4- amaliy topshiriq


Download 29.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi29.5 Kb.
#251538
Bog'liq
ta'limda innovatsiya va integratsiya

4- amaliy topshiriq




  1. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha.

Bu tushuncha XX asrda paydo bo’ldi va 1940-1950-yillarda ,, ta’lim texnologiyasi ‘’ tarzida qo’llanilib, mazmunan o’quv jarayonida audio- visual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan.

V.P.Bespalkoning fikricha, ,, Pedagogik texnologiya – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir ‘’.

Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.




  1. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi.

Pedagogik texnologiya rivojlanishi 2 bosqichga bo’linadi.

1-bosqichda o’qituvchi o’z kuchiga, bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo’lyozma kitoblar yaratildi, lekin o’quvchi ularning mazmunini o’qituvchi faoliyati vositasida o’zlashtiradi.

2-bosqich, ya’ni qog’oz va o’quv kitoblari davri hali nihoyasiga yetkazilgani yo’q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o’qitishning barcha bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.


3.Pedagogik texnologiyalarning darajalari.
Pedagogik texnologiya ta’lim amaliyotida uchta darajada qo’llaniladi:

1.Umumiy pedagogik daraja. Umumiy pedagogik texnologiya o’quv- tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma’lum bir region, o’quv yurti tomonidan uzluksiz ta’lim tizimining muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy-nazariy asoslari, tamoyillari, amaliyotda qo’llashning umumiy xususiyatlari, shart-sharoitlarini ifodalaydi.



2.Xususiy metodik darajada pedagogik darajada pedagogik texnologiyaning muayyan bir predmet, kursni o’qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni , o’qitish vositalari, metodlari va shakllarining majmuasi tushuniladi.

3.Lokal ( modul ) darajada o’quv- tarbiya jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o’qitish vositalari, metodlari va shakllarining majmuasi tushuniladi
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling