4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida reja
Xotiradagi individual farqlar
Download 29.45 Kb.
|
4 mavzu
Xotiradagi individual farqlar.
Xotiraning individual xususiyatlari juda ran-barang bo‘lib ular ichidan xotira tiplarini aloxida kayd etib utish kerak. xotira tiplari avvalo erkin obrazli va suz mantik xotira tiplariga ajratiladi. Xotira jarayonlaridagi individual farklarii esda olib kolishning tezligida, aniqligida, mustaxkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Xotiraning sifatiga ko‘pincha faqat esga olib qolish tezligiga qarab baxo beradilar. Bunday fikr ayniqsa maktab o‘quvchilariga nisbatan kup tarkalgandir O‘quvchi tez yod olar ekan, demak uning xotirasi kuchli va ayniksa, sekin esda olib kolar ekan - xotirasi bo‘sh, ammo bunday qarash notugri faqat esda olib kolish tezligiga qarab, xotiraning kuchli kuchsizligiga qarab baxo berish yaramaydi. Xotiraning kuchli-kuchsiz bulishini biz xam esda qoldirish va xam esdan chikarib qo‘yishning tezlik darajasiga qarab bilamiz tez esga olib, sekin, bora-bora unitish kuchli xotiraning xarakterli xususiyati bo‘lsa, sekin esga olib qolish va tez esdan chiqarib qo‘yish kuchsiz xotira belgilaridandir. Xotiradagi individual farklar yana shunday xollarda namoyon bo‘ladiki bir xil odamlar obrazli materiallarni birmuncha samarali va mustaxkam esda olib koladilar, boshqa bir odamlar esa suz materiallarini yaxshi esda saklab koladilar, uchinchi bir toifa odamlarda esa ma’lum materialni esda olib kolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi, shunga muvofik ravishda, psixologiyada xotiraning kuyidagi tiplari farklanadi: ko‘rgazmali obrazli xotira, so‘z-abstrakt xotira va oraliq tipdagi xotira. Xotiraning bu tiplari odamlarning yuksak nerv faoliyatlaridagi birinchi va ikkinchi signal sistemasining o‘zaro munosabatiga ma’lum darajada bog‘liqdir. Hayot faktlarining tasdiqlashicha esda olib qolishda obrazlar yoki fikrlarning ustunlik qilishi, asosan, kishilarning hayot sharoitlari va faoliyatlari bilan belgilanadi. Hayot talablari odamlarning kasbiy faoliyatlari ozmi ko‘pmi xotira tiplari turining yorqinroq namoyon bulishiga sabab bo‘ladi. Odam xar turli ta’surootlarni esda olib qolayotganida qaysi analizatorning eng maxsuldorgigiga qarab, xotiraning ko‘rgazmali – obrazli tipii deferensiallanishadi. Shunga muvofik ravishda xotiraning harakat, ko‘rish, va eshitish tiplari farklanadi. Lekin xotiraning bu tiplari sof xolda siyrak uchraydi. Ko‘pincha xotiraning: ko‘rish - harakat, ko‘rish-eshitish, eshitish –harakat kabi aralash tiplari uchrab turadi. Odam o‘z xotirasining tegishli xususiyatlaridan xotira maxsuldorligini oshirish usuli sifatida foydalanadi. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling