quyidagilardan iborat:
“Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emosional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko’chmanchi xalqlarga tegishli bo’lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil topgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3-band).
Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida inklyuziv ta’lim berish lozimligi alohida ta’kidlanib, har bir bolaning boshqalarnikiga o’xshamagan o’z ehtiyojlari mavjudligi, shuningdek, har bir bola yashash joyiga yaqin bo’lgan maktabga borish huquqi mavjudligi alohida ta’kidlab o’tilgan. Mazkur Bayonotga ko’ra:

  • Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo’naltirilsin;

  • Maxsus ehtiyojga ega bo’lagan bolalar uchun umumta’lim maktablariga borish imkoniyati yaratilsin deb qat’iy belgilab berildi.

41. Inklyuziv ta’lim bo’yicha xalqaro miqyosdagi hujjat. (1994 yil yunESCO)
Djomtiyen (Tailan)da o’tkazilgan konferensiya asosida “Ta’lim hamma uchun” shiorini qo’llab-quvvatlash va amaliyotga tadbiq qilishni tahlil etish maqsadida 1994 yilda YuNESKO tashkiloti va Ispaniya davlati bilan hamkorlikda Salamanka - Ispaniya umumjahon konferensiyasi o’tkazildi. Ushbu konferensiya ishtirokchilarining maqsadi va vazifasi butun dunyodagi imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun qulayliklar yaratish, maktabda o’qitish vazifasini amalga oshirish uchun maktab isloxotlarini o’tkazish zarurligi to’g’risida fikr-muloxazalar yuritishga qaratilgan edi. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishga bo’lgan ehtiyoj bu shunda namoyon bo’ladiki, ta’lim tizimidan butunlay chetda qolib ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta’limga jalb etish, maxsus muasasalarga borishga yashash joyi juda uzoqda bo’lganligi yoki moddiy mablag’ning yetishmasligi yoki ota-onalarning o’z farzandini maxsus muassasaga borishini hohlamasligi oqibatida qiynlalayotgan ota-onlalargan ko’mak berish, maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to’laqonli moslashtirish, teng huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir. Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning diqqat markazija bo’lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi integrasiyalashgan ta’lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o’rganilib chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta’lim Vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi maxsus bo’limlarga muqobil sifatida inklyuziv ishlash uslublari qabul qilindi.

Download 72.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling