38M-22 Sodiqov Jamshid
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
38M-22 Sodiqov Jamshid
Reja: 1.Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. 2.Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi. Metodlarni tasnifi 3.Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologik tamoyillarning klassifikatsiyasi. 4.Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati yo'nalishini o'rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi b o ‘lib, unda muayyan ilmiy g'oy'a, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod tushunchasidan kengroqdir.Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni fandagi tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon qiladi. Ilmiy maktablarning paradigmal va lokal darajalari farqlanadi. I.Nyuton, A.Eynshteyn,N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani namoyon qilsa,mamlakat, alohida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z etakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablarning majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq yetakchilar bo‘lishi mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovatsion mexanizmlar amal qiladi, ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotgajoriy qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi. Metod (yunon. metods - usul) keng mа'noda, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi mа ’nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda mа’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq: - birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri baholamaslik («metodologik negavizm»); - ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish,uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir. Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. o’znavbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘larni ham o‘zgaradi. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir- biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi.Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo'lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi. Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning harakati, uning xususiyatlari,rivojlanish shakllari va h.k.Iarda namoyon bo‘ladi. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obyekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq.Metod subyekt bilan chambarchas bog'liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, «inson umum metodologiyaning markazidir» (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. Metod subyekt va obyektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, har qanday metod, eng avvalo, obyektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, subyektiv hamdir. Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki obyektiv ilmiylikning davomi sifatida namoyon bo‘ladi. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig'ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng avvalo, m a’naviy, g'oyaviy (shuningdek,ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmoq lozim.Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir.Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi.Ba’zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi.Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta’minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Fan metodlari - ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo’llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘Iovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib,yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. Zero, nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. Bilish jarayonida uning roli va o’rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O'z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo ‘llash o'rganilayotgan hodisa tabiati va qo’yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.Fanlararo tadqiqot metodlari-asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. Empirik tadqiqot metodlari. О'rganilayotgan har qanday obyekt haqida egallanadigan bilvosita bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish empirik bilishning asosiy metodidir. Kuzatish-narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish bo’lib, unda asosan, sezgi a’zolarining ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish obyektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olarniz. Kuzatish bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari ko‘payib bormoqda. Ilmiy kuzatishga qo’yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish obyekti)ning aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan,eksperiment) yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo‘lmas edi. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo'lmas edi. Shuningdek, kuzatuvning tashkil etilishiga bog'liq holda ochiq va yashirin, dala va laboratoriya kuzatuvi, qayd etish turiga ko’ra- qayd etuvchi, baholovchi va aralash bo‘ladi. Axborot olish turiga ko'ra kuzatuvlar bevosita va instrumental turlarga bo ‘linadi. О ‘rganilayotgan obyektlarni qamrab olish hajmiga ko’raesa yalpi va tanlab kuzatish farqlanadi; takrorlanishiga ko’ra-doimiy, davriy va bir martalik kuzatuvlar bo'ladi. Kuzatuvning tez-tez uchrab turadigan xili - o’zo’zini kuzatuv bo’lib, u, masalan, psihologiyada keng tarqalgan.Biroq kuzatuv bilish uslubi sifatida qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. Tadqiqotchining shaxsiy xususiyatlari, uning manfaatlari, nihoyat, lining psihologik holati kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotchi muayyan natijaga ega bo‘lish, o‘zida mavjud farazlarni tasdiqlashga qaratilganida kuzatuvning obyektiv natijalarini buzilishiga yanada ko'proq moyil bo'ladi. Kuzatuvning obyektiv natijalarini olish uchun intersubyektivlik talablariga rioya qilish lozim, ya’ni kuzatuv ta’limotlari, imkon qadar boshqa kuzatuvchilar tomonidan ham olinishi va qayd etilishi shart. Bevosita kuzatishni asbob-uskunalar bilan almashtirish kuzatuv imkoniyatlarini cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham subyektivlikni istisno etmaydi; bu kabi bilvosita kuzatuvni baholash va tushuntirish subyekt tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y beradi. Eksperiment-o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish,eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamdanazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan obyektni tegishli tarzda o’zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida o'rganilayotgan obyekt uning mohiyatini buzib ko‘rsatishi mumkin bo’lgan nojo‘ya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da ifoda etiladi.Eksperimentning asosiy xususiyatlari: a) tadqiqot obyektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish; b) obyektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining mavjudligi; v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan obyektni bir necha marta aks ettirish mumkinligi; g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini topish imkoniyatining mavjudligi. Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot (qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi. Obyektlarning xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik,ijtimoiy va h.k. eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy eksperiment-ideallashtirilgan obyektlar haqida fikr yuritish protseduralari tizimi hozirgi zamon fanida keng tarqalgan. О‘lchash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. 0 ‘lchash aniqligi o‘lchash jarayonidagi quyidagi obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq: -o‘rganilayotgan obyektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati murakkab, ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi; -olchash vositalari imkoniyatlari (ularning mukammallik darajasi) va o‘lchash jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi traektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k. Oichashning subyektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash,ushbu jarayonni tashkil qilish va subyektning bilish imkoniyatlari -eksperiment o‘tkazuvchi malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va savodli izohlab berish mahorati kiradi.Bevosita о‘lchash bilan birga ilmiy eksperiment о‘tkazish jarayonida bilvosita о‘lchash uslubi keng qo‘llanadi. Bilvosita о‘lchashda izlanayotgan kattalik dastlabki funksional bog‘liqlik bilan bog'liq boshqa kattaliklarni bevosita о‘lchash asosida aniqlanadi. Jism massasi va hajmining o’lchangan qiymatlariga ko‘ra uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi vamaydoniga ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog'liq bo’lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo'lmagan boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi. Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi: - nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning iloji bo‘lmasa: - turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish; - farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish; - gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish; - gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu yerda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. Bu yerda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.Mavhumdan konkretlikka yuksalish metodi - ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi.Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish-ayrim umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu erda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.Umum ilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlaring fundamental nazariy-metodologik qoidalari о 'rtasida o’ziga xos «oraliq metodologiya» bo lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko'pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim»,«element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan,(falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘Igan eng yuqori darqjasi - muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, umumilmiy tushunchalarga ko’proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir. Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ularning strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari о ‘rtasidagi barqaror munosabatlar va o’zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi. Struktura- tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (ma’lum biologik a’zo funksiyalari, davlat fiinksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.).Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan sistemali yondashuvning tori deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari: tizimli obyektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish; uning tarkibiy qismlarini va ularning funksional xususiyatlarini tadqiq qilish; mazkur tarkibiy qismlardagi va ularning funksiyalaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish; butun tizimli obyektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish; barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan obyektning barcha tarkibi qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash. Formallashtirish-ma ’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikmi aniq ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda obyektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq. Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki,sun’iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida hardoim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling