34. Al-Beruniyning ilmiy pedagogik qarashlari


Download 43 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi43 Kb.
#1129696
Bog'liq
Um ped 34 35 36 41


34.Al-Beruniyning ilmiy pedagogik qarashlari
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (milodiy 973-yil 4-sentabr) da Xorazmning Qiyot (Kot) shahrida dunyoga keldi. Boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha davrda fan-madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, so‘g‘d, fors, suryoniy, yunon tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o‘rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi.Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan.Bundan tashqari, o‘zidan oldin o‘tgan Muhammad Xorazmiy, geograf olim Abul Abbos, Ahmad Farg‘oniy, Marvaziy, Javhariy, Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy, seyistonlik Abu Said as-Sijiy, Abu Muhammad Hamid Xo‘jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o‘rganadi.995-yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo‘lib, globus yasadi va astronoraiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar).Beruniy hali yosh olim bo‘lishiga qaramay, Kotda 994-995-yillari astronomik asboblar ixtiro qilib kuzatishlar o‘tkazgan O‘sha davrda Kaspiy bo‘yi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko‘rsatadi, «Shamsal-maoliy» («0liy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo‘lgan bu podshohga bag‘ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O‘rta Sharqqa mashhur qildi.1004-yili Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi etib tayinlanadi.Ma’mun davrida Urganchda «Majlisi ulamo» - «Ma’mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko‘rsatadilar.Beruniy bir necha yil kamyob maetallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi.1017-1018-yillari yana taxt va hokimiyat uchun kurash bo‘shlanib, Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xurosonda Mahmud G‘aznaviy (998-1030) hukmronligi o‘rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud G‘aznaviy davlatiga tobe bo‘ladi.Ma’mun akademiyasidagi ko‘plab olimlar qatori Beruniy ham g‘aznaga olib ketiladi va u yerda ijodini davom ettiradi.1030-yili Buruniy o‘zining Sharq va G‘arbda keng e’tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.Kitobning to‘liq nomi «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi» bo‘lib, aytishga qulay bo‘lishligi uchun qisqacha «Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston» deb yuritiladi.Akademik V.R.Rozen asarni «Sharq va g‘arbning qadimgi va o‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo‘q», -deb baholaydi. Hindiston olimi Hamid Rizo esa, olim haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o‘rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib yetmagan. Uning «Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo‘lib qoladi», deydi.Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini topgan.1030-yili Mahmud G‘aznaviy vafot etadi. Uning kichik o‘g‘li Muhammad voris sifatida taxtga o‘tirgan bo‘lsada, ko‘p o‘tmay Mahmudning katta o‘g‘li Mas’ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag‘darib, o‘zi hokimiyatni qo‘lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas’ud Beruniyni o‘z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi.Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda:- o‘quvchini zeriktirmaslik;- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;- uzviylik, izchillik;- tahlil qilish va taqqoslash;- ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa,soddadan qiyinga qarab borish;- takrorlash;- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etishga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi.B
.35.IX-XI asrlar-Sharq Uygonish davri (Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va talim haqida)
Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida kichik amaldor oilasida tug`iladi. Uning to`la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko`chib o`tgach, u boshlang`ich maktabda o`qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo`r, mehnatsevar edi. Undagi tug`ma qobiliyat, o`tkir zehn, kuchli xotira o`zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda uning do`stlari bilimdon kishilar bo`lib, ularning ilmiy munozaralari o`tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta`sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o`smirlik yillari o`tgan Buxoro shahri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo`lib hisoblanar edi. Buxoroda ko`plab maktab, madrasa, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo`lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta`lim oladi. Shundan so`ng ibn Sino o`zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug`ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta`lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo`ldi. Ibn Sino so`ngra falsafani o`rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to`liq o`zlashtirib oladi.IX asr oxiri – X asr boshlariga kelib, o`lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. Shu tufayli ibn Sino Xorazmga – Urganchga ko`chib o`tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma`mun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug`ullana boshlaydi. Xorazmda o`zining yirik asarlari – «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida ish olib boradi.Mahmud G`aznaviy 1017 yilda Xorazmni o`ziga qaram qilib olgach, nufuzli olimlarni ham o`z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G`aznaviy saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo`ladi. Gurganjda, Rayda, keyin esa Hamadonda va umrining so`nggi yillari Isfaxonda yashaydi. Ibn Sino 1037 yilda vafot etdi.Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o`z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug`ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo`lsa ham. Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga bag`ishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo`lib qoldi. Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at - tayr», «Risolat fi-l-ishq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma`no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma`nosi haqida»), «Risolat fi - daf al – g`am min al mivt» («O`limdan keladigan g`amni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbihot asarlari shular jumlasidandir.Ma`lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi.
36.Mahmud Qoshgariyning Devonu lugotit-turk asarida talim-tarbiya masalalari.
Mahmud Qoshg‘ariy - XI asrning o‘rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar arab tilida “Turk tili lahjalari”ni tuzgan. Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasi ilmiy uslublarini qo‘llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar uchun qadr-qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir.Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg‘ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida tug‘ilgan va qoraxoniy a’yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi Bolasog‘un shahrini boshqargan. Oliy tabaqadan kelib chiqishi olimga o‘z davrining yirik siyosiy va madaniy markazi bo‘lmish Qashqarda ajoyib ta’lim olish imkonini berdi.Bir qator turkiy tillar bilan birga, Mahmud Qoshg‘ariy arab va fors tillarini ham bilgan. Ehtimol, ta’limni Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog‘dodda davom ettirgan, u yerlarda olim uzoq vaqt yashagan, kitobi uchun zaruriy ma’lumotlar to‘plagan. U vaqtlar saljuqlarga tegishli Bog‘dodda bo‘lgan vaqti Qoshg‘ariyda kitobning g‘oyasi paydo bo‘ladi, unga ko‘ra, turkiy xalqlar hayotining ko‘p qirralari, fikrlashi, odatlari, jo‘g‘rofiy joylanishi va eng avvalo, tili ta’riflanishi joiz bo‘lgan.Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari to‘plangan va jamlangan. Al Qoshg‘ariyning “Devoni” - turkiy madaniyat yodgorligi bo‘lib, o‘zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o‘zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o‘ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so‘fiylik kabi tarmoqlari tasvirlangan.Mahmud al Qoshg‘ariy mehnatining yagona nusхasi 1915 yil olim va kutubxonachi Ali Emir tomonidan Istambul bozorida ko‘chirma nusхa ko‘rinishida topilgan, hozirgi vaqtda Istambul Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozmani Muhammad ibn Abu-Bakr ibn Abu-l-Fath as-Saviy ko‘chirgan.“Devonu lug‘at at turk”ning birinchi noshiri turk olimi Rifat Bilge bo‘lib, u kitobni birinchi bo‘lib turk tiliga tarjima qilgan.Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari o‘zbek tiliga professor Solih Mutallibi tomonidan tarjima qilingan va 1960-1963 yillar Toshkentda nashr etilgan.Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari noyob hisoblanib, odatiy lug‘atga xos so‘zlar bilan bir qatorda, ko‘plab badiiy asarlar ham uchrab, folklorlikka oid qismlari asosiy timsolda gavdalanadi. Muallifning o‘zi shunday yozadi: “Mazkur kitobni men alifbo tartibida joyladim, maqol, saj, matal, she’r, rajaz va nasr parchalari bilan bezadim”.“Turkiy shajaralar lug‘ati”da turkiy tilda so‘zlashuvchilar folklorining asosiy janrlari keltirilgan - marosimiy va lirik qo‘shiqlar, qahramonlik dostoni, tarixiy rivoyat va afsonalar. Shu bilan birga, unda anatomiya, tibbiyot, veterinariya, astronomiya, jo‘g‘rofiya, etnografiya va boshqalar haqida ma’lumotlar mavjud.“Turkiy shajaralar lug‘ati” ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Mahmud Qoshg‘ariy kitobning maqsadini ochib bergan, turkiy tilga so‘zlashuvchi qabila va urug‘lar haqida ma’lumotlar keltirgan.Asarning ikkinchi qismida turkiy til shajarasining lug‘ati taqdim etilgan, hikmatli iboralar, og‘zaki xalq ijodining namunalari keltirilgan.Quyida kitobidan keltirilgan parchalar orqali Qoshg‘ariyning nuqtai nazari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.“Kunlar vaqtni shoshirar, inson kuchini toliqtirar, dunyoni erlardan ayirar... Uning odati shu-da, barchaning qismati shu yerda. Agar dunyo mo‘ljalga olib, o‘qni otsa, tog‘ cho‘qqilari ajralib ketadi”.“O‘g‘lim, senga yaxshilikka eltuvchi pand-nasihat merosimni qoldiraman. Yaxshi insonni uchratsang, unga ergash”.

41.Movaraunnahrda Amir Temurning fan, madaniyat va marifat rivojiga qoshgan hissasi.


Amir Temurning maorif rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan-madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo‘lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib, mo‘g‘ul istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.XVI asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi. Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini Amir Temur o‘z yelkasiga oldi va qariyb 10 yil (1360-1370) davom etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan halos qildi. 1370-1380-yillar mobaynida Amir Temur say’i harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barham berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi.Shunday qilib, XVI asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XVI asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi.Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o‘rin egalladi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va O‘rta Osiyoda Sharq o‘yg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. Amir Temur Ko‘ragon ibn Muhammad Tarag‘ay bahodir 1336-yilning 9- aprelida hozirgi Shahrisabzga qarashli Xojailg‘or qishlog‘ida tavallud topgan.Temurbek bilim olishni yetti yoshidan boshlagan. 9 yoshidan Qur’oni hofiz bo‘lgan, 12 yoshidan katta hayot yo‘li - Vatanimizni mo‘g‘ullar zulmidan ozod etish haqida o‘ylay boshlagan.Ta’lim-tarbiya va ilm-fanga hissa qo‘shgan Amir Temur farzandlari, nabiralari, avlodlari: Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sulton Husayn Boyqaro, Humoyun Mirzo, Komron Mirzo, Hindol Mirzo, Gulbadanbegim va boshqalardir.Bir so‘z bilan aytganda, XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo‘lgan davr Movarounnahrda iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy yuksalish davri bo‘ldi. Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o‘tmishda Turon deb atalmish davlatning iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko‘tarib, uni Ovrupa va Sharqda eng qudratli davlatga aylantirishga erishdi. Amir Temurning Ko‘ragon - xon kuyovi, Qutbiddin - zamona peshvosi, Abulmansur - zafarmand, g‘alaba qozonuvchi, Sohibqiron - yulduz, baxtli burjlarida tug‘ilgan kabi unvonlari bo‘lgan. Buyuk saltanat sohibi Amir Temur «Kuch - adolatdadir» degan shiorga qat’iy amal qilib, davlatni boshqargan. Uning tamg‘asi naqshi «Rosti-durusti» («To‘g‘ri bo‘lsang qutulasan») yoki «Haqgo‘y bo‘lsang najot topasan» degan ma’noni bildiradi.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling