36. Elektron ta’limni boshqarish tizimlari bilan ishlash
Download 209.03 Kb. Pdf ko'rish
|
м-36 Электрон таълимни бошкариш тизимлари
Elektron ta’limni boshqarish tizimlari bilan ishlash Reja: 1. Elektron ta’limni boshqarish tizimlari bilan tanishtirish 2. Atutor ( http://www.atutor.ca ) –tizimi 3. Moodle – Web muhitida o‘qitish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir. Texnik jixozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya jixozlari. Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan qurilmalardan tortib, shu sohaga mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi. So‘ngi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib kelayotgan Internet yoki Intranet tarmog‘i orqali elktron shakldagi ta’lim turi. Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim – axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi kent tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools); Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems); Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari (Content Management Systems). Atutor (http://www.atutor.ca) - ATutor – Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir nechta standartlarni qo‘llab quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan o‘quvchi- talabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan ko‘zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar orqali tizimga bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatda o‘tkazgan holda tinglashi mumkin. Claroline – Erkin va ochiq kodli masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga orientatsiyalangan dasuriy majmua hisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetining pedagogika va mul’timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License) asosida amalga oshiriladi ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda PHP/MySQL/Apache larni o‘rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va NT, Mandrake Linux8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda tizim testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) tarjima qilingan LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross- platformali, 32 tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va GPLv2 asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy majmuasi boshqa LMS lardan farqi shundaki, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini strukturalashda vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar o‘quv jarayonida o‘quv resurslarini (elektron o‘quv resurslarni, chat, so‘rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda bo‘lishligini vizual ko‘rinishini ta’minlaydi. Bunda o‘qituvchi “sinchqoncha” orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Sakai – dunyoning ko‘pgina ta’lim muassalarida keng foydalanib kelinayotgan navbatdagi ochiq kodli GNU GPL litsenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy majmua hisoblanadi. Boshqa LMS tizimlaridan farqi shundaki tizim to‘liq Java tilida yozilgan. SHu sabali tizim kross-platformali hisoblanadi. Sakai dastur majmuasining o‘zining ma’lumotlar ombori mavjud bo‘lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo‘lsa tizimning ichki ma’lumotlar omboridan foydalanish mumkin, agar foydalanuvchilar soni ko‘p bo‘lsa, u holda MySQL yoki Oracle ma’lumotlar omborida ishlashi mumkin. Maqola yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiya Sakai Moodle – Web muhitida o‘qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi. Tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi. Hozirda turli dasturlardan foydalangan holda ma’ro‘za, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan shuningdek talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida quyida ko‘rsatilgan pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish mumkin: Crocadile- clips kompaniyasining Crocodile Physics, Crocodile Technology, Crocodile Chemistry, Crocodile ICT, Beginnings of Electronics, Interactive Physics, WorkingModel, Electronics Workbench, PhET Simulations, Pintar virtualLab Wave va MathCad dastur paketlari va boshqa dasturiy ta’minotlarni keltirish mumkin Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. Bu PhET dasturi O‘ZBEKISTON davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi. Download 209.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling