36. Elektron ta’limni boshqarish tizimlari bilan ishlash


Download 209.03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.04.2023
Hajmi209.03 Kb.
#1316541
Bog'liq
м-36 Электрон таълимни бошкариш тизимлари



Elektron ta’limni boshqarish
tizimlari bilan ishlash
Reja:
1. Elektron ta’limni boshqarish tizimlari 
bilan tanishtirish
2. Atutor (
http://www.atutor.ca
) –tizimi
3. Moodle – Web muhitida o‘qitish


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida 
(xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil 
ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar 
bo‘lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan 
ta’minlanganligidir.
Texnik jixozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq 
qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, 
videokonferensiya jixozlari.
Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan 
qurilmalardan tortib, shu sohaga mo‘ljallangan dasturlar to‘plami 
kiradi.
So‘ngi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib 
kelayotgan Internet yoki Intranet tarmog‘i orqali elktron shakldagi 
ta’lim turi. 


Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib
keldi. Elektron ta’lim – axborot – kommunikatsiya
texnologiyalari asosidagi ta’limning turli
ko‘rinishlarini anglatuvchi kent tushunchadir. 
Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina
manbalari orasidan quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring 
tools); Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi
tizimlar LMS (Learning Management Systems); 
Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari (Content 
Management Systems).


Atutor (http://www.atutor.ca) - ATutor – Ochiq kodli 
ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi.
Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, 
Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student 
tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir nechta 
standartlarni qo‘llab quvvatlaganligi sababli, internet 
orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan o‘quvchi-
talabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari 
mumkin. Xususan ko‘zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar 
orqali tizimga bog‘langan holda o‘quv kontentdagi 
so‘zlarni audio formatda o‘tkazgan holda tinglashi 
mumkin. 


Claroline – Erkin va ochiq kodli masofaviy o‘quv kurslarni 
tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga 
orientatsiyalangan dasuriy majmua hisoblanadi. Tizim
Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetining pedagogika
va mul’timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan
foydalanish GNU (General Public License) asosida
amalga oshiriladi ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim
ishlashi uchun serverda PHP/MySQL/Apache larni
o‘rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va NT, Mandrake 
Linux8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda tizim testdan
o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq
davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur
interfeysi) tarjima qilingan


LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda 
yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-
platformali, 32 tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va 
GPLv2 asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy 
majmuasi boshqa LMS lardan farqi shundaki, 
o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini strukturalashda vizual 
vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar 
o‘quv jarayonida o‘quv resurslarini (elektron o‘quv 
resurslarni, chat, so‘rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat 
turlarini qanday ketma-ketlikda bo‘lishligini vizual
ko‘rinishini ta’minlaydi. Bunda o‘qituvchi “sinchqoncha” 
orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz 
joylarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.


Sakai – dunyoning ko‘pgina ta’lim muassalarida keng 
foydalanib kelinayotgan navbatdagi ochiq kodli GNU 
GPL litsenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy 
majmua hisoblanadi. Boshqa LMS tizimlaridan farqi 
shundaki tizim to‘liq Java tilida yozilgan. SHu sabali 
tizim kross-platformali hisoblanadi. Sakai dastur 
majmuasining o‘zining ma’lumotlar ombori mavjud 
bo‘lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo‘lsa tizimning 
ichki ma’lumotlar omboridan foydalanish mumkin, 
agar foydalanuvchilar soni ko‘p bo‘lsa, u holda MySQL 
yoki Oracle ma’lumotlar omborida ishlashi mumkin.
Maqola yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror
versiya Sakai 


Moodle – Web muhitida o‘qitish va on-line rejimdagi 
darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy 
majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish 
modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, 
Exercises, Group work , Student tracking va ancha 
ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS 
lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni 
qo‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa 
LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha 
plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua 
aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.


Tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib 
keladi. 
Hozirda turli dasturlardan foydalangan holda ma’ro‘za,
amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan shuningdek
talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida quyida 
ko‘rsatilgan pedagogik dasturiy vositalardan
foydalanish mumkin: Crocadile- clips kompaniyasining
Crocodile Physics, Crocodile Technology, Crocodile
Chemistry, Crocodile ICT, Beginnings of Electronics,
Interactive Physics, WorkingModel, Electronics
Workbench, PhET Simulations, Pintar virtualLab Wave va 
MathCad dastur paketlari va boshqa dasturiy ta’minotlarni 
keltirish mumkin


Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining 
laureati K. Viman tomonidan «Physics Education 
Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil 
mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va
Macromedia flash dasturlarida yaratilgan
PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open
Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi bepul
foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan
ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid 
namoyish tajribalarini o‘tkazish, virtual laboratoriya
ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga 
ega. Bu PhET dasturi O‘ZBEKISTON davlat ta’lim
standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan 
adabiyotlariga mos keladi.

Download 209.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling