3d studio max dasturi
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
3d studio max dasturi
10- topshiriq
Yorug`lik manbalarini yaratish. 11-topshiriq Yorug’likni o`rnatish tartibi. 12-topshiriq Doors (eshiklar) ob’yekti gruppasini yaratish. 42 Xulosa Ushbu bitiruv ishi oliy ta’lim muassasalarida kompyuter grafikasi fanini o`qitishda 3DS Max dasturining ahamiyati va uning qo’llanilish sohalariga bag`ishlangan bo`lib, unda kompyuter grafikasi fanini o`qitishda talabalar tasavvurini rivojlantiruvchi elaktron ashyolar tayyorlash usullari va uning dasturiy ta’minoti tadqiq qilingan. Bu ishni amalga oshirishda kompyuter grafikasi fanini o`qitishning nazariy va amaliy tushunchalari hamda didaktik tamoyillariga tayanildi. Oliy ta’lim muassasalarining kompyuter grafikasi kursi asosida turli mavzular bo`yicha elektron ko`rgazmalardan namunalar ishlab chiqildi. Shuningdek, kompyuter grafikasi fanini kompyuterli o`qitishning uslubiy jihatlari o`rganildi. Bitiruv ishida olingan asosiy natijalar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin: Kompyuter grafikasini o`qitish uslubiyotining umumiy masalalari, xususan, oliy ta’lim muassasalarining o`qitish metodikasi bo`yicha shu kungacha amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning natijalari tahlil qilindi; Macromedia Flash MX, 3D Studio Max, CorelDraw, AutoCad dasturlarida ishlash asoslari o`rganilib, ob’ektlarni hosil qilish metodlari bosqichma-bosqich 3D Studio Max dasturida amalga oshirilgan; Kompyuter grafikasi kursi asosida turli mavzular bo`yicha elektron ko`rgazmalardan namunalar multimediya ishlab chiqildi va tavsiyalar berildi. Foydalanuvchilar mustaqil bajarishlari uchun variant topshiriqlari ham berildi. Bitiruv ishida olingan natijalardan, qilingan xulosa va takliflardan institut talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari hamda o`qituvchilari foydalanishlari mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling