39-mavzu yuzasidan test savollari
-mavzu yuzasidan test savollari
Download 31.66 Kb.
|
39-42
40-mavzu yuzasidan test savollari
1.XV asrga kelib O'rta Osiyoning qaysi shaharlarida olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi to'plangan edi? A)Buxoro va Hirot B)Buxoro va Samarqand C)Samarqand va Hirot D)Toshkent va Samarqand 2.Ulug'bek qaysi o'tmishdoshlarining asarlarini batafsil o'rgandi? A)Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy,Ibn Sino B)Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Arestotel C)Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Geradot, Strabon D)Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Geradot, Strabon, Arestotel 3.Ulug’bek buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali qaysi yunon olimlarining asarlari bilan tanishdi? A)Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolomey B)Gipparx, Ptolomey, Arrian, Sofokl C)Gipparx, Ptolomey, Arastu, Poliyen D)Aflotun, Arastu, Arrian, Gippokrat 4.Fanning qaysi sohalarida erishilgan buyuk muvaffaqiyatlar Temuriyiar davlatiga katta shuhrat keltirdi. A)astronomiya va tarix B)matematika va geometriya C)matematika va astronomiya D)geometriya va tarix 5.Ulug'bek rasadxonasi qayerda joylashgan? A)Darg'om kanali bo’yida B)Zarafshon bo’yida C)Obirahmat anhori bo’yida D)Madrasa yaqinida 6.Ulug'bek rasadxonasi qaysi yillar oralig'ida qurilgan? A) 1423- 1428-yillar B) 1424-1429-yillar C)1422-1427-yillar D) 1456-1465-yillar 7.Hanuzgacha olimlarning qiziqishini uyg'otib kelayotgan bu ulkan rasadxonaning balandligi necha metr bo'lgan? A) 30 metr B) 33 metr C)31 metr D) 29 metr 8.Ulug’bek rasadxonaning asosiy o'lchov asbob-uskunasi nima bo'lgan? A) Usturlob B) Ulkan Sekstant C)Ulkan Globus D) Maxsus teliskop 9.Kim boshchiligida rasadxonaning asosiy o'lkchov asbob-uskunasi - ulkan Sekstant o'rnatilgan? A) Qozizoda Rumiy B) G'iyosiddin Jamshid C)Ali Qushchi D) Mirzo Ulug'bek 10.Ulug'bek rasadxona qoshida boy kutubxona tashkil etgan bo'Iib unda necha ming jild kitob saqlangan? A) 20 ming jild B) 15 ming jild C)14 ming jild D) 12 ming jild 11.Kimning faol ishtiroki bilan Ulug'bek rasadxonasi o'sha zamon sharoitida mukammal astonomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi? A) Mirzo Ulug'bek B) G'iyosiddin Jamshid C) Ali Qushchi D) Qozizoda Rumiy 12.O’z davrida kimni "Aflotuni zamon" deb atashgan? A) Qozizoda Rumiy B) G'iyosiddin Jamshid C) Ali Qushchi D) Mirzo Ulug'bek 13.Kim "o'z davrinng Ptolomcyi" nomi bilan shuhrat qozongan? A) Ali Qushchi B) Q. Rumiy C) G'iyosiddin Jamshid D) Mirzo Ulug'bek 14.Osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino qanday nomlanadi? A) Sekstant B) Madrasa C) Rasadxona D) Akademiya 15.Osmon yoritqichlarini balandligini belgilash uchun mo'ljallangan ko'zgu -qaytargichli asbob qanday nomlanadi? A) Sekstant B) Madrasa C) Rasadxona D) Akademiya 16.Ulug’bek rasadxonasida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli nechta qo'zg'almas yulduzning o'rni va holati aniqlanib, ularning astranomik jadvali tuziladi? A) 1180 ta B) 1029 ta C) 1018 ta D) 1080 ta 17. "Ziji jadidi Ko’ragoniy" asarining mualliflni aniqlang? A) Mirzo Ulug'bek B) G'iyosiddin Jamshid C)Ali Qushchi D) Qozizoda Rumiy 18."Ziji jadidi Ko’ragoniy" asari necha qismdan iborat? A) ikki qismdan B) uch qismdan C)to'rt qismdan D) besh qismdan 19.Ulug'bek yil hisobini hozirgi hisob -kitoblarga solishtirgudek bo'lsak, u qancha farq qiladi? A) bir minut B) ikki minut C) bir minut-u ikki sekund D) qirq sekund 20."Tarixi arba ulus" (To'rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar mualliflni aniqlang? A) Qozizoda Rumiy B) Ali Qushchi C)Mirzo Ulug'bek D) G’. Jamshid 21.Mirzo Ulug’bek musiqa ilmiga bag'ishlangan nechta risola muallifi hisoblanadi? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 22.Ulug'bek tevaragida uyushgan olimlar sonini aniqlang? A) 70 dan ortiq B) 400 dan ortiq C) 100 dan ortiq D) 120 dan ortiq 23.Mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter yashagan yillarni to'g'ri belgilang. A) 1694-1778-yillar B) 1698-1760-yillar C)1691-1769-yillar D) 1438-11498-yillar 24."Ulug'bek Samarqandda bo'Iib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o'lchashni buyurdi vaastronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi". Ushbu so'zlar muallifini aniqlamg. A) Gyoti B) Volter C)Bruno D) Ali Qushchi 25.Xorazimda tashkil topgan "Donishmandlar uyi" (Mamun akademiyasi)ga qachon asos solingan? A) 1004-y B) 999-y C)1017-y D) 813-y
Download 31.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling