33-Mavzu: Vodorod kimyoviy element. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar


Download 19.06 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi19.06 Kb.
#1334888
Bog'liq
kons-7-sinf

33-Mavzu:Vodorod kimyoviy element. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.


Darsning maqsadi:

Ta’limiy:O’quvchilarga mavzu haqida to`liq ma’lumot berish. DTS talablari asosida o’quvchilarga bilim, malaka va ko`nikmalarni hosil qilish.

Tarbiyaviy:O’quvchilarning kiyinishiga e’tibor berish. Muomala madaniyati va maktab ichki tartibiga amal qilishlarini nazorat qilish.

Dars jihozi:

Magnitli doska, tarqatma material, doska va hakazolar.Mavzu yoritlgan, asosiy va qo`shimcha adabiyotlar.

Dars turi:

Ma`ruza.

Dars uslubi:

Savol-javob

Eng yuqori baho “5”

Darsning tashkiliy qismi:

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

Uyga vazifani so`rash (savol-javob, munozara usullari: rejali savollar, testlar, tarqatma materiallar).

Uyga berilgan mavzuga yakun yasash.




YANGI MAVZU BAYONI
Reja:
1.Vodorodning kashf etilishi
2.Vodorodning tabiatda tarqalishi.
3. Kislotalar haqida dastlabki tushuncha.

Davriy sistemada birinchi element vodorod bo`lib, uning nomi “ suv hosil qiluvchi” ma’nosini bildiradi. Uning atomi eng oddiy elektron tuzilish (1s1) ga ega.

Elektromanfiyligi – 2,1. Birikmalarida namoyon qiladiga oksidlanish darajasi –1, 0, +1.

Qisacha tarixiy ma’lumot. Vodorod XVI asrda nemis tabiatshunos-xakimi Paratsels tomonidan ochilgan.

1776- yilda Angliya olimi G. Kavendish uning xususiyatlarini o`rgangan.

Lavuaze 1783-yilda eng birinchi bo`lib suvdan vodorod olib, suv vodorod va kislorodning birikmasi ekanligini isbotlagan va shu sababli “Hуdrogenium” – “suv hosil qiluvchi” ma’noni anglatadi.



Kimyoviy belgisi–H
Oddiy modda formulasi–H2
Valentligi 1 ga teng
Nisbiy molekulyar massasi–2,0156
Nisbiy atom massasi–1,0078

Tabiatda tarqalishi. Tabiatda kam holda erkin holatda uchraydi. U juda ko`p miqdorda quyosh sistemasida ( termoyadro r-yasi tufayli) mavjud.


411H  42He + 201e


Quyoshning qatiyb yarmi, yulduzlar, Yupiter. Saturn planetalarining asosiy qismi vodoroddan iborat. Vodorod suv massasining 11,12% ini tashkil etadi. O`simliklar va hayvonlar organizmida, neft va gaz tarkibida vodorod asosiy elementlardan biri sifatida mavjud.

Vodorodni dastlab Parasel`s sulfat kislotaga temir ta’sir ettirib olgan. Uning element ekanligi 1783 yilda isbot qilingan.


Kislotalar haqida tushunchalar

Vodorodning tabiatda uchraydigan birikmalari ichada kislotalar (nordon suvlar) alohida o’rin tutadi.

Yozning issiq kunlarida gazlangan suv, turli hil gazlangan salqin ichimliklarning rohatbaxsh tamini yoki o’rik g’o’rasi, rovochning nordon ta’mini yodingizga oling. Limonning nordon ta’mi bilan hamma tanish bo’lsa kerak. Tabiatda ko’p kislotalar uchraydi. Sitrus mevalarda (limon, apelsin, mandarin) limon kislotasi, ho’l mevalar (olma, behi, anor) olma kislotasi, otquloq yoki shovul barglarida shovul kislosi, chumolilarning qorin qopchiqlarida (asalari zahari va qichitqi o’t ignachalarida ham) chumoli kislotasi bo’ladi. Gaz suvda karbonat kislotasi mavjud.



Download 19.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling