4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|
So‘z ma’nosini tushuntirish usullari:
So‘zni matn asosida tushuntirish
So‘z ma’nosini lug‘atdan va o‘qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish
So‘z ma’nosini shu so‘zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish (mudofaa himoya)
Tanish bo‘lmagan so‘z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo‘lgan so‘z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish (ishchan dangasa)
So‘zni o‘ziga yaqin tushuncha-boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish (mutahassis – biror hunar egasi)
So‘zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish.(akula-okeanda yashaydigan katta yirtqich baliq)
Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so‘zlarning ma’nosini misollar yordamida tushuntirish.
Savol va topshiriqlar:
Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asosi, vazifalari nimadan iborat?
So‘z ma’nosini tushuntirish yo‘llari ayting.
Ma’nodosh (sinonimlar) so‘zlar ustida ishlashning xususiyati.
Zid ma’noli (antonimlar) so‘zlar ustida ishlash yo‘llarini ayting.
1-2-sinf «Ona tili» darsligidagi lug‘at ustida ishlash yuzasidan berilgan bilimlar.
3-4-sinf «Ona tili» darsligidagi lug‘at ustida ishlash yuzasidan berilgan bilimlar.
Shakldosh (omonimlar) so‘zlar ustida ishlash bilan qanday tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi?
Ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standart. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2017.- 42-46 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |