Fuqaro huquqlari davlat va individ o'rtasidagi, davlat ularning amalga

Sana01.01.1970
Hajmi
#37

Fuqaro huquqlari davlat va individ o'rtasidagi, davlat ularning amalga 
oshishi uchun faol ko'maklashadigan, munosabatlar doirasini belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi Konnstitusiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlangan 2 bo'limida bayon etilgan tamoyil 
bo'yicha inson huquqlari orasidagi farqlar ko'rib chiqilgan. Inson huquqlari to'g'risida 
gap ketgan joyda, Konstitusiyada “har kim huquqlarga ega”, “har kim... mumkin” 
va shu kabi ta'riflardan foydalanilgan. Bu kabi ta'riflarning qo'llanilishi ko'rsatilgan 
huquq va erkinliklar, u fuqaro bo'ladimi, xorijlik yoki fuqaroligi yo'q shaxs bo'ladimi, 
O'zbekiston hududida joylashgan har qanday odamga tegishli ekanliligini e'tirof 
etilishiga urg'u beradi.
Shular qatorida, Konstitusiyada, faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga 
tegishli bo'lgan huquqlar ham biriktirib qo'yilgan. Bular, asosan siyosiy huquqlar 
(32-, 33-, 34- va boshq. moddalar) bo'lib: davlat va jamoat ishlarini boshqarishda, 
yig'ilish, miting va namoyishlarda qatnashish huquqi, saylash va saylanish huquqi 
va boshqalardir.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda quyidagicha ta'riflarni 
ko'rish mumkin: “har bir shaxs erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir” 
(9-modda), “barcha shaxslar sudlar va tribunallar oldida tengdirlar” — bu va boshqa 
shaxsiy huquqlar insonga nisbatan, u yoki bu davlatning fuqarosi bo'lishidan qat'iy 
nazar shu tarzda bayon etilgan. Ammo, siyosiy huquqlar (davlat ishini yuritishda 
qatnashish, ovoz berish va saylanish, o'z mamlakatida davlat xizmatiga teng va umumiy 
shartlar asosida jalb etilish) biriktirib qo'yilgan 25-moddada, “har bir fuqaro” degan 
atama ishlatilgan. “Inson” va “fuqaro” atamalari o'rtasidagi farqlar asnosida huquqiy 
maqom, xususiy va umumiy manfaatlar doirasidagi farqlar yotadi.
2  Образование в области прав человека: национальный и зарубежный опыт / Отв. ред. 
А. Х. Саидов. — Ташкент: Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека
2011. — С. 11.

32
Individning davlat bilan huquqiy munosabatlarida, uni maqomining siyosat, 
madaniyat, iqtisodiyot sohasidagi xilma-xilligiga batamom putur yetmaydi. 
Buning uchun “shaxs” maxsus tushunchasi ishlatiladi.
Har bir odam, jamiyatning to'laqonli a'zosi bo'lishi uchun, unda bevosita qatnashish 
uchun, tabiat va jamiyat haqida u yoki bu darajada bilimlarga ega bo'lishi, nutqqa ega 
bo'lishi va mavjud ijtimoiy qoidalarni o'rganishi, kasb egasi bo'lishi va madaniyat 
yutuqlari bilan tanishishi lozim. Shundan so'nggina, u ijtimoiy munosabatlar tizimiga, 
ma'lum ijtimoiy guruh, mehnat jamoasi, jamoat yoki siyosiy tashkilot a'zosi, mulk 
egasi, moddiy va ma'naviy boylik ishlab chiqaruvchisi sifatida, bir so'z bilan aytganda, 
ijtimoiy borliqning aniq bir doirasida ishtirok etadi. Ma'lum bir insonning ijtimoiy 
aloqalar qatnashchisi sifatida tavsiflovchi xususiyatlar majmui shaxs tushunchasini 
qamrab oladi.
Aniq bir shaxs, har doim individualdir. Tabiatda bir xil, bir biriga o'xshash 
shaxslar bo'lmaydi. Vaholanki, ayni paytda, insonning ma'lum ijtimoiy odamlar 
guruhi vakili sifatida umumiy belgilari mavjuddir (ishchi, olim, jinoyatchi shaxsi 
haqida gapirish mumkin).
Aytib o'tish joizki, tabiiy-huquqiy nazariya o'zining diniy, rasionalizm nuqtai 
nazaridan talqiniga egadir.
Barcha diniy huquqiy tizimlar (islom huquqi, xristianlik huquqi va hok.) insonning 
tabiiy huquqlarini (yashash huquqi, erkinlik, sha'ni, mulk, umumiy qadr-qimmat va 
hokazolarga bo'lgan huquqlar) Xudo tomonidan berilgan, deb e'tirof etadi. Rasionalistlar 
esa tabiiy huquqlar insonga tabiat tomonidan berilgan va shuning uchun ham ular 
tabiiydir, deb hisoblashadi.
Tabiiy huquqiy nazariya tarafdorlariga qarshi pozitivizm tarafdorlari inson 
huquqlari — bu insonga uning insoniy ehtiyojlarini amalga oshirishi uchun 
lozim va kerak bo'lgan, davlat tomonidan taqdim etilgan ma'lum choralardir, 
deb hisoblaydilar. 
Ushbu yondashuvga muvofiq, aynan, davlat insonning erkinligi doirasi va 
chegarasini belgilaydi va taqdim etadi. Va, qaysidir jihatdan bu to'g'ri ham. Davlat 
va uning sa'y harakati evaziga, uning ta'lim, mehnat, dam olish, ijtimoiy ta'minot, 
sog'liqni ta'minlashga bo'lgan huquqlari ta'minlanadi. Ham siyosiy, ham shaxsiy 
huquqlar, ushbu nazariyaga muvofiq davlatga bog'liqdir.
Ushbu ikki yo'nalish, ham tabiiy-huquqiy, ham pozitivizm nuqtai nazaridan 
yondashuv inson huquqlarini tushunishga nisbatan butunlay qarama-qarshi qarashlarni 
aks ettiradi. Haqiqat har doim o'rtada bo'ladi-ku.
Bir qator olimlar inson huquqlarini zamonaviy huquq sohasi sifatida qarashadi. 
Ularning fikricha, bu huquq sohasi asosiy huquq va erkinliklarni hyech qanday 
kamsitishlarsiz, ham tinchlik, ham qurolli mojarolar davrida ta'minlash va ularga 
rioya qilish, shuningdek, ushbu huquqlarning buzilishiga nisbatan javobgarlik 
joriy qilish bo'yicha davlatning majburiyatlarini belgilaydigan qoida va tamoyillar 
majmuidan tashkil topadi.
Ushbu ta'rifdan inson huquqlarini tushunishda muhim bo'lgan qator xususiyatlarni 
ajratish mumkin:

33
birinchidvan, inson huquqlari — huquq buzilishiga nisbatan javobgarlik belgilovchi 
qoida va tamoyillar majmui;
ikkinchidan, inson huquqlari — davlat o'ziga ma'lum majburiyatlarni oladigan, 
davlat va inson o'rtasidagi o'zaro munosabatlardir;
uchinchidan, inson huquqlari — davlat organlari tomonidan rioya qilinadi, 
ta'minlanadi va rag'batlantiriladi;
to'rtinchidan, inson huquqlari tenglikni nazarda tutadi va jinsiy, irqiy va e'tiqod 
belgilariga ko'ra kamsitishni yo'qotishni ko'zda tutadi;
beshinchidan, inson huquqlari ham tinchlik, ham qurolli mojarolar paytida rioya 
etilishni va ta'minlanishni nazarda tutadi;
Davlat himoyasining kafolati bevosita davlatning mazkur huquqlarni tan olishi, 
rioya etishi va qo'riqlashi yuzasidan majburiyatlari bilan bog'liq. Shuning uchun, 
qonunchilik faoliyatining inson huquqlariga muvofiqligi Konstitusiya tomonidan 
ijro va qonunchilik hokimiyatiga yo'naltirilgan muhim shartdir.
Universal qimmatga ega bo'lgan inson huquqlari, O'zbekiston Respublikasining 
jamiyat hayotining ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotining barcha 
sohalaridagi faoliyatining konseptual asosini tashkil etadi. Jahon hamjamiyatining 
to'laqonli a'zosi sifatida O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari ustuvorligini 
so'zsiz tan oladi va inson huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirishni o'zining 
strategik muhim vazifasi sifatida ko'radi
1
.
Eng ko'p tarqalgan ta'riflardan biriga ko'ra, inson huquqlari — insonga o'zini 
inson sifatida namoyon qilishi, moddiy, ijtimoiy va boshqa ne'matlardan 
foydalanishi uchun taqdim etilgan ijtimoiy va yuridik imkoniyatdir. Ushbu 
ijtimoiy va yuridik imkoniyatlar davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy 
va madaniy sharoitlari va davrning ma'lum tarixiy xususiyatlari bilan yuzaga 
keladi. Aynan, shuning uchun ham inson huquqlari taraqqiyoti haqida turli trixiy 
davrlarda va inson huquqlari xalqaro standartlari mavjudligi nuqtai nazaridan 
turli sivilizasiyalarda va turli mamlakatlarda inson huquqlarini amalga oshirish 
shakllari haqida gapirish mumkin.
Ushbu ta'rifni tavsiflashda quyidagi o'ziga xos xususiyatlarni e'tiborga olish lozim:
birinchidan, “inson huquqlari” tushunchasi insonning yuridik va ijtimoiy 
imkoniyatlari orqali ochib beriladi. Ushbu ta'rifda inson huquqlari — insonning 
jamiyatdagi real erkinliklari darajasini, ya'ni u jamiyatda nimani amalga oshirishi 
mumkinligini aks ettiruvchi mezondir;
ikkinchidan, ushbu imkoniyatlar insonga bu dunyoda o'z oldiga qo'ygan 
maqsadlarini amalga oshirish imkonini beradi. Misol uchun, nega erkinlik, sha'n, 
qadr-qimmat, tenglik eng zaruriy qadriyatlar hisoblanadi va qonun bilan muhofaza 
qilinadi;
uchinchidan, inson huquqlarini har doim aniq va har bir davlatda amalga 
oshirishning o'ziga xos xususiyati mavjud, bu har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy taraqqiyotiga bog'liq.
1  Международное публичное право: Учебник. — Т.: ТГБИ, 2003 — С. 335

34
Inson huquqlarining ushbu ta'rifi uni qonun bilan bog'laydi, ya'ni inson huquqlari 
ma'lum erkinlik choralari (ko'lami) ni ifodalaydi, inson huquqlari ma'lum xulq-atvor, 
kabi qonun bilan aloqador va davlat tomonidan belgilanadi.
Shu tariqa, ta'kidlash mumkinki, inson huquqlari xuddi individ va shaxs 
huquqlari kabi jamiyatda huquq va majburiyatlar egasi kabi to'g'ri talqin qilish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
3.2. Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasi: tarkibi va turlari
Jamiyatda shaxsning o'rni va ahamiyatini o'rganish nafaqat gumanitar fanlarning, 
balki yuridik fanlarning ham vazifasidir. Shaxsga bo'lgan e'tibor inson huquqlariga 
bo'lgan umumiy manfaatning shartidir, bunda nafaqat iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
hayotni talqin etishda, balki shaxs muammolarini yechishga ham yo'naltirilgandir. 
Shuningdek, inson qadriyatlar bahosiga, jamiyat va shaxs manfaatlarining 
muvofiqlashuviga yo'naltiriladi.
Shaxs huquqiy maqomining xususiyatlari va asosiy belgilarini tadqiq etgan holda, 
ko'rish mumkinki, bu huquq va burchlar qatorida mavjud bo'lgan hamda huquq va 
burchga ega bo'lish huquqiy layoqati haqida darak beruvchi, shu jumladan, mustaqil 
(o'z harakatlari bilan) yoki o'z qonuniy vakillari orqali amalga oshirish, ega bo'lish, 
o'zgartirish yoki tugatish, shuningdek noqonuniy hatti-harakat qilganlik uchun javob 
beradigan mustaqil huquqiy mezondir.
Shaxsning huquqiy maqomi tarkibi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:
1)  shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi huquqiy normalar;
2)  shaxsning huquqlari;
3)  shaxsning majburiyatlari;
4)  huquq subyektliligi (huquq layoqati, muomala layoqati);
5)  fuqarolik;
6) yuridik javobgarlik;
7)  huquqiy munosabatlar;
8)  qonuniy manfaatlar;
9)  huquq tamoyillari.
Individning huquq va erkinliklari — uning me'yoriy hayot faoliyati shartidir, u 
erkin foydalana olishi mumkin bo'lgan ma'lum manfaat va imkoniyatlar katalogidir. 
Unda boshqa insonlar erkinliklari bilan muvofiqlashtirish choralari ko'rsatilgan.
Albatta, shaxs huquqlari o'z hajmi va amalga oshirish usullariga ko'ra juda kengdir. 
Davlat shaxs huquqlarini o'zboshimchalik bilan belgilamaydi, u buni shaxsning tabiiy 
huquqlari va o'sha jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib belgilaydi.
Shaxs huquqlari — qonun chiqaruvchining “tuhfasi” emas, balki insonning 
hayotiy standartlarni tanlashi, munosib hayot kechirishi real imkoniyatidir. Qonun 
chiqaruvchi o'zboshimchalik bilan huquq va erkinliklar hajmini “qisqartirishi” mumkin 
emas, ular tabiiy huquqlar normalari va tamoyillari hamda insonlarning o'zaro 
ijtimoiy aloqalari shartlari bilan bog'liqdir. Shaxsning qonunchilikda biriktirilgan 

35
real imkoniyatlarini cheklashning me'yoridan chiqishi, ushbu o'zboshimchalik bilan 
huquqlarning cheklanishi ijtimoiy tizimning oxir oqibatda izdan chiqishiga olib keladi.
O'z-o'zidan hyech qanday shaxs bir vaqtning o'zida barcha subyektiv huquqlarini 
amalga oshirishi mumkin emas. Subyektiv huquq yuridik mezon sifatida ma'lum 
belgilar majmui orqali ochib beriladi, ya'ni: ijtimoiy manfaatlardan foydalanish 
imkoniyati; ma'lum harakatlarni amalga oshirish va ma'lum harakatlarni amalga 
oshirishni boshqalardan talab qilish vakolati; qonun bilan belgilangan doirada 
faoliyat erkinligi va buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun davlatga murojaat 
etish imkoniyati.
Inson, jamiyatda yashab, boshqa odamlar bilan muntazam aloqada bo'la turib, 
jamiyatga va boshqa fuqarolarga nisbatan majburiyatlarga ega bo'lmasligi mumkin 
emas. Davlat o'z fuqarolari huquqlarini ta'minlash majburiyatini olar ekan, o'z navbatida 
ulardan ham yuridik normalarda belgilangan huquqiy xatti-harakatlarni talab etadi. 
Shuning uchun ham davlat individdan o'z talablarini majburiyatlar tizimida ifodalaydi, 
ularni bajarmaganlik uchun yuridik javobgarlik choralarini o'rnatadi. Bundan kelib 
chiqadiki, majburiyat ham huquq va erkinliklar singari huquqiy layoqatning muhim 
va zaruriy elementidir.
Majburiyat — insonning obyektiv zaruriy, muhim xatti-harakati, yoki 
harakatsizligidir. Shu bilan birgalikda aytib o'tish joizki, bu kabi obyektiv zarurat 
har doim ham subyektiv qabul qilinmaydi va bu norma talablaridan chiqishga olib 
keladi. Shuning uchun burch — zaruriy va joiz ahloqdir.
Shaxs huquqiy layoqati uning “erkinlik makoni”ni belgilaydi, jamiyat, davlat 
manfaatlariga va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklaridan foydalanishlariga 
to'g'ri kelmaydigan, zid keladigan huquqlar chegarasini belgilaydi, cheklaydi, 
huquqiy ta'qiqlar mezonini belgilaydi. Bunday huquqiy ta'qiqlar Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning insonning o'z fikrlarini og'zaki, yozma, bosma 
yoki boshqa usulda ifoda etish huquqini nazarda tutuvchi 19-moddasida ko'rsatib 
o'tilgan. 19 moddaning 3 bandida aytiladiki “ushbu huquqlardan foydalanish alohida 
majburiyatlar va alohida mas'uliyat yuklaydi”. U, o'z navbatida qonun bilan zaruriy 
tarzda belgilangan bir qancha ta'qiqlar mavjudki, ular:
birinchidan, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish;
ikkinchidan, davlat xavfsizligi, jamoat tartibi va aholi salomatligi va axloq 
qoidalarini saqlash maqsadida” taqiqlar qo'yilishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda noinsoniy, noaxloqiy 
harakatlar — urushni, milliy, irqiy va diniy nafratni targ'ib qiluvchi, kamsitishga 
chorlovchi, dushmanlik yoki zo'rlikni targ'ib qiluvchi (20-modda) harakatlarni 
ta'qiqlash imkoniyatlari ko'rilgan. Xuddi shunday ta'qiqlar Inson huquqlari umumjahon 
deklarasiyasida ham mavjuddir. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar to'g'risidagi 
xalqaro paktda ham istisno tarzida demokratik jamiyatning umumiy manfaatlariga 
muvofiqlashtirish maqsadida ushbu huquqlarga cheklov qo'yishga ruxsat etadi 
(4-modda).
Hajm jihatdan majburiyatlar huquqlarga yon beradi. Istisnolarsiz barcha subyektlarga 
taalluqli bo'lgan konstitusiyaviy burch bo'lishi mumkin emas. Lekin, yon berilishi 

36
lozim bo'lgan huquqlar ko'p (masalan, yashash huquqi). Huquqlardan farqli o'laroq, 
ayrim turdagi majburiyatlar ajralmaslik xususiyatiga ega emas, ulardan qonuniy 
asosda ozod bo'lish mumkin (masalan, harbiy xizmatdan, ba'zi turdagi soliqlarni 
to'lashdan va hok.).
Huquq va majburiyatlar — huquqning asosiy elementidir. Huquq va burchlarda, 
nafaqat, davlat majburiy deb hisoblaydigan axloq namunalari, standartlari biriktiriladi, 
balki shaxs huquq layoqatining hajmi (shaxsning huquqiy maqomining) ham belgilanadi.
Huquq subyektliligi huquq layoqatisiz mavjud bo'lmaydi va ularning aloqasi 
aniqlashtirilgan (sohaviy) tabiat kasb etadi.
Davlat shaxs fuqarolik maqomining u yoki bu jihatini belgilab berar ekan, oldindan 
huquqiy maqomi hajmini (shaxs huquq, erkinliklari va burchlari majmui) belgilaydi, 
ya'ni shaxs, subyektning mavjud yoki yuzaga keluvchi huquqini butun huquqiy 
maqom hajmi bilan e'tirof etadi: agar davlat shaxsni huquq subyekti sifatida tan 
olsa, unga nisbatan huquq va majburiyatlarni yuklaydi. Bunday holatda har qaysi 
shaxsni istisnosiz huquq subyekti sifatida sanash mumkin. Huquq va erkinliklar 
hamda burchlardan qanday hajmda foydalanish aniq bir shaxsning muomala layoqati, 
javobgarlik layoqati va boshqalardan kelib chiqib belgilanadi. Umumiy nazariyada 
shaxs subyektligining asosiy xususiyati uning davlat tomonidan huquq subyekti 
sifatida tan olinishidir.
Qonuniy manfaatlar, ya'ni yuridik to'g'ridan to'g'ri huquq jihatdan mustahkamlanib 
qo'yilmagan, lekin qonunga zid kelmaydigan manfaatlar. Manfaat, insonning 
huquqiy munosabatlardagi harakatlantiruvchi kuchidir, u shaxsning o'z huquqidan 
foydalanishiga nisbatan munosabatini belgilaydi.
Inson huquqlarining umumiy nazariyasiga muvofiq, shaxsning huquqiy 
maqomini bir necha turga bo'lish mumkin:
birinchidan, umumiy yoki konstitusiyaviy;
ikkinchidan, maxsus;
uchinchidan, individual.
Umumiy konstitusiyaviy huquqiy maqom — subyektning hayotning iqtisodiy, 
siyosiy va ma'naviy tarmoqlaridagi imkoniyatlarini ochib beradi. Individning ushbu 
maqomi fuqaroning Konstitusiyada belgilangan maqomi singari barcha uchun bir 
xil va umumiy hisoblanadi. Ushbu maqom, Asosiy qonun tomonidan barchaga va 
har kimga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan tarkib topadi. Shuning uchun 
ham, uni yana shuningdek, fuqaroning Konstitusiyaviy maqomi deyish ham mumkin.
Fuqaroning maqomi — uning davlat bilan bo'lgan huquqiy aloqasidan kelib 
chiqadi — fuqarolik instituti.
Amaliyotdagi mavjud maqomlarni bo'lib bo'lmaydi: ular bir biri bilan yaqindan 
o'zaro bog'langan va bir biriga bog'liqdir. Har bir kishi o'z davlatining fuqarosi bo'lib, 
muayyan qatlam yoki guruhning a'zosi va o'ziga xos qaytarilmas shaxs bo'lgani 
uchun ham bir vaqtni o'zida barcha huquqiy sifatlarga ega bo'ladi.
Barchaning umumiy huquqiy maqomi bitta, maxsus maqomlar — ko'p, individual 
maqomlar esa, qancha fuqaro bo'lsa, shunchadir. Eng muhimi, har kim o'zining 
holatini, o'z huquq va majburiyatlari va o'z o'rnini to'g'ri bilishi kerak.

37
Shunday qilib, aytish mumkinki, huquqiy maqom — kompleksli kategoriya 
bo'lib, shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, individ va jamoa munosabatini aks 
ettiradi, shaxsning jamiyatdagi real holatini belgilab beradi.
Shaxsning huquqiy maqomi o'zida shaxsning jamiyatdagi o'rni va rolini ko'rsatib 
beruvchi huquq me'yorlarida aniq huquqiy mustahkamlab qo'yilgan huquqlar, erkinliklar 
va majburiyatlarning tizimini aks ettiradi. Shaxsning huquqiy maqomi ikki jihatda tadqiq 
qilinadi: statik va dinamikda, bu esa nazariy bahslardan aniq huquqiy munosabatlardan 
kelib chiquvchi huquq, erkinlik va majburiyatlarning mazmunini kiritish kerak yoki 
kiritish kerak emasligini ayrim darajada “olib qo'yish” imkonini beradi:
Dinamik holatda bo'lgan shaxsning huquqiy maqomini tahlil qilish shaxsning 
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining amalga oshirish masalasini ko'rib 
chiqishda aks etadi. Bunday amala oshirish hozirgi zamon sharoitlarida yangi xislat 
va xususiyatni kasb etadi. Shaxsning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini davlat 
tomonidan kafolatlanganlik darajasi, shuningdek har bir shaxsning ijtimoiy-siyosiy 
faolligi o'zining huquqiy maqomini to'liq hajmda amalga oshirishni belgilab beradi. 
Ma'muriy-majburiy ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlariga mo'ljallanmagan bunday bir 
jarayonning ikki tomoni ma'muriy-majburlov ta'siri choralarini ko'rish uchun emas, 
balki shaxsning huquqiy faolligini qanchalik darajada ko'rsatishga qaratilgandir. Shu 
bilan bir qayd etish kerakki, shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ko'proq uning huquqiy 
maqomini amalga oshirishi chog'ida ko'proq qadriyatlarning muayyan tizimidan, 
ijtimoiy muhit ta'siri ostida qabul qilingan shaxsiy ko'rsatmalarga bog'liqdir.
Shaxsning ijtimoiy muhitda ishlashiga ta'sir ko'rsatishning samaradorligi huquqiy 
maqomning amalga oshirish jarayoni, huquqlar, erkinliklar va majburiyatlardan 
foydalanishda, ularga rioya qilish, ijro etish va qo'llashda shaxsning ijtimoiy-huquqiy 
faolligi ijtimoiy xususiyatning omillari va sharoitlariga bog'liqdir. Ularni ijtimoiy 
institutlarning ko'p darajali tizimi sifatida tasavvur qilish mumkin bo'lib, bu tizimning 
asosiy va hal qiluvchi xalqasi davlat organlari hisoblanadi. Siyosiy-huquqiy sohada 
shaxsning doimiy ravishda o'zini tuta bilishi bevosita davlat organlarning faoliyati 
bilan bog'liqdir, chunki bunday ishtirok etishsiz shaxsning huquq, erkinliklari va 
majburiyatlarini realizasiya qilish jarayonini samarali amalga oshirib bo'lmaydi.
O'zini huquqiy jihatdan to'g'ri tuta bilish, shaxs tomonidan huquqiy normalarni, 
huquqqa bo'lgan ishonchni qat'iy qabul qilish ko'nikmalarini ishlab chiqish nafaqat 
davlat organlarining tasiri orqali amalga oshiriladi, balki turli jamoat birlashmalari 
yoki NNTlarning rolining yetarli darajada ekanligi bilan ham bog'liqdir. Bu bunday 
jamoat birlashmalari yoki NNTlarning jamiyat siyosiy tizimida, davlat va jamiyat 
ishlarini boshqarishda ishtirok etishidagi o'rni, aholi kategoriyalarini keng darajada 
qamrab olishi, ijtimoiy fikr kabi insonlarga kuchli ta'sir qilish kabi vositalardan 
foydalanganligi bilan belgilanadi.
Huquqlar, erkinliklar va majburiyatlarni amalga oshirish jarayonida ko'pgina 
ahamiyatni shaxsning siyosiy-huquqiy o'zligini anglashiga, uning individual 
xususiyat va sifatlariga, ijtimoiy-siyosiy faolligiga qaratish lozimdir.
Shaxsning huquqiy maqomini kafolatlanganligiga e'tibor qaratish lozim, chunki 
huquq, erkinlik va majburiyatlarning haqiqiy qadriyatligi avvalombor ularning 

38
amalga oshirish imkoniyatlarini muhofaza qilinganligi bilan fikr qilinadi, shuning 
uchun ham kafolatlar muammosi hozirgi zamon sharoitlarida alohida ahamiyat kasb 
etadi. biroq qayd etish kerakki, inson huquqlarining bosh kafolati — bu pirovardida 
davlatning iqtisodiy ahvolidir. Undan tashqari, konstitusiyada va boshqa me'yoriy-
huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo'yilgan inson huquqlari va erkinliklarining 
kafolati fuqarolarning ongliligi va o'z mustaqil faoliyati hisoblanadi.
Umumiy va maxsus huquqiy (yuridik) huquqiy kabi ikki guruhga bo'linadigan 
shaxsning huquq, erkinliklari va majburiyatlari tizimini ko'rib chiqilar ekan, qayd 
etish kerakki, shaxsning huquq, erkinliklari va majburiyalarini amalga oshirishni 
ta'minlab beruvchi, ularni buzilishidan muhofaza qiluvchi huquqiy kafolatlar (huquqiy 
vositalar normalarida mustahkamlangan shaklda) bilan ta'minlanmagan shaxsning 
huquqiy maqomini haqiqiy maqom sifatida ko'rmaslik kerak.
An'anaviy ravishda ko'proq e'tibor maxsus yuridik (huquqiy) kafolatlarga beriladi, 
ayniqsa, agar huquq buzilishini bartaraf etishni ta'minlab berish kerak bo'ladigan u 
yoki bu nizoli vaziyatni hal etish to'g'risida gap ketgan taqdirda. Konstitusiyalarda 
huquqiy kafolatlarning yetarli darajada keng doirasi keltirilgan. Ham konstitusiyaviy, 
ham qonunchilikni boshqa kafolatlarining butun hammasini, fuqarolar, har bir 
shaxsning huquq, erkinliklari va majburiyatlarining yuridik kafolatlarining butun 
bir yaxlit tizimda ko'rish lozim.
Yuridik kafolatlar tuzilishi nuqtai nazaridan bevosita shaxsning huquqiy holatiga kiradi.
Shaxs va davlat o'rtasida vujudga keladigan qarama qarshiliklarni hal qilishning 
usullari prinsipial ahamiyat kasb etadi. Bunda qayd etish kerakki, jamiyatni 
demokratlashtirish yo'nalishida katta qadam davlat nomidan uning organlari va 
mansabdor shaxslarining fuqarolar huquqlarini poymol etuvchi noqonuniy harakatlari 
ustidan sudga murojaat qilishining tartibi belgilanganligi, inson huquqlari bo'yicha 
vakil institutini kiritilishi bilan bog'liqdir. Norma ijodkorlik va shuningdek huquqni 
qo'llash faoliyati davomida vujudga keluvchi qarama qarshilikni sud tomonidan ko'rib 
chiqish shakli amaldorlarning boshboshdoqligi, mahalliychilikka qarshi haqiqiy 
kafolat bo'lib xizmat qiladi, sivilizasiyalashgan fuqarolik jamiyatida huquqiy davlat 
g'oyasini joriy qilishning haqiqiy imkoniyatini beradi.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling