38M-22 Sodiqov Jamshid


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1432950
Bog'liq
38M-22 Sodiqov Jamshid



Ilmiy maktab,
metod va
metodologik
yondashuvlar
38M-22 Sodiqov Jamshid


 Reja:
1.Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari
va asosiy bosqichlari. 
2.Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining
o’zaro aloqasi va farqi. Metodlarni tasnifi
3.Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologik
tamoyillarning klassifikatsiyasi. 
4.Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari
va asosiy bosqichlari.


Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Ilmiy maktablar
o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati yo'nalishini o'rganish natijasida shakllangan
kasb egalari, olimlar kogortasi b o ‘lib, unda muayyan ilmiy g'oy'a, nazariya doirasida
hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod
tushunchasidan kengroqdir.Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni
fandagi tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon qiladi. Ilmiy maktablarning paradigmal va lokal
darajalari farqlanadi. I.Nyuton, A.Eynshteyn,N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal
darajani namoyon qilsa,mamlakat, alohida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy tadqiqot
institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani aks ettiradi. 
Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z etakchilariga ega bo‘lgan lokal
darajadagi ilmiy maktablarning majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq
yetakchilar bo‘lishi mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovatsion mexanizmlar amal
qiladi, ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotgajoriy qilishda shu g‘oyaga aks
g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. 


Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi. Metod (yunon.
metods - usul) keng mа'noda, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi mа ’nolarni anglatadi.
Metod u yoki bu shaklda mа’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi
hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu
sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi,
maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.Metodning asosiy vazifasi
faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq:
- birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri
baholamaslik («metodologik negavizm»);
- ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish,uni barcha masalalarning
kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish
noto‘g‘ridir.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida
namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi,
nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. o’znavbatida, metod mazmuni kengayib boradi,
ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘larni
ham o‘zgaradi.


Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki
unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni
bir- biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real
hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi.Metod har qanday tadqiqot
boshlanishida to‘la holda namoyon bo'lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi
bilan har safar yangidan shakllanadi. Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda
bog‘lamaydi, balki ularning xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot
predmetga daxldor dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning
harakati, uning xususiyatlari,rivojlanish shakllari va h.k.Iarda namoyon bo‘ladi. Demak,
metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obyekt) predmetining mazmuni bilan
bog‘liq.Metod subyekt bilan chambarchas bog'liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, «inson umum
metodologiyaning markazidir» (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod yoki bu darajada
boshqaruv quroli vazifasini bajaradi.
Metod subyekt va obyektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda oxirgisi
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, har qanday metod, eng avvalo, obyektiv,
mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, subyektiv hamdir. Biroq u faqat mavjud qoidalar
tizimi emas, balki obyektiv ilmiylikning davomi sifatida namoyon bo‘ladi.


Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig'ish va saralash vositasi,
aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.Metodlar
xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng avvalo, m a’naviy,
g'oyaviy (shuningdek,ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmoq lozim.Fan tarixida
metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik yaratish san’ati
yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod
tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon
bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini
topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub
sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o‘zida
metodologik tamoyil bo‘lib, oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson
axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir.Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab
chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila
olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi.Ba’zi hollarda bir
narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi.Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning
muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta’minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash
mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. 


Fan metodlari - ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan
muayyan fan sohasida qo’llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori
bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda,
ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni
turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi
to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘Iovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan
qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib,yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga
umid qilish mumkin emas. Zero, nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i
lozim.
Bilish jarayonida uning roli va o’rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot,
izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O'z navbatida, bilishning sifat va
son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash
va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo ‘llash o'rganilayotgan hodisa tabiati va qo’yilgan
vazifalar bilan xarakterlanadi.Fanlararo tadqiqot metodlari-asosan fan sohalari tutashgan
joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks
ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.


Empirik tadqiqot metodlari. О'rganilayotgan har qanday obyekt haqida egallanadigan bilvosita
bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish empirik bilishning asosiy metodidir. Kuzatish-narsa
va hodisalarni izchil passiv kuzatish bo’lib, unda asosan, sezgi a’zolarining ma’lumotlariga
tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish obyektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki,
pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olarniz.
Kuzatish bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga
oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari
ko‘payib bormoqda. Ilmiy kuzatishga qo’yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish
obyekti)ning aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan,eksperiment)
yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblarning
ko‘rsatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta
zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik
ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo‘lmas edi.
Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas,
ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham
qurib bo'lmas edi.


Shuningdek, kuzatuvning tashkil etilishiga bog'liq holda ochiq va yashirin, dala va laboratoriya
kuzatuvi, qayd etish turiga ko’ra- qayd etuvchi, baholovchi va aralash bo‘ladi. Axborot olish
turiga ko'ra kuzatuvlar bevosita va instrumental turlarga bo ‘linadi. О ‘rganilayotgan
obyektlarni qamrab olish hajmiga ko’raesa yalpi va tanlab kuzatish farqlanadi; takrorlanishiga
ko’ra-doimiy, davriy va bir martalik kuzatuvlar bo'ladi. Kuzatuvning tez-tez uchrab turadigan
xili - o’zo’zini kuzatuv bo’lib, u, masalan, psihologiyada keng tarqalgan.Biroq kuzatuv bilish
uslubi sifatida qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. Tadqiqotchining shaxsiy xususiyatlari,
uning manfaatlari, nihoyat, lining psihologik holati kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Tadqiqotchi muayyan natijaga ega bo‘lish, o‘zida mavjud farazlarni tasdiqlashga
qaratilganida kuzatuvning obyektiv natijalarini buzilishiga yanada ko'proq moyil bo'ladi.
Kuzatuvning obyektiv natijalarini olish uchun intersubyektivlik talablariga rioya qilish lozim,
ya’ni kuzatuv ta’limotlari, imkon qadar boshqa kuzatuvchilar tomonidan ham olinishi va qayd
etilishi shart. Bevosita kuzatishni asbob-uskunalar bilan almashtirish kuzatuv imkoniyatlarini
cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham subyektivlikni istisno etmaydi; bu kabi
bilvosita kuzatuvni baholash va tushuntirish subyekt tomonidan amalga oshiriladi va shuning
uchun tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y beradi.


Eksperiment-o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish,eksperimentning maqsadlariga
muvofiq maxsus yaratilgan hamdanazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan
obyektni tegishli tarzda o’zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida
o'rganilayotgan obyekt uning mohiyatini buzib ko‘rsatishi mumkin bo’lgan nojo‘ya ta’sirlardan
ajratiladi va «sof shakl»da ifoda etiladi.Eksperimentning asosiy xususiyatlari:
a) tadqiqot obyektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu jumladan, uni
o‘zgartirish va qayta tuzish;
b) obyektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining mavjudligi;
v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan obyektni bir necha marta aks ettirish
mumkinligi;
g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini topish imkoniyatining
mavjudligi.
Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot (qidirish), tekshirish
(nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi. Obyektlarning xususiyatiga qarab fizik,
kimyoviy, biologik,ijtimoiy va h.k. eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari
ham mavjud. Fikriy eksperiment-ideallashtirilgan obyektlar haqida fikr yuritish protseduralari
tizimi hozirgi zamon fanida keng tarqalgan.


О‘lchash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi o‘lchashning
gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. 0 ‘lchash aniqligi o‘lchash jarayonidagi quyidagi
obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq:
-o‘rganilayotgan obyektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati
murakkab, ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi;
-olchash vositalari imkoniyatlari (ularning mukammallik darajasi) va o‘lchash jarayoni
kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini topishning umuman imkoni
yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi traektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k.
Oichashning subyektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash,ushbu jarayonni tashkil qilish
va subyektning bilish imkoniyatlari -eksperiment o‘tkazuvchi malakasi, uning olingan
natijalarini to‘g‘ri va savodli izohlab berish mahorati kiradi.Bevosita о‘lchash bilan birga ilmiy
eksperiment о‘tkazish jarayonida bilvosita о‘lchash uslubi keng qo‘llanadi. Bilvosita
о‘lchashda izlanayotgan kattalik dastlabki funksional bog‘liqlik bilan bog'liq boshqa
kattaliklarni bevosita о‘lchash asosida aniqlanadi. Jism massasi va hajmining o’lchangan
qiymatlariga ko‘ra uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning
o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi vamaydoniga ko‘ra topilishi
mumkin va h.k. 


Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog'liq bo’lgan gipotezalar tizimini
yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada empirik dalillar to‘g‘risida
xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo'lmagan
boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod
yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi.
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:
- nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud nazariyalar,
qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning iloji bo‘lmasa:
- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va qonuniyatlari
to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;
- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga eng yaqinini
tanlab olish;
- gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va uning mazmuniga
aniqlik kiritish;
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. 
Bu yerda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning
isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. 


Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. Bu yerda
ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda
etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va
tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi
yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish
metodidan ham ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u
yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.Mavhumdan konkretlikka
yuksalish metodi - ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va
kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada
yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish,
tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda
«mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga
tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya
singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi.Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish-ayrim
umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat
jarayonidir. Bu erda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi.


Bilishning bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi
qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga
o‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.Umum ilmiy tadqiqot metodlari - falsafa
bilan maxsus fanlaring fundamental nazariy-metodologik qoidalari о 'rtasida o’ziga xos «oraliq
metodologiya» bo lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko'pincha «axborot»,
«model», «tuzilma», «funksiya», «tizim»,«element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari
tushunchalar kiritiladi.Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning
alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib»
yuborilganligi, ikkinchidan,(falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va
simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi
umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning
mumkin bo‘Igan eng yuqori darqjasi - muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan
bo’lsa, umumilmiy tushunchalarga ko’proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni
mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini
(to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning
«falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.


Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ularning strukturasini,
strukturaning tarkibiy qismlari о ‘rtasidagi barqaror munosabatlar va o’zaro aloqalarni hamda
ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi. Struktura-
tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror
o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir
tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (ma’lum biologik a’zo funksiyalari, davlat
fiinksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.).Strukturaviy-funksional (strukturaviy)
metodning (unga ba’zan sistemali yondashuvning tori deb ham qaraladi) asosiy talab
(jarayon)lari:


tizimli obyektning tuzilishi, 
strukturasini o‘rganish;
uning tarkibiy qismlarini va ularning
funksional xususiyatlarini
tadqiq qilish;
mazkur tarkibiy qismlardagi va ularning
funksiyalaridagi
o‘zgarishlarni tahlil qilish;
butun tizimli obyektning rivojlanishi
(tarixi)ni ko‘rib chiqish;
barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan obyektning barcha
tarkibi qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat
qilayotgan tizim sifatida qarash.


Formallashtirish-ma ’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu har xil talqin
qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikmi aniq ifodalashga xizmat qiladi.
Formallashtirishda obyektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu
sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq.
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini bartaraf etish
imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni bildiradi.
Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga,
bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham
kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.Formallashtirish jarayonining eng muhim
xususiyati shundaki,sun’iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi
formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida
chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni
ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir.
Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi va unga
asoslanish demakdir. Ammo XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel
mazmun nazariyasida hardoim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling