37. Tarmoqda kalitlarni taqsimlash masalasini echish yo‘llari


Download 74,54 Kb.
bet4/4
Sana29.03.2023
Hajmi74,54 Kb.
#1306664
1   2   3   4
Bog'liq
м-37 Тармоқда калитларини тақсиимлаш

U. Diffi va M.Xellman tomonidan kashf etilgan kalitlarni ochiq taqsimlash usuli foydalanuvchilarga kalitlarni himoyalanmagan aloqa kanallari orqali almashishga imkon beradi. Uning xavfsizligi chegaralangan sohada diskret logarifmlarni hisoblashning mushkulligiga asoslanadi. Bir vaqtning o‘zida foydalanuvchi V o‘zining maxfiy kaliti kB asosida ochiq kalitni hisoblaydi: Bu erda N va g – katta butun oddiy sonlar. Arifmetik amallar Nning moduliga keltirish orqali bajariladi. N va g sonlarni sir saqlash shart emas, chunki odatda, bu qiymatlar tarmoq va tizimdan foydalanuvchilarning barchasi uchun umumiy hisoblanadi.

So‘ngra foydalanuvchilar A va V o‘zlarining ochiq kalitlarini himoyalanmagan kanal orqali almashtiradilar va umumiy sessiya maxfiy kaliti Kni (bo‘linuvchi sirni) hisoblashda ishlatadilar: foydalanuvchi A: foydalanuvchi V: bunda , chunki

SHunday qilib, ushbu amallar natijasida ikkala maxfiy kalit kA va kBlarning funksiyasi bo‘lgan umumiy sessiya maxfiy kaliti hosil qilinadi. Ochiq kalitlar KA va KV qiymatlarini ushlab qolgan niyati bo‘zuq odam sessiya maxfiy kaliti K ni hisoblay olmaydi, chunki u maxfiy kalitlar kA va kV qiymatlarini bilmaydi. Bir tomonlama funksiyaning ishlatilishi sababli ochiq kalitni hisoblash amali qaytarilmaydigan amal, ya’ni abonentning ochiq kaliti qiymati bo‘yicha uning maxfiy kalitini hisoblash mumkin emas. Diffi-Xellman usulining noyobligi shundan iboratki, abonentlar jufti tarmoq orqali ochiq kalitlarni o‘zatganlarida faqat o‘zlariga ma’lum maxfiy sonni olish imkoniyatiga ega. So‘ngra abonentlar o‘zatilayotgan axborotni ma’lum tekshirilgan usulni – olingan umumiy sessiya maxfiy kalitidan foydalangan holda simmetrik shifrlashni ishlatib himoyalashga kirishishlari mumkin. Diffi-Xellman sxemasi ma’lumotlarni har bir seansda yangi kalitlarda shifrlash imkonini beradi. Bu sirlarni disketlarda yoki boshqa eltuvchilarda saqlamaslikka imkon beradi, chunki bunday saqlash ularni raqiblar yoki niyati bo‘zuq odamlar quliga tushib qolish ehtimolligini oshiradi.


Download 74,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling