Reja:
Dirijorlik haqida
3.3/4 о‘lchovga derijorlik qilish
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Bо‘lajak Dirijor-rahbarni tayyorlashning dastlabki bosqichidan boshlab, talabalar asosiy fanlar qatoriga kiruvchi – fortepiano, musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili, musiqa tarixi va boshqalarni ham о‘zlashtirishga ahamiyat berishlari lozim. Yuqoridagi fanlarni о‘zlashtirmay turib talabalar oldilaridagi vazifa va talablarni aniq tasavvur eta olmaydilar hamda faoliyatlarida qiyinchiliklarga duch keladilar.
Dirijorlik – jamoa ijrosini (orkestr, xor, ansambl) boshqarish san’ati, Dirijor esa jamoa musiqiy ijrosiga rahbar, u murakkab faoliyat turlarini egallagan bо‘lishi lozim, jumladan Dirijorlik ifoda harakatini yuqori saviyada о‘zlashtirib foydalana olish, musiqiy asar ijrosida san’atkor ijrochilarga- qо‘shiqchilarga sur’at, nyuans (tuslanish), boshlash, jumla (frazirovka), ansamblga rioya etish, soz (stroy) va pirovard natijada ijrochilar orqali asar mazmuni hamda g‘oyasini yetkaza olishi lozim.
Bu vazifalarni amalga oshirishda bо‘lajak Dirijor yaxshi musiqiy qobiliyat egasi bо‘lishi talab etiladi: eshitish, ritm hissi, sof va aniq ijro, yaxshi ovoz, vokal ijrochilik qobiliyati, ichki eshitish hissini rivojlantirish – tiniq va bir necha vokal partiyalarini ansambl bо‘lib ijrosini uyg‘unlikda bajara olish, vertikal (soz) eshitish va h.k.
YA’ni tabiiy musiqiy qobiliyat egasi bо‘lib, о‘z ustida muntazam shug‘ullanish, kerakli darajaga yetishish, Dirijorlik mahoratini о‘zlashtirish – bu bilan Dirijorlik qilayotgan asarlarida qо‘l ifodalari, kо‘rsatish, asar mohiyati, mazmuniga ijodiy yondashib faoliyat yuritish malakalarini oshirish.
1-kurs “Dirijorlik” fanining 1- mashg‘ulotidan boshlab talaba jismoniy qobiliyat va umumiy tayyorgarlik haqida tushuncha, kasbga yо‘nalish va mutaxassisligi vazifasi, maqsadi dastur talablari va kо‘plab boshqalar haqida ma’lumotlarga ega bulib, “Dirijorlik harakati, ifodalash” bilan bog‘liq masalalarni о‘zlashtiradi. “Dirijorlik” va “Dirijorlik harakati” (jest) bu avvalo auftakt (ya’ni, taktdan avvalgi qо‘l harakat) larni о‘zlashtirish san’ati, Dirijorlik sxema (chizgilarini), о‘lchovlar tizimini anglab olishdir. Dirijor qо‘l harakatlarining vazifasi taktdagi hissalar soni, ya’ni yozilgan asarning о‘lchovini belgilash va kо‘rsatishdan iborat.
2. ¾ o‘lchovida kuchli hissa
Dirijorlik chizmasi bо‘ylab о‘ng qо‘lning harakati tо‘rt asosiy yо‘nalishni: pastga, chapga (tanaga), о‘ngga (tanadan), yuqoriga о‘z ichiga oladi. Bu harakatlar musiqaning muhim belgisini aks ettirib, kuchli va kuchsiz hissalarning ketma-ketligini kо‘rsatadi. Birinchi – taktning eng kuchli hissasi qо‘lning pastga qarab harakatlanishi bilan ifodalansa, sо‘nggi – eng kuchsiz hissasi qо‘lning yuqoriga harakatlanishida kо‘rinadi. Oraliq hissalar esa о‘zining о‘lchoviga qarab takt uzunligi bо‘ylab taqsimlanadi.
О ‘lchovlarning kuchli hissalari soniga qarab oddiy va murakkabga bо‘linadi:
- oddiy о‘lchov (ikki va uch hissali) bir kuchli hissadan tashkil topadi;
- murakkab о‘lchov, ikki (va undan ortiq) oddiy о‘lchovlar qо‘shilishidan
(yig‘indisidan) tashkil topib, unda ikki ( va undan ortiq) kuchli hissa, aniqrog‘i
bir kuchli va nisbatan kuchli hissalarni о‘z ichiga oladi.
¾ о‘lchoviга dirijorlik qilish
; ; ; . Eng qulay va manual texnika bо‘yicha eng osoni — uch hissali tur hisoblanadi. Oddiy uch hissali о‘lcham uch hisobli ritmik davomiylikka, uch chorakka ega. Eng quchlisi — 1–chi hissa, nisbatan kuchsiz 2–chisi va eng kuchsizi — 3–chisidir.
Dirijorlik amaliyotida uch hissali tо‘r (sxemalar) ni takt berishning turli usullarida uchraydi. Ulardan ba’zilari juda о‘ziga xosdir, ular alohida hollarda qо‘llanilishi mumkin, lekin tipik sifatida yaroqsiz, chunki ularda ijro vazifalariga moslash imkonini beruvchi neytrallik (xolislik) yо‘q. Ba’zida alohida vaziyatlarda yaroqli bо‘lgan xar qanday jimjimador shakl boshqalari uchun xalaqit beradi. Uch hissali tо‘rda birinchi hissa aniq ifoda etilgan va vertikal tarzda pastga yoki sal chapga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Kuchli hissani kо‘rsatishda о‘zingizda «porshenni bosgandek» tasavvur uyg‘otishingiz kerak (L. M. Andreyeva), xuddi qо‘lingiz qarshilikka duch kelayotgandek bо‘lsin. Ikkinchi hissa yumshoq qо‘l bilan gorizontal harakatda Dirijordan о‘ngga — 2–chi hissa nuqtasiga olib boriladi. 2–chi hissani kо‘rsatishda uni ark shaklidagi chiziq bо‘ylab olib borishga, hamda bu chiziqni yakunlovchi nuqta 1–hissa balandligidan (balandroq ham emas, pastroq ham emas) gorizontal yuzada bо‘lishiga ahamiyat berish kerak. N. A. Malkoning obrazli ifodasiga kо‘ra, sо‘nggi hissa «xuddi qoshiq bilan shо‘rva suzgandek» kо‘rsatiladi.
«Takt oldi bо‘lgan uchinchi hissa sxemada katta ahamiyatga ega. Kuchli hissaning sifati, demakki butun sxemaning aniqligi uchinchi hissa paytida tо‘planadi» — deb yozgandi L. M. Andreyeva. Uch hissali setka sekin vals ritmida osonroq о‘zlashtiriladi.
Masalan:
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |