4- mavzu. Huquq nazariyasi,shakllari,sohalari. Huquqiy madaniyat,ong,bilim
Download 33.34 Kb.
|
2 5328284496968026575
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ob`yekt-huquqiy
Huquq manbai va uning turlari. Huquqni ob`yektiv ifodalash usullariga huquq manbai deyiladi.Huquq manbalarini 4ga bo`lish mumkin:
1) Huquqiy odat-uzoq davr mobaynida amalda bo`lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy deb tan olingan yurish-turish qoidasi; 2) Yuridik president-bu sud yoki ma`muriy organning yozma yoki og`zaki qarori, kelgusida barcha shunga o`xshash ishlarni ko`rib chiqish va hal qilishga asos bo`ladigan namuna, etalon, norma sifatida qabul qilinadi; 3) Normativ huquqiy hujjat – davlat vakolatli organlari tomonidan o`rnatiladigan yoki ma`qullanadigan huquqiy hujjat; 4) Normativ shartnoma-ikki yoki undan ortiq sub`yektlar o`rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarni o`rnatadigan, o`zgartiradigan yoki qiladigan bitim. Huquqiy odat va yuridik presedent bir qator xorijiy mamlakatlarning huquq tizimida katta ahamiyatga ega, lekin O`zbekistonning huquq tizimida qo`llanilmaydi. Sud presedenti Buyuk Britaniya, AQSH,Kanada, Avstriyada huquq manbai hisoblanadi. Bu mamlakatlarda sud hisobotlari chop etiladi. Huquq tizimi, tarmoqlari va institutlari. Huquq tizimi –turli-tuman, lekin o`zaro mustahkam aloqada bo`lgan yuridik normalar yig`indisidir. Huquq tarmog`i – ijtimoiy munosabatlar sohasini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat huquq tizimining yirik tarkibiy qismidir. Barcha tarmoqlari o`zining xususiyati bo`yicha ikki turga tasniflanadi: 1) moddiy huquq tarmog`i (ma`muriy, mehnat, fuqarolik, ekologik va h.k); 2) prosessual huquq tarmog`i. Unga davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan qo`llanadigan moddiy huquq normalaridan iborat qoidalar kiradi. Masalan: fuqarolik-prosessual, jinoyat-prosessual, xo`jalik-prosessual. Huquq instituti-tegishli huquq tarmog`iga kiruvchi jamiyat umummajburiy irodasining o`ziga xos tarzda yuridik normalarda aks etishi. Huquq instituti quyidagicha turlarga tasniflanadi: 1) Huquqni muhofaza qiluvchi; 2) Funksional (vazifaga ko`ra); 3) Umumiy . Huquqni muhofaza qilish institutlari qonuniylik, huquq-tartibot, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlashga qaratilgan yuridik normalardan iborat. Masalan, mehnat huquqidagi moddiy javobgarlik. Funksional institutlar huquqiy tasnifga ega bo`lgan tartiblar, qoidalarga oid masalalarni hal etishni tartibga soluvchi huquq normalarini o`z ichiga oladi. Masalan, fuqarolik prosessual kodeksining da`volarga oid ishlarni yuritish instituti, huquqning umumiy institutlari prinsiplari, umumiy qoidalarni mustahkamlovchi huquq normalaridan tashkil topgan. Masalan, fuqarolik kodeksining “Umumiy qoidalar” bo`limi. O`zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o`z ichiga oladi: 1) konstitusiyaviy huquq ; 2) ma`muriy huquq ; 3) fuqarolik huquqi ; 4) jinoyat huquqi; 5) yer huquqi; 6) agrar huquq; 7) mehnat huquqi; 8) ijtimoiy ta`minot huquqi; 9) ekologik huquq; 10)moliyaviy huquq; 11)fuqarolik-prosessual huquq; 12)jinoyat-prosessual huquq; 13)ho`jalik-prosessual huquq; 14)xalqaro huquq. Normativ huquqiy hujjatlarning turlari. Normativ-huquqiy hujjatlarning Davlatning qaysi organlari tomonidan qabul qilinganligiga hamda ularning yuridik kushiga qarab ajratiladi. 1.Qonun– umumxalq ovoz berishi orqali yoki mamlakatning oliy vakillik organi tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjat. Konstitutsiya-oliy yuridik kuchga egadir. 2.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.– Konstitutsiyaning 94-moddasiga asosan Prezident tomonidan chiqariladigan normativ – huquqiy hujjat. 3.Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari.-O`zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyatining oliy organi o`z vakolati doirasida chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlardir. 4.O`zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari va idoralarining buyruq va yo`riqnomalari – davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlari. 5.Qoraqalpog`iston Respublikasining normativ huquqiy hujjatlari. 6.Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari. Quyi organlar qabul qilgan qarorlari yuqori organlar qabul qilgan qarorlarga muvofiq kelishi kerak.Huquqiy munosabatlar va ularning tuzilishi. Huquq ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga huquqiy munosabatlar deyiladi.Huquqiy munosabatlar 3ta elementdan tashkil topadi: ob`yekt, sub`yekt va mazmun.Ob`yekt-huquqiy munosabat ishtirokchilarining sub`yektiv huquq va majburiyatlari.Sub`yekt-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya`ni huquq va majburiyat egalari. Mazmun-sub`yektlarning o`z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo`yicha huqiqiy harakatlari.Huquqiy munosabatlar sub`yektlari:1) jismoniy shaxslar; 2)yuridik shaxslar. Jismoniy shaxslar-ushbu davlat fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari, fuqaroligi yo`q shaxslar (apatridlar). Yuridik-shaxslar tashkilotlar,muassasalar, davlat organlari, davlat, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari. Huquqiy layoqat-huquqlarga ega bo`la olish va yuridik majburiyatlarni zimmaga olish qobiliyatidir. Muomala layoqati-o`z harakatlari asosida huquqlarni amalga oshirish va yuridik majburiyatlarni bajarish qobiliyatidir.
Download 33.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling