4- amaliyot topshiriqlari
Kiritish-chiqarish modullari
Download 64.5 Kb.
|
4-Amaliyot
Kiritish-chiqarish modullari.
I/U modullari kiruvchi axborot uchun kanallar sonini, shuningdek, chiquvchi axborot va boshqaruv signallari uchun kanallar sonini ko'paytirish uchun masofaviy kirish tizimlarida qo'llaniladigan qurilmalardir. I/U modullari diskret va analogga bo'linadi. Diskret kirish modullari funktsional ravishda diskret signallarni qabul qilish va qayta ishlash va boshlash signali kelganidan keyin kelishilgan protokol bo'yicha umumiy tarmoq shinasiga uzatish uchun mo'ljallangan. Analog kirish modullari analog signallarni qabul qiladi va qayta ishlaydi, shuningdek ularni belgilangan protokol bo'yicha umumiy shinaga uzatadi. I/U modullari aloqa protokollaridan birini qo'llab-quvvatlaydi: DeviceNet, ModBus RTU. Kirish-chiqarish moduli va tarmoq boshqaruvchisi o'rtasida ma'lumotlar almashinuvi master-qul printsipi bo'yicha amalga oshiriladi. Bunday holda, kiritish / chiqish moduli tobe funktsiyalarni bajaradi. Modul protsessori barcha kanallarni so'rov qilib, ularning holatini aniqlagandan so'ng, ma'lumotni qabul qilish va uzatish uchun PLC dan boshlash signalini kutadi. Ba'zi tizimlarda almashinuv signali ma'lum bir kanal holatidagi o'zgarishlarni aniqlagan kirish moduli tomonidan boshlanishi mumkin. I/U moduli va PLC o'rtasida ma'lumotlar almashinuvi modulning ROM-da saqlangan yoki kalit tomonidan o'rnatilgan manzilga yoki modul o'rnatilgan uyaning raqamiga muvofiq amalga oshiriladi. Kompyuterga kiritish/chiqarish qurilmalarini ulashning eng oddiy usuli shina orqali ulanish bo’lib, u rasmda ko’rsatilgan. Shinaga ulangan barcha qurilmalar o’zaro axborot almasha oladilar. Odatda shinalar uchta to’plamli liniyadan iborat bo’ladi: adres, ma’lumot va komanda uzatish to’plamlari. Har bir kiritish/chiqarish qurilmasiga alohida adres to’plami ajratiladi. MP adres liniyasiga aniq adresni joylaganda, shu adresli qurilma boshqaruv liniyasidan kelayotgan komandaga javob beradi (uni bajaradi). Kiritish/chiqarish qurilmalari va xotira bitta adres muhitidan foydalangan xolda kiritish/chiqarishni tashkil qilinishi kiritish/chiqarishni xotirada akslanishi deyiladi. Kiritish/chiqarishni xotirada akslanishini ishlatganda xotiraga murojaat qiluvchi har qanday mashina komandasi kiritish/chiqarish qurilmalari bilan ma’lumot almashishda ishlatilishi mumkin. Masalan, DATAIN – kirish buferi adresi bo’lsa, Move DATAIN,R0 komandasi DATAIN dan ma’lumotlarni o’qiydi va R0 (R-nol) registrga joylashtiradi. Xuddi shuningdek, Move R0,DATAOUT komandasi R0 reghistrdagi ma’lumotlarni DATAOUT adresiga (bu displey, printer va/yoki boshqa qurilma bo’lishgi mumkin) uzatadi. Kiritish/chiqarishni xotirada akslanish texnologiyasi hamma kompyuter tizimlarida ishlatiladi. Ba’zi MP lar kiritish/chiqarish ni bajarish uchun maxsus In va Out komandalrini ishlatadilar. Masalan Intel protsessorlari maxsus kiritish/chiqarish komandalari va kiritish/chiqarish qurilmalari uchun alohida 16 razryadli adres maydoniga ega. Bu protsessor asosida kompyuter tizimini ishlab chiqishda qurilmalarni: 1) umumiy kiritish/chiqarish adres maydonidan foydalanadigan yoki 2) har birini adres maydonining bir qismi sifatida tizimga ulashi mumkin. Bunday, 2)-yondashuv dasturiy ta’minotni soddalashtirganligi sababli urfda keng qo’llaniladi. Bu yondashuvning ustunliklaridan biri qurilmalar kam sonli adres liniyalarini band qiladilar. Kiritish/chiqarishning alohida adres muhitiga egaligi, kiritish/chiqarish adres liniyalari xotiraning adres liniyalaridan alohidaligini bildirmaydi. MP dan uzatilgan signal kiritish/chiqarish tizimiga tegishli ekanligini shinadan uzatiluvchi maxsus signal aniqlaydi. Bu signalni olgan xotira uni inkor qiladi, kiritish/chiqarish qurilmalari esa shinadan kelgan adresning kichik razryadlarini analiz qilib, qaysi qurilmaga tegishliligini aniqlaydi. Qurilmani shinaga ulash uchun talab qilinadigan elementlar slaydda kelritilgan. Adres liniyasida paydo bo’lgan qurilma adresini qurilma dekoder (deshifrato) yordamida aniqlaydi. Qurilma va MP almashadigan ma’lumotlar ma’lumotlar registrida joylashadi. Holat registri esa kiritish/chiqarish qurilmasining ishlash holati haqidagi axborotni saqlaydi. Holat reishtri va ma’lumotlar registri ma’lumotlar shinasi bilan bog’lanadi va ularga adres beriladi. Adres deshifratori, holat va ma’lumot registrlari, boshqaruvchi sxemalar – hammasi qurilmaning ulanish sxemasi yoki interfeysini tashkil qiladi. Kiritish/chiqarish qurilmalarining ish tezligi MP ish tezligidan keskin farq qiladi. Misol uchun, foydalanuvchi klaviaturadan kiritadigan ketma-ket ikkita simvolning orasida o’tgan vaqt mobaynida MP millionlab amallarni bajaradi. Klaviaturadann simvolni o’qiydigan komanda faqatgina, komanda klaviatura interfeysining kirish buferida bo’lgandagina bajariladi. Klaviaturadan ma’lumot kiritganda registrning bir razryadida holat bayrog’i – SIN qo’shiladi. Klaviaturadan signal kiritilganda uning qiymati 1 teng, kiritilgan simvol MP tomonidan o’qilganda 0 ga teng. Shu tartibda, ya’ni SIN bayrog’ining holatini tekshirib, Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling