4- мa‘ruza: Yozma nazorat ishi turlari: diktant, bayon, esse va insho. Yozma ishlarni tekshirish va baholash mezonlari. Test nazorati


Download 110 Kb.
bet6/9
Sana06.11.2023
Hajmi110 Kb.
#1752333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4- МАЪРУЗА

Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
6. www. nutq. intal. Uz


Mavzu: Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi. Ona tili o‘quv xonasini jihozlash
REJA:

              1. Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi.

              2. Ona tili o‘quv xonasini jihozlash.

Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mazmuni. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari kirsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlardir.
To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyiriy, ammo uning mashg‘ulotlariga ishtirok etish majburiydir.
Ona tili to‘garagi 12-15 o‘quvchidan oshmasligi kerak. Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar ta’lim muassasasida parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi mumkin.
To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, “Til – dil kaliti”, “”zbek tili – davlat tili” va h.k.
O‘quvchilar to‘garakning maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi bilan tanishtiriladi. Mashg‘ulotlar 15 kunda bir marta o‘tkaziladi. Uning ishini rejalashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlari inobatga olinadi. Quyida to‘garak mashg‘ulotlaridan namuna keltiramiz:
5-sinflar uchun
Birinchi mashg‘ulot
To‘garakka nom qo‘yish. O‘quvchilrni to‘garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. “To‘garak bizga nima beradi?” mavzusida suhbat.
O‘quvchilardan til odobi, so‘zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so‘rash va mazmunini sharhlash.
Topshiriqlar:
Til odobi va so‘zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig‘ish va ularning ma’nolarini aniqlash.
To‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ularning ma’nolarini sharhlash.
To‘garak mashg‘uloti dars mashg‘ulotlarini takrorlamaydi, balki uni to‘ldiradi va takomillashtiradi. Dars tuzilishi va qurilishi jihatidan muayyan qoliplar asosida tashkil etilsa, to‘garak mashg‘ulotlarida bunday qat’iylik bo‘lmaydi. O‘quvchi to‘garak mashg‘ulotida darsda olgan bilimlariga tayangan holda hayotiy tajribalarini ishga soladi. Krossovordlar tuzish va yechish, insho tanlovi o‘tkazish, ma’lum bir she’riy asar yoki hikoyaning til xususiyatlari ustida ishlash singari ishlar to‘garak mashg‘ulotlarining qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi.
Sinfdan tshqari ishlar o‘quvchilarning ona tili faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etish vositasidir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari, uchrashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, so‘zlar olamiga sayohat, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, olimpiadalar, konferensiyalar, albom va devoriy gazeta chiqarish kabilarni kiritish mumkin.


Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling