3/2-amaliy mashg’ulot mavzu: tovuq go'shtini qayta ishlash va yarimtayyor maxsulot olish hisobi (pat yulish qurilmalari) Barcha tur parranda tanasidan patini yulish universal avtomati


Download 57.35 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi57.35 Kb.
#1738690
Bog'liq
Амалий 3.2


3/2-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: TOVUQ GO'SHTINI QAYTA ISHLASH VA YARIMTAYYOR MAXSULOT OLISH HISOBI (PAT YULISH QURILMALARI)
Barcha tur parranda tanasidan patini yulish
universal avtomati
Universal avtomat parranda yetishtirish va qayta ishlash sanoati uchun ishlab chiqilgan. Uning korpusi silindr shakliga ega bo‘lib, zanglamas po‘latdan tayѐrlanadi. Korpusning old tomonida pati tozalangan parranda tanasini tushurish uchun eshik 2 mavjud.
Silindr payvandlab tayѐrlangan staninaga 3 tayanadi. Mashina quvvati 2,8 kVt, aylanish tezligi 1420 ayl/min -li elektrodvigateldan 4 harakatga keltiriladi. Undan harakat tasmali 9 va ikki konussimon tishli uzatgichlar (rasmda ko‘rsatilmagan) orqali vertikal o‘rnatilgan rezina barmoqli gorizontal diskka 5 beriladi.
Bu diskning diametri 900 mm, tovuq, cho‘ja va o‘rdakchalarga ishlov berishdagi aylanish tezligi 170 ayl/min, kurka, o‘rdak va g‘ozga ishlov berish vaqtida 220 ayl/min. Jami diskda 145 barmoq konsentrik aylana bo‘ylab o‘rnatilgan.
Mashinaning yuqori qismi olinadigan qopqoq 6 bilan berkitilgan. Unda parranda tanalarini yuklash uchun teshik mavjud. Parranda tanalari turkumi konveyer yo‘lida o‘rnatilgan yig‘uvchi-ag‘daruvchi ѐrdamida avtomatik ravishda yuklanadi va mashinaga parranda tanalarini tashlash bajariladi.
Mashinaga bir vaqtda 12 tovuq va cho‘ja, 10 o‘rdak, 3 kurka ѐki 4 g‘oz yuklanishi mumkin.
Mashinaning ichki devorida 174 ko‘ndalang kesimi aylana konusli halqasimon ariqchali rezina barmoq o‘rnatilgan. Rezina barmoqlar hosil qilingan silindr bo‘ylab shaxmat tartibda o‘rnatilgan.
Parranda tanalarini patdan tozalash, ishchi disk 5 aylanganda barmoqlar va tanalar orasida vujudga keladigan ishqalanish kuchi hisobiga amalga oshadi.
1-rasm. Konstruksiya barcha tur parranda tanasidan patini yulish universal avtomati:
1- mashina korpusi; 2 – tushirish eshigi; 3 - stanina; 4 - elektro-dvigatel; 5 – barmoqli disk; 6 – korpus qopqog‘i; 7 – pat yig‘ish voronka-si; 8 – taranglash stansiyasi; 9 – remenli uzatgich; 10 – eshik tilini tortish uchun elektromagnit; 11 – eshikni ѐpish uchun elektromagnit.
Tozalash vaqtida yuqoridan, aylana shaklidagi quvish yo‘lidan uzluksiz ravishda issiq suv berib turiladi. Bu yuvib tushirilgan patni pat yig‘ish voronkasiga 7 disk va korpus orasidagi halqasimon teshikdan tushiriladi.
Tovuq , jo‘ja va kurka turkumini tozalash davomiyligi 30 sek, o‘rdak va o‘rdakchalar uchun 60 sek, g‘ozlar uchun 80 sek.
Eshikchaning 2 ochilishi avtomatik tarzda qulf tilini elektromagnit 10 ѐrdamida tortishi natijasida amalga oshadi, ѐpish esa elektromagnit 11 ѐrdamida amalga oshadi.
Mashinani yuklash va yukini tushirish vaqtida ishchi disk to‘xtamaydi, shuning bilan mashinani uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Mashinaning unumdorligi: tovuq va cho‘ja patini tozalash bo‘yicha soatiga 1200, kurkani tozalash bo‘yicha 300, o‘rdak va o‘rdak bolalari patini tozalash bo‘yicha 520, g‘ozlarni tozalash bo‘yicha 170 donani tashkil etadi.
Download 57.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling