4- amaliy. Matnli masala tushunchasi. Matnli masalalar turlari, matnli masalalar yechish jarayonini modellashtirish. Matnli masalalar yechish metodlari. Nostandart masalalar. Mantiqiy masalalar. Boshlan‘ich sinflardagi iqtisodiy va statistik
Download 18.54 Kb.
|
4- amaliy. Matnli masala tushunchasi. Matnli masalalar turlari, -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatga oid masalalar.
- Ishga oid masalalar.
Prosentga oid masalalar
1. Do'konga 96 t karam keltirildi. Agar karamning 80% i sotilgan bo'lsa, do'konda qancha karam qolgan. 2. Ikki sonning ayirmasi 33 ga teng. Agar shu sonlardan kattasining 30% i kichigining qismiga teng bo'lsa, shu sonlarni toping. 3. Ishchining oylik maoshi 350 so'm. Agar uning maoshi 30% ortsa, qancha maosh oladi? 4. Go'sht qaynatilganda o'z vaznining 40% ini yuqotadi. 6 kg qaynatilgan go'sht hosil qilish uchun qozonga necha kg go'sht solish kerak? 5. Magazinga keltirilgan tarvuzlarning 56% i birinchi kuni, qolgan 132 tasi ikkinchi kuni sotildi. Birinchi kuni qancha tarvuz sotilgan? 6. Ishchining ish normasini bajarishga ketadigan vaqti 20% ga qisqardi. Uning mehnat unumdorligi necha foiz ortgan? 7. 40 dan 32 necha prosentga kam? 8. Olxo'ri quritilganda 35% olxo'ri qoqisi hosil bo'ladi. 64 kg olxo'ri quritilsa, gancha olxo'ri qoqisi olinadi? 9. Ikki sonning ayirmasi 5 ga teng. Agar shu sonlardan kattasining 20% i kichigining siga teng bo'lsa, shu sonlarni toping. 10. Ikki sonning yig'indisi 24 ga teng. Agar shu sonlardan birining 85% ikkinchisining qismiga teng bo'lsa, shu sonlarni toping. Harakatga oid masalalar. 1. Passajir va yuk poezdi bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 275 km. Yuk poezdining tezligi 50 km/soat. Passajir poezdining tezligi yuk poezdining tezligidan 20% ortiq. Ular necha soatdan keyin uchrashadi? 2. Uzunligi 400 m bo'lgan poezd uzunligi 500 m bo'lgan tunneldan 30 s da o'tib ketdi. Poezdning tezligini toping. 3. Ikki shahardan bir-biriga qarab ikki turist yo'lga chiqdi. Birinchisi avtomashinada, tezligi 62 km/soat. Ikkinchisi avtobusda tezligi 48 km/soat. Agar ular 0, 6 soatdan keyin uchrashgan bo'lsa, shaharlar orasidagi masofani toping. 4. Poezdning uzunligi 800 m. Poezdning ustun yonidan 40 s da o'tib ketgani ma'lum bo'lsa, tezligini toping. Ishga oid masalalar. 1. Qadimiy masala. Meshdagi suv Anvarning o'ziga 20 kunga, ukasiga esa 60 kunga yetadi. Meshdagi suv ikkalasiga necha kunga yetadi? 2. Hovuzdagi suv ikki quvur orqali orqali chiqariladi. Birinchi quvur to'la hovuzni 30 minutda, ikkala quvur birgalikda uni 18 minutda bo'shatadi. Ikkinchi quvur to'la hovuzni necha minutda bo'shatadi? 3.Birinchi quvur hovuzni 2 soatda to'ldiradi, ikkinchisi esa uch marta tezroq. Ikkala quvur birgalikda hovuzni qancha vaqtda to'ldiradi? 4. Usta muayyan ishni 12 kunda, uning shogirdi esa 30 kunda bajaradi. Agar 3 ta usta va 5 ta shogird birga ishlasalar, o'sha ishni necha kunda bajarishadi? 5Muayyan ishni bajarishga bir ishchi 3 soat, ikkinchi ishchi esa 6 soat vaqt sarflaydi. Birinchi ishchi 1 soat ishlagandan keyin, unga ikkinchi ishchi qo'shildi. Ikkala ishchi birgalikda qolgan ishni necha soatda tugatishadi? 6. Bir ishchi buyurtmani 6 soatda, boshqasi esa 10 soatda bajaradi. Ular birgalikda 3 soat ishlaganlaridan keyin ishning qancha qismi bajarilmay qolgan bo'ladi? 7.12 ta ishchi ma'lum miqdordagi ishni 4 soatda bajaradi. Xuddi shu ishni 3 soatda bajarish uchun necha ishchi kerak? 8. Hovuzga uchta quvur o'tkazilgan bo'lib, birinchi va ikkinchi quvurlar birgalikda hovuzni 12 soatda, birinchi va uchinchi quvurlar birgalikda hovuzni 15 soatda, ikkinchi va uchunchi quvurlar birgalikda hovuzni 20 soatda to'ldiradi. Uchala quvur birgalikda ochilsa, hovuzni necha soatda to'ldiradi? 9.Ikkita ishchi birgalikda ishlab, ma'lum ishni 12 kunda tamomlaydi. Agar ishchilarning bittasi shu ishning yarmini bajargandan keyin, ikkinchi ishchi qolgan yarmini bajarsa, shu ishni 25 kunda tamomlashi mumkin. Ishchilardan biri boshqasiga qaraganda necha marta tez ishlaydi? 10. Eski traktor maydonni 6 soatda, yangisi esa 4 soatda haydaydi. Shu maydonni 3 ta eski va 2 ta yangi traktor qancha vaqtda haydaydi? 11. Mehnat unumdorligi bir xil bo'lgan 9 kishi ma'lum hajmdagi ishni 15 kunda tugatishdi. 12 kishi o'shancha mehnat unumdorligi bilan ishlasa, o'sha hajmdagi ishni necha kunda tugatishi mumkin? Download 18.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling