36-kun Tibbiy yordam bo'limlarida felьdsher -akusher yordamchisi bo'lib ishlash. Tez tibbiy yordam


Download 34.83 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi34.83 Kb.
#1632004
  1   2

36-kun

Tibbiy yordam bo'limlarida felьdsher -akusher yordamchisi bo'lib ishlash.

Tez tibbiy yordam — inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy berganda kechasiyu kunduzi shifohonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi. Ilk bor Tez tibbiy yordamyo. 1918-yil Toshkent shahrida punkt sifatida tashkil etilib, 1926-yil mustaqil Tez tibbiy yordamyo. stansiyasiga, 1974-yil Tez tibbiy yordamyo. klinik kasalxonasi bilan birlashtirilib, boʻlimga aylantirildi. 1983-yil kasalxonadan ajratilib, mustaqil shahar tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi deb ataldi. Oʻzbekiston Respublikasi Farmoni bilan №PF-2107 10.11.1998y. Shoshilinch Tibbiy Yordam Hizmati taʼsis etilib 2001-yildan shoshilinch tibbiy yordam va tez tibbiy yordam tushunchalari ikki xil maʼnoga ega. Tez tibbiy yordamyo. ning vazifasi hodisa yuz bergan joyda, uyda, bemorni kasalxonaga olib keta turib shoshilinch, shu jumladan mutaxassis vrach tomonidan yordam koʻrsatish, lozim boʻlsa, bemorlarni kasalxonaga yetkazishni taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, Tez tibbiy yordamyo. xizmati koʻzi yoriydigan ayollarni yoki uyida koʻzi yoriganlarni vrach talabiga koʻra davolash muassasalariga olib boradi. Tez tibbiy yordamyo. xodimlarini chaqirish uchun yagona telefon indeksi (03) (Toshkent shahri uchun 103) joriy etilgan. Tez tibbiy yordamyo. stansiyalari xodimlari mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, sudtibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bemorlarga yo ularning qarindoshlariga yozma maʼlumotnoma berish huquqiga ega emas. Qishloq joylarida kunning istagan paytida Tez tibbiy yordamyo. koʻrsatish vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklangan. Olis va borish qiyin boʻlgan joylarga sanitariya aviatsiyasi vositalari bilan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi. Tez tibbiy yordamyo. mashinalari radiolashtirilgan boʻlib, ikki tomonlama telefon aloqasi bilan taʼminlangan, nafas va narkoz berish apparatlari, kislorod ingalyatorlar, elektrokardiograf va boshqa zaruriy asboblar bilan jihozlangan. Yirik shaharlar, jumladan Toshkentda ham ixtisoslashtirilgan maxsus reanimatsion, kardiologik, nevrologik, toksikologik, pediatriya, intensiv terapiya brigadalari va boshqa tashkil etilgan. Bu uyda va yoʻlda keta turib ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga imkon beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda tez tibbiy yordam brigadasi tashrif buyurganda 80 foizdan ortiq holatda bemorlarga shoshilinch ravishda davo choralarini koʻrish uchun shifoxonalarga yetkaziladi. Oʻzbekistonda esa bu koʻrsatkich 15-25 foizni tashkil etadi
Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tez tibbiy yordamning tezkorligini, sifati va undan foydalanish darajasini oshirish;

  • respublikaning barcha hududi boʻyicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash;

  • tez tibbiy yordam хizmati sayyor brigadalari faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirish;

  • IIV, FVV va «Oʻztransgaz » AJning tezkor хizmatlari bilan oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

  • tez tibbiy yordam хizmati faoliyatida tezkor statistik aхborot va hisobotlarni shakllantirish.

Kelasi yilning oхirigacha muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik хizmatlarining tashkil etilayotgan Milliy geografik aхborot tizimiga ulanishi ta’minlanishi darkor.
Chora-tadbirlar dasturiga asosiy uch yoʻnalish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar kiritilgan:

  • muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik хizmatlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ bazani shakllantirish;

  • moddiy-teхnika bazasini shakllantirish;

  • хodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar.

37-kun

Tez tibbiy yordam bo'limlarida yurgiziladigan hujjatlari bilan tanishish.

Sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob hujjat shakllarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi tegishli buyrugʻiga asosan, tibbiy hisob hujjatlarini yuritishning yangi tartiblari tasdiqlandi.
Sogʻliqni saqlash vazirining ushbu buyrugʻi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining aholi bilan koʻproq muloqotda boʻlishini taʼminlash, profilaktik ishlar samaradorligini yana-da oshirish maqsadida qabul qilindi. Mazkur buyruq tizimdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida 2021-yilning yanvar oyidan boshlab yuritilishini taʼminlash maqsadida hududiy tibbiyot xodimlariga onlayn videoseminarlar orqali ham yetkazilmoqda.
Mazkur buyruq bilan shu davrga qadar butun tibbiyot tizimida barcha tibbiyot xodimlari (shifokor, farmatsevt, feldsher, hamshira, laborant va hokazo)lar tomonidan yuritib kelingan jami 408 ta tibbiy hujjat shakllari 252 tagacha qisqartirildi.
Tibbiy hisob hujjatlari orasida bir-birini takrorlaydigan shakllar optimallashtirildi. Masalan, qabul qilingan va rad etilgan homiladorlar, tuqqan ayollarni hisobga olish jurnalining muassasada yuritiladigan boshqa jurnallarda takrorlanadigan qismi olib tashlandi. Bu esa, oʻz navbatida qabul boʻlimi xodimlari ishini yengillashtirib, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatini oshiradi.
Birlamchi tibbiyot tizimi, shuningdek, qon bilan ishlash xizmati muassasalari xodimlari tomonidan yuritilayotgan tibbiy hujjat shakllarining yarmidan koʻpi qisqartirilib, endilikda mazkur muassasa xodimlari tomonidan 25 turdagi tibbiy hujjat shakllari yuritilmoqda.

Davolash-profilaktika muassasalari 4 darajaga boʻlinadi. Yaʼni, 1 darajali muassasalarga oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklikalar, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, 2 darajali muassasalarga viloyat tibbiyot muassasalari, 3 darajali muassasalarga respublika tibbiyot muassasalari, 4 darajali muassasaga Milliy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi kiritilgan.

Takomillashtirilgan hujjat shakllari shifoxona qabul boʻlimi jurnallari, shifoxona boʻlimlari, ambulator-poliklinika muassasalari, laboratoriyalar, muassasalar zararsizlantirish boʻlimlari, tashkiliy-uslubiy boʻlim xonalari, tez tibbiy yordam va sanitariya aviatsiyasi muassasalari, shuningdek, patologoanotomiya, sud-tibbiy ekspertiza, skrining, OISTga qarshi kurash markazlari, qon bilan ishlash muassasalarida, bundan tashqari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati muassasalarida yuritiladigan blank, karta va jurnallardan iborat.

38-kun

Tibbiy tez yordam punktdagi felьdsher va shifokorlar bilan chakiriklarga borish.

Aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash va yaqinlashtirish, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxoʻjaliklar negizida tashkil qilinsin va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
2. Belgilansinki:
Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika boʻyicha muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar taʼminoti Markazning hududiy filiallariga oʻtkaziladi;
Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlashtiruvchi boʻlimlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʻjaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga oʻtkaziladi hamda avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi;
tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilgʻi-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Musayev) bir oy muddatda Markaz va uning hududiy filiallari ustavlari va tuzilmalarini tasdiqlasin. Bunda, Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmalarga xodimlarning cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) bilan birgalikda sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni hamda davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida Markaz va uning hududiy filiallari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, markaziy tuman (shahar) shifoxonalarihamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʻjaliklarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqsin va 2022-yil 1-sentyabrga qadar tasdiqlasin.
5. Quyidagilar:
Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi(keyingi oʻrinlarda – Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Ishchi guruh (O.Fazilkarimov):
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijrosining tahlil qilinishini;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida maqbullashtiriladigan boʻlim va tashkilotlarning belgilanishini hamda mulkiy, moliyaviy va mehnat munosabatlari belgilangan tartibda hal etilishini;
tez tibbiy yordam xizmati boʻyicha aholiga qulay va sifatli xizmat koʻrsatilishi borasida chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin.

39-kun

Bemorlarga tez tibbiy yordam ko'rsatishda ishtirok etish.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash, fuqarolarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining barcha qatlamlari tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun sharoit yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2017-yilda tez tibbiy yordam xizmati uchun 1269 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va bu hududlarning ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash imkonini berdi, tez tibbiy yordam xizmatini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash esa 2 baravar ko‘paydi.
Shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatining tashkiliy asoslari shakllantirilganiga qaramay, hanuzgacha uning samaradorligi zamon talablariga javob bermaydi, tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi yetarli emasligicha qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4985-sonli Farmoniga muvofiq hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam, mulkiy shakli va boshqaruvidan qat’iy nazar, barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul ko‘rsatiladi;
hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish taqiqlanadi.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-yilda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (bundan buyon – Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tez tibbiy yordam xizmatining sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalari bilan samarali integratsiyasini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish orqali tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirish;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (bundan buyon –RShTYoIM), uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
tez tibbiy yordam xizmati ixtisoslashtirilgan avtotransportini zamonaviy tibbiy uskunalar va raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar) bilan jihozlash va qo‘shimcha jihozlash;
shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal rivojlantirishni ta’minlaydigan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari hamda ilg‘or texnologiyalarni hisobga olgan holda tibbiy kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.



40-kun

Tez yordam bo'limida chaqiriqlarni qabul qilishda ishtirok etish.

Sogʻliqni saqlash muassasalarining eskirgan va foydalanilmayotgan avtotransport vositalarini kimoshdi savdolarida sotishdan tushgan mablagʻlar tez tibbiy yordam xizmati avtoparkini yangilash maqsadlari uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobraqamiga yoʻnaltirilsin.
16. Sogʻliqni saqlash vazirligiga tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv hamda yagona qoʻngʻiroqlarni qabul qilish tizimlarini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish uchun Toshkent shahrida mazkur tizimlarni joriy qilishga jalb qilingan tizim integratori bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berilsin. Bunda, koʻrsatilgan xizmat tariflari Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Musayev) 2022-yil yakuniga qadar mavjud oʻrinlar va shtat birliklari doirasida:
markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlaridagi oʻrinlari pediatriya, terapiya va xirurgiya boʻlimlari tarkibiga oʻtkazilib, bemorlarni kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha saralaydigan (triaj) tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul boʻlimlarini;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududiy filiallari hamda barcha tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida shoshilinch qabul boʻlimlarini;
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 1-son, Yashnobod tumanidagi 4-son, Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonalari hamda Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tarkibida alohida yuridik maqomga ega boʻlmagan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarinitashkil etsin.
18. Markaz va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, ularning hududiy filiallari hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmatlarni pullik asosda tashkil etishga ruxsat berilsin.
19. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.Vafayev), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Musayev) yangi tashkil etilayotgan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini jihozlash uchun Jahon bankining “Oʻzbekistonda COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablagʻlarni yoʻnaltirsin.

41-kun

Bemorlarni transportirovka qilishni bajarish.

Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish.
Birinchi tibbiy yordamning eng muhim vazifasi – bemorni yoki talafot olgan odamni tezda xavfsiz xolda shifoxonalarga yetkazish hisoblanadi. Transportirovka davrida jarohat olgan bemor qo’shimcha og’riq oladigan bo’lsa, u xolda uning ahvoli yanada og’irlashadi yoki «shok» xolatiga tushadi. Transportirovka qilish jarohatlangan bemorning ahvoliga, jarohat harakteriga yoki kasalligiga qarab amalga oshiriladi. Agar tez yordamni chaqirish imkoni bo’lmasa, transpartirovka boshqa mashinada amalga oshiriladi. Transport vositalari bo’lmagan vaziyatlarda esa bemorlarni zambilda transportirovka qilinadi. Transportirovka davrida kasal yoki jarohat olgan odam doimiy nazorat qilib boriladi. Ya’ni nafas olishini, pulsini oo’lchash, o’qchiq kelganda qusuq massasining nafas olish yo’llariga tushmasligiga harakat qilinadi. Transportirovka davrida jabrlanganning ruhiyatiga birinchi yordam ko’rsatuvchining axloqi, xatti-harakati, muomalasi juda katta ta’sir ko’rsatadi.

Download 34.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling