Bu yerdagi asosiy muammo bu cho’llashish muammolaridir. Cho’llar mintaqasi Yer sharida ikkita bo’lib, bir qismli janubiy yarim sharda ikkinchi, asosiy qismi shimoliy yarim sharda joylashgan shimoliy cho’l mintaqasi Yerdagi quriqlikning 7-8% ni egallaydi, ular Meksikada, AQSh ning janubi sharqiy shtatlarida shimoliy Afrikada, Arabiston yarimorolida Eronda Markaziy Osiѐ davlatlari , Xitoy va Mo’g’ilistonda joylashgan.
Iqlim qurishi , suvning global va mintaqaviy aylanish siqllari buzilishi chuchuk suv yetishmasligi suvning isrof qilinishi kabi sabablar cho’llar kengayishiga olib kelmoqda Bu global muammo O’zbekistonni ham chetlab o’tmayapti.
Dunѐning ko’plab qurg’oqchil mintaqalari mamlakatlarida cho’llanish jaraѐni rivojlanib kengayib bormoqda. Cho’llanishning global muammoligi qator halqaro anjumanlarda muhokama qilingan.
―Cho’llanish‖ tushunchasiga 1990 yil YuNYeP ekspertlarining Nayrobi shaxridagi uchrashuvida aniqlik kiritilgan.
Cho’llanish atrof-muhitdagi hosildor yerlar hosilning kamayishi, iqlim quruqlashishi , cho’l xududlarining kengayishi ѐki qurg’oqchil mintaqalarda insonning nomaqul tasiri natijasida yerlarning degrodatsiyaga uchrashidar.
Degradatsiya, bu ekotizmlarning resurs saloxiyati qisqarishi bo’lib suv va shamol eroziyalari yerlarning sho’rlanishi va botqoqlashishi kabi nomaqbul jaraѐnlarni o’zida birlashtiradi. Demak, cho’llanish antropogen jaraѐn sifatida etirof etilib, iqlim o’zgarishi-qurg’oqchilik bilan hamoxangdir.
Cho’llanishning umuiy ta’rifi ekotizimlar muvozanatining buzilishidir.
Markaziy Osiѐdagi cho’llanish jaraѐnini quyidagicha ta’riflash mumkin:
- cho’llanish butun insoniyat tarixi davomida kuzatilmoqda;
- ekologik o’zgarishlarni yuzaga keltirishda tabiiy omillar bilan birga antropogen omillarning ro’li ham beqiѐsdir (Cho’llanishning 17% antropogen omillar tasirida vujudga kelishini mutaxasisslar takidlamoqdalar);
Do'stlaringiz bilan baham: |