392 g 20%li xrom (III)-sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo‘lgan eritma massasi
Download 41.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqVARIANT-11
VARIANT-11 1. 392 g 20%li xrom (III)-sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo‘lgan eritma massasi 373,2 g ni tashkil etdi va inert elektrodlarda 10,08 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektroliz jarayonida hosil bo‘lgan kislota massasini (g) hisoblang. A) 44,1 B) 58,8 C) 39,2 D) 29,4 2. Reaksiya uchun olingan kalsiy karbonat massasi xlorid kislota massasidan 23,5 g ga ko‘p. Agar reaksiya natijasida 0,4 mol karbonat angidrid ajralgan bo‘lsa, sarflanmay qolgan kalsiy karbonat massasini (g) hisoblang. (η=80%) A) 30 B) 40 C) 10 D) 20 3. 14,8 g aldegid va propanol aralashmasiga kumush oksidning ammiakli eritmasi qo‘shib bir oz qizdirilganda 43,2 g cho‘kma tushdi. Agar boshlang‘ich aralashmadagi aldegidning spirtga nisbati 2:1 mol bo‘lsa, aldegid nomini aniqlang. A) metanal B) etanal C) propanal D) butanal 4. 400 g 20%li mis (II)-sulfat eritmasiga 20 g F e plastinka tushirildi. Eritmada F e2+ va Cu2+ ionlarining mol nisbati 2:3 bo‘lganda plastinka massasi necha grammga ortadi? A) 1,6 B) 2,4 C) 3,2 D) 0,8 5. Benzol va siklogeksan aralashmasi to‘liq degidrogenlanganda (kat., t◦) aralashma massasi 1,2 g ga kamaydi. Olingan mahsulot quyosh nuri ishtirokida xlorlanganda massasi 85,2 g ga ortdi. Dastlabki aralashma massasini (g) hisoblang. A) 24,6 B) 32,4 C) 40,8 D) 16,2 6. Bog‘ karraliligi (bir xil atomlar o‘rtasida) ortishi bilan bog‘ uzunligi va bog‘ energiyasi qanday o‘zgaradi? A) ortadi; ortadi B) kamayadi; kamayadi C) kamayadi; ortadi D) ortadi; kamayadi 7. Is gazi va alkendan iborat aralashmadagi alkenning massa ulushi 8/9 va hajmiy ulushi 4/5 bo‘lsa, alkenni aniqlang. A) penten B) buten C) propen D) eten 8. Temir, mis va oltindan iborat aralashmaga xlorid kislota ta’sir ettirilganda eritma massasi 2,7 g ga ortdi. Erimay qolgan qoldiq konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanganda 1,12 l (n.sh.) gaz ajraldi. Qolgan qoldiq massasi 4,0 g ni tashkil etdi. Dastlabki aralashmadagi temirning massa ulushini (%) toping. A) 28 B) 56 C) 20 D) 40 9. Molekulalarni tarkibidagi π- va σ-bog‘lar yig‘indisi ortib borishi tartibida joylashtiring. 1) oltingugurt (VI)-oksid; 2) metanal; 3) vodorod peroksid; 4) chumoli kislota; 5) gipoxlorit kislota. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 5, 3, 2, 4, 1 C) 1, 4, 2, 3, 5 D) 5, 2, 4, 3, 1 10. Quyidagi qaysi molekula tarkibida 4 ta OH guruhi mavjud? A) etilenglikol B) glukoza C) glitserin D) riboza 11. Qaysi javobda berilgan elementlar EO tarkibli oksid, E(OH)2 tarkibli gidroksid hosil qila oladi? A) kalsiy, bariy, mis B) temir, magniy, kaliy C) bariy, uglerod, mis D) rux, temir, alyuminiy 12. jarayonda organik modda tarkibidagi vodorod atomlarining mol ulushi 3/7 dan 5/7 gacha ortgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan alkilaminni aniqlang. A) CH3NH2 B) C4H9NH2 C) C3H7NH2 D) C2H5NH2 13. Sistematik nomenklaturaga ko‘ra, nomlanishi metanga "al"-suffiksi qo‘shish orqali ko‘rsatiladigan modda Mr ni toping. A) 30 B) 28 C) 46 D) 32 14. Neytral atomda barcha zarrachalarning yig‘indisi 108 ga teng. Neytronlar soni protonlar sonidan 9taga ko‘p bo‘lsa, elementni aniqlang. A) Ge B) As C) Se D) Br 15. Kumush nitrat eritmasiga ikki marta ko‘p hajmdagi kalsiy xlorid eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmada kalsiy va xlorid ionlari 3:2 mol nisbatda bo‘lsa, dastlabki eritmalarning molar konsentratsiyalari qanday nisbatda (berilgan tartibda) bo‘lgan? A) 3:8 B) 8:3 C) 5:3 D) 3:5 16. A(g) + xB(g) → 2C(g) reaksiyadagi A va Download 41.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling