4- amaliy. Matnli masala tushunchasi. Matnli masalalar turlari, matnli masalalar yechish jarayonini modellashtirish. Matnli masalalar yechish metodlari. Nostandart masalalar. Mantiqiy masalalar. Boshlan‘ich sinflardagi iqtisodiy va statistik


Download 21.84 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi21.84 Kb.
#1160868
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-amaliy


4- amaliy. Matnli masala tushunchasi. Matnli masalalar turlari, matnli masalalar yechish jarayonini modellashtirish. Matnli masalalar yechish metodlari. Nostandart masalalar. Mantiqiy masalalar. Boshlan‘ich sinflardagi iqtisodiy va statistik masalalar.


Reja:
1. Matnli masala tushunchasi.
2. Matnli masalalar turlari, matnli masalalar yechish jarayonini modellashtirish.
3.Matnli masalalar yechish metodlari.
4 Nostandart masalalar. Mantikiy masalalar.
5.Daromat va buromatga doir masalalar.
6.Iqtisodiy masalalar.
7.Daromat va buromatga doir masalalar.

1.Matnli masala tushunchasi. Matnli masala biror-bir vaziyat (vaziyatlar)ning


tabiiy tildagi ifodasi (tavsifi) bо‘lib, unda bu vaziyatning biror-bir komponentasiga
miqdoriy xarakteritsika berish, uning komponentlari orasidagi ba’zi munosabatlar
bor-yo’qligini aniqlash yoki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi. Har qanday
matnli masala ikki qismdan: shartlar va talablar (savollar) dan iborat bо‘ladi. Shartda
obyektlar va berilgan obyektlarni xarakterlovchi ba’zi miqdorlar haqida, bu
obyektlarning ma’lum va noma’lum qiymatlari haqida, ular orasidagi munosabatlar
haqida ma’lumotlar beriladi.
Matnli masalalarni yechish usullari. Masalani yechish - bu masalada bevosita
yoki bilvosita mavjud bо‘lgan sonlar, miqdorlar, munosabatlar usida amallar va
operatsiyalarning mantiqiy tо‘g‘ri ketma-ketligi orqali masalalarning talabini bajarish
(uning savoliga javob berish) demakdir. Matematikada masalalarni yechishning
asosiy usullari sifatida arifmetik va algebraik usullar farq qilinadi. Arifmetik usulda
masalaning savoliga javob sonlar usida arifmetik amallar bajarish natijasida topiladi.
Ayni bir masalani yechishning turlicha arifmetik usullari berilganlar orasidagi,
berilganlar bilan noma’lumlar orasidagi, berilganlar bilan izlanuvchilar orasidagi
arifmetik amallarni tanlashda asos bо‘luchi munosabatlar bilan yoki amallarni
tanlashda bu munosabatlarni bajarishdagi ketma-ketliklar bilan farq qiladi. Algebraik
usulda masalaning savoliga javob tenglama, tengsizlik, tenglamalar (tengsizliklar)
sitsemasini tuzish va yechish natijasida topiladi. Harf (harflar) bilan belgilash uchun
noma’lum (noma’lumlarni) tanlashga, mulohazalar yuritish yo’llariga bog‘liq
ravishda ayni bir
masala bо‘yicha turlicha tenglamalar tuzish mumkin. Bunday holda bu masalaning
turlicha algebraik yechimlari haqida gapirish mumkin.
Masalalar yechisda ushbu malakalar tarkib topmog‘i lozim.
1 Masalani tinglab yoki о‘qib, uni mazmunini tushuna olish malakasi.
2 Masalani dastlabki tahlil qilish (ma’lumni noma’lumdan ajarata olish) malakasi.
Ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan
izlanayotganlar orasidagi bog‘lanishni ochish - bu eng muhim malakalardan biri,
bunday malakaga ega bо‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga о‘rganib
bо‘lmaydi.
3 Masalani qisqa yozish malakasi. Masala teksti ustida og‘zaki ishlagandan keyin
uning mazmunini matematik terminlar tiliga о‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi
matematik ifodasini belgilash kerak (chizmalar, sxemalar, jadvallar).
Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir
vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa
yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi
о‘quvchilar xotirasiga tayanch bо‘lib, son ma’lumotlarni tushunish va ajratish
2. Matnli masalalar turlari, matnli masalalar yechish jarayonini modellashtirish.

Masalalar yechish bosqichlari va yechishni tekshirish usullari


Matnli masalalarni arifmetik usulda yechish bu –murakkab faoliyat bо‘lib uning
mazmuni konkret maslaga ham, yechuvchining malakasiga ham bog‘liq. Shunday
bо‘lsada, unda bir necha bosqichni ajratish mumkin. 1 Masalaning mazmunini tushunib
yetish va tahlil qilish. 2 Masalaning yechish rejasini izlash va tuzish. 3 Yechish rejasini
bajarish. Masalaning talabini bajarish haqidagi xulosani ifodalash (masalaning savoliga
javob berish). 4 Yechimni tekshirish va agar xato bilsa, uni tuzatish. Masalaning
talabini bajarish yoki masalaning savoliga javob berish haqidagi uzil-kesil xulosani
ifodalash. Shuni ta’kidlash kerakki, masala yechishning konkret jarayonida aytib itilgan
bosqichlar qat’iy chegaraga ega emas va har doim ham birday tila bajarilmaydi.
Masalan, ba’zida masalani tushinib yetishning izidayoq yechuvchi berilgan masala unga
ma’lum kirinishdaligini va uni qanday yechishni bilishini payqashi mumkin. Bunday
holda yechishning izlash alohida bosqichlarga ajratilmaydi va datslabki uchta bosqichni
bajarishda har bir qadamni asoslash yechuvchini yechishni bajargandan keyingi
tekshirishdan qutqaradi. Biroq tо‘la, mantiqan tugallangan yechim albatta barcha
bosqichlarni о‘z ichiga oladi. Bochqichlardan har birini bajarishning mumkin bо‘lgan
usullarini bilish har qanday masalani yechish jarayonini tushunarli, maqsadga muvofiq
va demak, ancha muvaffaqiyat bilan bajarish imkonini beradi. Yechishning birinchi
bosqichining asosiy maqsadi yechuvchining masalada ifodalanuvchi butun vaziyatini
tushunishi, masalaning shartini, uning talabini yoki savolini matnda mavjud bо‘lgan
barcha termin va belgilar mazmumni tushunishidan iborat. Masalaning mazmunini
tushunib yetishda va masala yechimini izlash uchun asos yaratishda masala matnini
qayta ifodalash - vaziyatlarning berilgan ifodasini, barcha munosabatlami, bog‘lanish
va miqdoriy
xarakteritsikalarni saqlovchi, biroq ularni ancha oshkor tasvirlovchi boshqa ifodasi bilan
almashtirish katta yordam beradi. Bu vositadan matnni ma’noli qismlarga ajratish
maqsadlarida foydalanish ayniqsa samaralidir. Qayta ifodalashning yo’nalishlari
quyidagicha bо‘lishi mumkin: Masalani yechish rejasini izlash usullari va uni
bajarish. Arifmetik usullar bilan masalani yechish rejasini izlashning ancha kо‘p
tarqalgan usullaridan biri (berilgan yoki qayta ifodalangan) matn bо‘yicha masalani
tahlil qilishdir. Matn bо‘yicha masalani tahlil qilish masaladagi berilganlardan ham,

Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling