37-Amaliy ish Aholini suv bilan ta’minlash uchun suvning miqdorini xamda gost 2761-57 ga binoan ichimlik uchun iste’mol qilish mumkinligini aniqlash. Ishning maqsadi


Download 24.3 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi24.3 Kb.
#1460080
1   2   3   4
Bog'liq
8-amaliy ish

Suvning fizikaviy xossalari
Ishlar olib boriladigan joyda suvning siatini taxminan tashki fizikaviy alomaglari;tiniqligi, rangi, hidi, ta’mi, cho‘kindisining tavsifi, tortilgan moddalarning miqdori va xarorati bo‘yicha aniqlash mumkin.
Yer osti suvlarining ko‘p qismi tiniq, rangsiz, hidsiz, o‘ziga xos ta’mlarsiz va cho‘kindigayoki quyqaga ega emas. Yer osti suvlarining (muzloq osti suvlar) harorati +0,2; 2 dan to +10°C gacha o‘zgaradi. Ba’zan janubiy oblastlarda suvning harorati 12-15°C gacha ko‘tariladi va doimo mazkur chuqur joylashgan suv tashuvchi gorzont uchun doimiy hisoblanadi.Tuproqli suvlarning (ayniqsa yuqoridagilarining) harorati havo haroratining o‘zgarishlariga qarab (yil fassllari bo‘yicha) o‘zgaradi va ba’zan kundalik harorat o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘ladi;
Kunduzgi yuzadan chuqur joylashgan yer osti suvlari haroratining sezilarli o‘zgarichiida taminot xududining yaqin joylashganligini ko‘rsatadi. Bunday hollarda, daryo yoki suv havzasidagi suv darajasining o‘zgarishlari (masalan, toshqinlarda yoki suv omboridan suv chiqib ketganda)yoki yog‘ayotgan yog’ingarchilik miqdoriga qarab quduqdagi suv sathining xolati ham keskin o‘zgaradi, bunda quduqlardan o‘z o‘zidlan to‘kilish jarayonida xam xuddi shunday sezilarli debit o‘zgarishlar kuzatiladi.
Hid suvda vodorod sulfidining mavjudligini ko‘rsatadi. Ta’miga karab suvlarni sho‘r va achchik-tuz suvlarni (isitilgan suvni tatib kuriladi), shuningdek temir birikmali turlarga ajratish mumkin (37.2-jadval). Cho‘kindi va asosan suvning loyqaligi yoki rangi mayda tortilgan minerallar yoki organik zarrachalarning mavjudligiga bog‘liq.
Loyqa ba’zida dastlab tiniq suvda temir oksidining tushishi natijasida paydo bo‘ladi (temirning eruvchan oksidi kuysh yorugligida temirning erimas oksidagi - zangga o‘tadi). Bunda suv tindirilgandan so‘ng idish tubida va devorlarida och sariq rangdan to qizil-qo‘ngir ranggacha bo‘lgan cho‘kindi o‘tirib qoladi.
37.2-jadval


Download 24.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling