3–Mavzu: To‘q fonda qiyofachi portretini bir xil rangda ishlash (Grizayl) Mashg’ulot turi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Grizayl
texnikasida portret ishlash bosqichlari Rassom uchun naturani yaxlit ko‘rishni o‘rganish juda muhim. Tasvir yaxlitligi - bu asar har xil bo‘laklarining bir biriga mutanosibligi, alohida bo‘laklarning umumiy shaklga bo‘ysunishi, shuningdek yaxlitlik kartina bajarilish usulining birligida namoyon bo‘ladi. - Agar har bir bo‘lak yonidagi boshqa
bo‘lak, boshning umumiy hajmi
bilan solishtirib borilmasdan o‘z – o‘zicha tasvirlansa, shaklning boshqa qismlari (yorug‘lik, soya, rang, tus, shakl, hajm nisbatlari) alohida o‘zaro uyg‘unlikni hisobga olmay tasvirlanar ekan - bu qiyofa umumiy hajmining buzilishiga olib keladi. Qalamtasvir singari ranglavhada ham tugallanganlik tasvirning maydalanib ishlanishida emas, balki natura go‘zalligini jozibador ifodalay olishda ko‘rinadi. Nazariy bilimlarni tinimsiz mehnat, chizishdagi shaxsiy tajriba orqali mustahkamlanib boriladi. Inson portretini ishlash san’ati aynan fotografik o‘xshashlikni maqsad qilmaydi. Portret ishlashda rassomdan qiyofachi obrazining ruhiy holatini bera olish, tomoshabinning diqqatini eng asosiy maqsadga, bu insonning o‘ziga
xos xususiyati, xarakteriga qaratish talab qilinadi. Portret ishlash
rang, tus,
yorug‘likda naturadagi ranglarning nozik tuslanish yorqinligini to‘g‘ri ifodalay olishni ta’minlaydigan bilimlar va rangtasvirdagi nisbatlar tizimini qo‘llay
olish mahoratiga tayanadi. Portretni tasvirlashdagi ko‘pplanlilikni, perspektiv qisqarishni ifodalash uchun
rangtasvirning har
xil jozibador vositalaridan foydalanish mumkin. Masalan: birinchi planda bo‘yoqni quyuq va qalin qilib berilgan rangdor faktura qiziqarliroq bo‘lsa, keyingi planlarga o‘tavergan
sari bo‘yoqlar suyuq holda beriladi, bu tasvirni kuzatishda tomoshabinga xiralashib borgan ranglarning yorqin ranglarga nisbatan uzoqlashib borayotgandek bir hissiyotni beradi.
Mo’yqalamlarni hech qachon suvga botirilgan holatda qoldirmang. Bu uning ezilib, qiyshayishi, uchliligining yo’qolishiga sabab bo’ladi. Nazorat savollari 1. Inson ko‘zi necha xil darajadagi tuslarni farqlash qobiliyatiga ega? 2. Rangtasvirda rang va shakl haqida nimalarni bilasiz? 3. Grizayl texnikasida yetuk asar yaratish mumkinmi? 4. «Grizayl» nima? 5. Grizaylda portret ishlashda qanday tusli
bo‘yoqlardan foydalanish mumkin? 6. Moybo‘yoq uchun qanday mo`yqalamlar ishlatiladi? 7. Portretni ishlashdan asosiy maqsad nima?
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling