39-mavzu yuzasidan test savollari
-mavzu yuzasidan test savollari
Download 31.66 Kb.
|
39-42
41-mavzu yuzasidan test savollari
1."Yusuf va Zulayho" dostoni kim tomonidan qayta ishlangan? A) Lutfiy B) Atoiy C)Durbek D) Jomiy 2.Quydagi shoirlardan qaysi biri toshkentlik hisoblanadi? A) Lutfiy B) Atoiy C)Durbek D) Jomiy 3.Lutfiy yashagan yillarni aniqlang? A) 1366-1465-yillar B) 1365-1435-yillar C)1414-1492-yillar D) 1441-1501-yillar 4.Abdurahmon Jomiy yashagan yillar? A) 1366-1465-yillar B) 1365-1435-yillar C)1414-1492-yillar D) 1441-1501-yillar 5.Alisher Navoiy yashagan yillar? A) 1366-1465-yillar B) 1365-1435-yillar C)1414-1492-yillar D) 1441-1501-yillar 6.Navoiyga qadar o'zbek she'riyatida ... darajasiga yetadigan shoir bo'lmagan. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zni quying. A) Lutfiy B) Atoiy C)Jomiy D) Mahmud Qoshg'ariy 7.“U birgina turkiy tilda asarlar yaratib qolmadi, balki fors tilida ham qasidalar yozdi”. Gap kim haqida bormoqda? A) Lutfiy B) Jomiy C) Atoiy D) Alisher Navoiy 8.Qaysi shoir o'zbek adbiy tili, o'zbek mumtoz adabiyotini yangi pog'onaga ko'tardi. A) Alisher Navoiy B) Jomiy C)Atoiy D) Lutfiy 9.Navoiy nechadan ziyod yirik badiiy asarlar yozdi? A)40 dan ziyod B) 30 dan ziyod C)35 dan ziyod D) 50 dan ziyod 10."Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy", "Mahbub ul-qulub", "Lison ut-tayr" kabi asarlar mualliflni aniqlang? A)Jaloliddin B) Jomiy C)Alisher Navoiy D) Lutfiy 11. Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do'sti bolgan fors-tojik shoiri kim edi? A)Lutfiy B) Atoiy C)Jomiy D) Mahmud Qoshg'ariy 12."Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir". Ushbu so'zlar birinchi prizedentimiz LA.Karimovning qaysi asarida keltirilgan? A)"Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” B)"XXI asr busag'asida" C)"Bizdan ozod va obod vatari qolsin" D)''Allomalar haqida maqola" 13.Mirxond nechanchi tillarda yashagan? A) 1438-1498-yillar B) 1465-1546-yillar C) 1414-1492-yillar D) 1475-1535-yillar 14.Mirxond qaysi shaharda tavallud topgan? A) Toshkent B) Balx C) Marv D) Termiz 15.uhammad Xovandshoh ibn Mahmud ota-bobolari asli qayerlik bo'lgan? A) buxorolik B) samarqandlik C) marvlik D) toshkentlik 16.Mirxond haqidagi ayrim ma'lumotlar kim tomonidan yozib qoldirilgan? A)Mirxondning o'zi tomonidan B)Nabirasi Xondamir tomonidan C)Kamoliddin Binoiy tomonidan D)Maxmur tomonidan 17."Ravzat us-safo" (" Jannat bog'i") asari kimning qalamiga mansub? A) Xondamir B) Navoiy C)Jomiy D) Mirxond 18."Ravzat us-safo" asari kimning ko'rsatmasi va homiyligi bilan yozilgan? A) Husayn Boyqaro B) Navoiy C) Abu Said D) Jomiy 19.Quyidagi asarlardan qaysi birida dunyoning yaratilishidan to 1523-yiIgacha bo'lgan O'rta Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida bo'Iib o'tgan ijtimoiy siyosiy voqealar keng bayon etilgan? A)"Habib us-siyar" B)"Majolis un-nafois" C)"Ravzat us-safo’ D)"Xazoin ul-maoniy" 20.Yevropada kimning asari ancha vaqtgacha Sharq tarixi bo'yicha muhim manba bo'Iib xizmat qilgan? A)Xondamir B) Navoiy C)Jomiy D) Mirxond 21.Xondamir yashab ijod qilgan yillarni aniqlang? A)1438-1498-yillar B) 1455-1536-yillar C)1414-1492-yillar D) 1475-1535-yillar 22.Xondamir kimning shogirdi bo'lgan? A) Xondamir B) Jomiy C) Navoiy D) Mirxond 23.Xondamir 15-16 yoshlarida kimning diqqat-nazariga tushdi va uning kutubxonasiga boshchilik qildi? A) Husayn Boyqaro B) Jomiy C) Navoiy D) Mirxond 24.Navoiy o'zining qysi asarida Xondamir haqida ma'lumotlar keltirgan? A)"Habib us-siyar" B)''Majolis un-nafois" C)"Mahbub ul-qulub” D)"Xazoin ul-maoniy" 25.Xondamir sermahsul olim bo'Iib u tarixga oid qancha asar yozgan? A) yuzdan ortiq B) o'n beshdan ortiq C)o'nga yaqin D) yigirmaga yaqin 26."Habib us-siyar" asari mualiifi kim? A) Mirxond B) Navoiy C) Xondamir D) Jomiy 27."Habib us-siyar" asari O'rta Osiyo, Eron va Xurosonning nechanchi asrlardagi tarixini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. A)XIV asr oxir-XVI asr oxiri B)XV asr oxir - XVI asr birinchi choragi C)dunyo yaratilishidan to 1523-yilgacha D)XV asr oxiri - XVII asr boshlari Download 31.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling