4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja
Download 183.72 Kb.
|
4-MA\'R~1
Yuksak Hislar
Kishilik jamiyati bilan shayvonot olami o’rtasida psixologik tafovutlar yuksak Hislarda o’z ifodasini topadi. Yuksak Hislar ongli harakatlarni bajarishning ob'ektiv haroitlari, yo’nalishlari, mazmuni bilan uyg’unlashgan shaxs emosional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo’ladi va kechadi. Ko’plab kechirilayotgan emosiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda yaqqollashgan umumlashma Hislar yuksak Hislar deb ataladi. Ular o’z tarkibiga sodda tuzilgan Hislarni qamrab oladi, lekin oddiy Hislar yig’indisidan iborat emas, chunki yuksak Hislar mazmuni, sifati, shakli bilan aloshidalikka ega. Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog’liq javobgarlik Hissi har xil ma'noda kechiriladi; 1) tashvishlanish emosiyasi (bir tomondan, xursandlik, ikkinchi tomondan esa qo’rqish Hissi) sifatida; 2) o’z kuchiga, g’ayratiga, iftixoriga ishonch emosiyasi tariqasida; 3) vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g’azablanish emosiyasi sifatida; 4) hart-haroitlarni hisobga olishga nisbatan shubshalanish sifatida va hokazo. Tahlildan ko’rinib turibdiki, javobgarlik hissining moshiyati ularning oddiy yig’indisidan iborat emas, balki jamoa a'zolarining eshtiyojiga aylangan voqelikni anglashdir. Masalan, kitob o’qib lazzatlanish bilan kitobni o’qib tugatish shodlik hissini farqlamoq lozim. Psixologiya fanida yuksak Hislar quyidagi turlarga ajratiladi: 1) mehnat faoliyatini davomida kechiriladigan Hislar-praksik Hislar (yunoncha-praxis so’zidan olingan bo’lib, ish, faoliyat, yumush degan ma'noni anglatadi); 2) intellektual hislar (latincha intellectusgan so’zdan olingan bo’lib, tushunish, aql degan ma'noni bildiradi); 3) axloqiy hislar (latincha moratis so’zidan olingan bo’lib, axloqiylik degan ma'noni anglatadi); 4) estetik hislar (yunoncha aistesis degan so’zdan olingan bo’lib, Hissiy idrok, Hissiy degan ma'noni aks ettiradi). Praksiz hislar. Shaxsning amaliy shayotining istalgan tarmog’i, maqsadga muvofiq ongli faoliyati shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo’lishning muhim sohasiga aylanib qoladi. Download 183.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling