3–Mavzu: To‘q fonda qiyofachi portretini bir xil rangda ishlash (Grizayl) Mashg’ulot turi
Grizaylda portret ishlash metodikasi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
Grizaylda portret ishlash metodikasi Portret chizishni endi boshlagan talabalar uchun portret ranglavhasi
bajarish murakkab vazifalardan hisoblanadi. Ranglavha (fransuzcha yetude - o‘rganish; mehnat, naturadan bajarilgan ma’nosida) - bu rassom o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtiradigan, tasvirni jozibali, haqqoniy tasvirlash mashqi hisoblanadi. Natyurmort ishlash, manzara ishlash kabi o‘quv jarayonini bosqichlarga ajratish bilan bu muammolarning ham yechimini
topish mumkin: birinchi bosqich - kartinadagi tuslar nisbatini aniqlash va ishlov
berish, ya’ni
portretni “grizayl” texnikasida bajarish.
Inson
portretini grizayl
texnikasida chizishdan oldin, shu
texnikada
tajribali rassomlar tomonidan bajarilgan ishlarni ko‘rib chiqish foydadan holi bo‘lmaydi. Bu portretlarni kuzatar ekanmiz rassomlar yuz, kiyim, orqa fon, interer ko‘rinishlarida soya va yorug‘likni ifodalash uchun chiziqlar, har bir rang surtmalaridan qanday foydalanganligiga e’tibor berishimiz kerak. Asosiy e’tiborni chizilayotgan portretning qanday yoritilganligiga qaratish lozim. Yorug‘lik bosh shakli sirtini qiya holda yoki tik tushib yoritganda qiyofachi yuz tuzilishidagi asosiy rangning turli tuslanishlarini beradi. Yorug‘lik tushishi natijasida bosh yuzasidagi har bir bo‘rtib chiqqan, ichga botib kirgan shakllarda nafaqat tus balki rang jihatdan ham turli ko‘rinish hosil bo‘ladi. Asosiy vazifa yuzning yoritilgan va soyadagi qismidagi ranglardagi mutanosiblik, fon, kiyim rangi va tusi bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalash, undagi nozik tuslanishlarni tushunib yetish va yorqin, toza bo‘yoqlardan murakkab rang tuslanishlarni topishdan iborat. Qiyofachi portretini tasvirlashda yorug‘likning ahamiyatini tushunib yetish uchun grizayl texnikasida ranglavhalar bajarish juda muhim. Yuqorida ta’kidlaganimizdek grizayl – bu bir xil rang tuslanishlaridan foydalanilib ishlangan rangtasvir. Grizayldagi rangtasvirning maqsadi bosh shakli tuzilishini yorug‘-soya nisbatlari yordamida, tuslanishlarning yuzdagi eng och va eng to‘q qismlarda yoyilishini ifodalashni o‘rganish hisoblanadi. Bu vazifa bajarilgandan keyin rangda ishlashga o‘tiladi. Grizaylda ishlash ikki usulda bajarilishi mumkin: Bir xil rangda (jigarrang, oxra) akvarel usulida rangni yedirib borish; Oq va jigarrangda rang surtmalarini qo‘yib hajmga ishlov berib
borish (qizil, yashil kabi yorqin bo‘yoqlardan foydalanish yaramaydi)
Grizaylda ishlaganda ochdan eng to‘qqacha bo‘lgan tuslanishlar ko‘lamini ifodalash haqiqiy voqelikni idrok qilishimiz bilan hamohang bo‘lishi uchun to‘q rangdan foydalanishimiz kerak. Grizaylda portret ishlashda sovuq tusli bo‘yoqlardan (ko‘k, yashil) foydalanish tavsiya etilmaydi, iliq tusdagi (masalan: oq, jigarrang, umbra, oxra,) ranglarni ishlatish mumkin. Bu ranglarda mashhur ispan rassomi P. Rubens bo‘yoqlarning shaffoflik xususiyatlaridan foydalanib inson tanasi ranglarini mahorat bilan ifodalagan. Lekin juda ko‘p rassomlar qora va oq ranglar yordamida ham ajoyib portretlar ishlashgan. (J.Umarbekov, Korin) Ranglavhadagi och rang surtmalarining qo‘yilishiga alohida e’tibor berish zarur, oldingi plandagi och rang surtmasi (oq mato bo‘lagi, oq choynak, piyola va h.k.) orqa plandagi uzoqdagi boshqa oq
rangdagi narsalarga nisbatan eng
yorqin, oq bo‘lib ko‘rinadi. Ikkinchi va undan keyingi planlardagi oq dog‘lar
uzoqlashgan sari to‘qlashib, xiralashib boradi. Rangtasvir usullari va qonunlarini o‘rganish uchun 4-8 soatlik qisqa
muddatli ranglavhalar bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qisqa muddatli ranglavhalar ishlashdan maqsad naturada his qilgan shaklning qog‘oz yoki
matoda umumiy tus va rang holatini yechimini topish, “katta” shaklni topish, shaklning konstruktiv tuzilishi va plastikasining fon, qiyofachi kiyimi
rangi,
interer ko‘rinishi bilan bog‘liqligini topish. Katta hajmdagi ranglavha bajarishdan oldin bo‘lajak ranglavhaning tusda va rangdagi
mukammal yechimini, materialda och va to‘q rang surtmalarining muvozanat uyg‘unligini topish, ma’lum koloristik vazifani yechish uchun 5-10 ta mayda eskizlar bajarish mumkin. Eng
qiziqarli eskiz
katta hajmdagi
ranglavhaning asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Qiyofachi portretining
grizaylda eskizlarini bajarishda mo‘yqalam bilan erkin ishlash bilan birgalikda, bosh shakli, fon, soch, bosh kiyimi va tasvirlanayotgan
kiyimlardagi katta soya-yorug‘ va tus nisbatlari yechimini topib borish kerak. Grizayl ranglavhasi qiziqarli chiqishi uchun yorqin o‘ziga xos xususiyatli
yuz tuzilishiga ega bo‘lgan qiyofachini tanlash kerak. Bosh shaklining tuslar izchilligi aniq ko‘rinishga ega bo‘lishiga erishish uchun uni safit (maxsus
yoritgich) yordamida u yoki bu holatda yoritib qo‘yish ishning yanada jonliroq chiqishiga sabab bo‘ladi. fonga o‘rtacha tusga ega bo‘lgan silliq matodan
foydalanish kerak. Bu boshning och joylari – peshana, yonoq va h.k... to‘q fonda, boshning to‘q qismlari chegaralari esa nisbatan och fonda jozibaliroq ifodalanishi uchun zarur. Tasvirlash uchun qiyofachining qulay holati tanlangandan keyin ranglavha
uchun kerakli hajmdagi mato yoki karton tanlanadi. Undan keyin matoga qiyofachi portretini joylashtirish, kompozitsiya yechimini topish vazifasini
bajarish mumkin. Ranglavha uchun taxminan 40x60sm hajmdagi matoni tanlagan ma’qul. Qiyofachining bosh tasviri naturadagiga nisbatan sal
kichikroq o‘lchamda tasvirlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Grizayl” texnikasi (ikki rangda) – bu ikki rang bilan bosh shaklining yorug‘-soyasiga
rang berib ishlash bo‘lib, oq va jigarrang yoki oxra ranglar orasidagi turli rang tuslari ko‘lamidan foydalaniladi. Matodagi tasvirlanayotgan qiyofachi portreti sathda bir tomonga og‘ib qolmasdan yaxlit ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun och va to‘q rang surtmalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida qurilishi kerak. Grizayl ranglavhasida qiyofachi boshining konstruktiv qurilishi, perspektiv ko‘rinishini to‘g‘ri tasvirlash muhim ahamiyatga ega. Bosh nisbatlarini aniq topish va unda barcha qismlar (ko‘z qarashi, burun, lab, yonoq, iyak va h.k...)ning to‘g‘ri joylashtirilishi ham juda muhim. Ranglavha bajarishda qalamtasvirni o‘tkir archilangan qalamda bosmasdan nozik chiziqlarda katta shakllar hajmining konstruktiv tuzilishiga e’tibor bergan holda bajaring. Chizish uchun maxsus ko‘mir yoki yumshoq qalamda kompozitsiyani to‘g‘ri joylashtirib olgandan keyin mo‘yqalamda rangga o‘tishingiz mumkin. Ish jarayonida tez-tez naturadagi yorug‘ qismini soyadagilari bilan, och va to‘q qismlarini fon bilan solishtirgan holda eng
to‘q va eng och joylarini aniqlashtirib boring. Peshana, yonoq, burun, soch, kiyim, fondagi, yoritilgan qismdagi tutashib ketgan yorug‘-soya, fon uchun tus
och-to‘qligi, soya qismidagi tutashib ketgan tuslarni aniqlashtirib borish kerak bo‘ladi. Bosh qiyofasi hajmini soyadan, asta-sekin yarim soyalarga keyin och qismlarga ishlov berishdan boshlash kerak. Buning maqsadga muvofiqlik
tomoni shundaki, tasvirning soya qismidagi tuslar izchilligini topa borish bilan birga portretdagi katta hajmlar shakli tuzilishi yechimini ham hal
qilib boriladi. Ranglavha soya qismiga rang surtmalarini qo‘ya borib, fon tusini aniqlashga yordam beradigan soyaga tutashgan orqadagi fon qismlariga ham birdan ishlov
berib borib,
keyin yorug‘ qismiga tutash umumiy fonni ishlashga o‘tiladi. Bu rang surtmalarni to‘g‘ri qo‘yib borib shaklning
yorug‘likdagi hajmni chiqarib borishda yordam
beradi.
Birinchi bosqichda yuzning
soya qismini
aniqlashtirib borib,
bu
tuslarning kompozitsiyadagi boshqa bo‘laklar bilan o‘zaro bog‘liqligi, bosh tuzilishi va xususiyatlari ochib boriladi. Ishning ikkinchi bosqichida portretning umumiy shakli va bo‘laklarini aniqlashtirib boriladi. Lekin maydalab ishlashga berilib ketib ham bo‘lmaydi. Mayda bo‘laklar ranglavha holatinig umumiy tuslari bilan uyg‘unlashib ketishi kerak va bosh shaklining uzviy bo‘lagi sifatida ko‘rinishi lozim. Mayda bo‘lak bo‘shliqda o‘zining kerakli o‘rnini egallagandagina yaxshi ko‘rinadi, boshning boshqa bo‘laklari bilan uyg‘unlashib, yaxlit ko‘rinishga xalaqit bermaydi.
Masalan ko‘zni chizilar ekan qovoq atrofidagi chiziqlargacha chizib chiqish kerak emas. Ko‘z chuqurligidagi tusni to‘g‘ri olish kerak, rang surtmalari
yordamida ko‘z yarim sharining hajmi chiqariladi va ish oxirida mo‘yqalam ikki-uchta aniq rang surtmasi qo‘yish bilan ko‘z shaklini o‘z o‘rniga
joylashtirib qo‘yish mumkin. Bir ko‘zni chizilar ekan shu asnoda umumiy yuzdagi ikkinchi ko‘zni ham e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Boshning qolgan qismlari (burun, lab, yonoq, iyak, quloqa do‘ngligi va h.k...)ning tuslarini solishtirib, ular umumiy boshning bir bo‘lagi ekanligini tushunib yetgan holda ishlash kerak. Yaxlit ko‘rinishni nazardan
qochirmagan holda u yoki bu bo‘lakka ishlov berib boriladi. Shaklni yaxlit idrok qilish ko‘nikmasi - bu juda oson bajariladigan ish emas. Lekin bu eskiz va qisqa muddatli ranglavhalari bajarib borish jarayonida tinimsiz
shakllantirib borish lozim bo‘lgan eng muhim xususiyatlardan biri. Ranglavhadagi barcha mayda bo‘laklar, qiyofachi kiyimi va fon ishlangandan keyin
ularni umumlashtirish ishlari bajariladi. Grizaylda ishlashning
uchinchi bosqichi mana shundan iborat. Bu bochqichdagi vazifa – bo‘laklarga ishlash jarayonidagi xatolarni bartaraf etish, ranglavha kompozitsiyasiga
moslashmay bo‘rtib chiqib qolgan joylarni ochartirish, xiralashtirish yo‘li bilan umumlashtirish ishlarini bajarish hisoblanadi. Buning
uchun
qaerdadir bo‘yoqni olib tashlash, qaerdadir tusni xiralashtirish, qaerdadir shakl harakatini kuchaytirish uchun kerakli rang surtmalarini qo‘yish kerak bo‘ladi. Bitta rangda tasvirni hajmli qilib tasvirlashni o‘rganish uchun faqat o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida grizaylda ranglavhalar bajarish yetarli emas. Portretni grizayl texnikasida tasvirlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun darsdan tashqari paytda qo‘shimcha ikki uch marta bu mashqlarni bajarib ko‘rish kerak bo‘ladi.
Portret ishlash jarayonida inson xususiyatlarining cheksizligini o‘rganishga, insonning ma’naviy dunyosi boyligidan o‘zining zavq olish hissiyotini ifodalash xususiyatlari rivojlanib boradi. Inson portretini ishlash natyurmort ishlashga nisbatan jiddiy farq qilib, rassomda umuman boshqa tuyg‘ular uyg‘otuvchi insonning ruhiy, ma’naviy, ichki dunyosi aks etadigan ijodiy jarayon hisoblanadi. Portret ham natyurmort tasvirlashdag kabi qoidalarga rioya qilingan holda bajariladi.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling