4- mavzu. Innovatsion menejmentda hujjatlashtirish, mualliflik huquqi, tijorat siri saqlanish sharoitlarini tashkil etish Reja


Ixtiro oboekti quyidagilardan iborat


Download 58.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi58.71 Kb.
#1274416
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu

Ixtiro oboekti quyidagilardan iborat:
• «qurilma»;
• «usul»;
• «modad»;
• «mikroorganizm shtammi»;
• o’simlik va hayvonlarning yangi hujayralari;
• avvaldan
ma’lum
qurilma,
usul,
modda
yoki
shtammni
butunlay boshqa maqsadlarda qo’llash (ishlatish).
Quyidagilar ixtiro deb tan olshshmaydi:
• ilmiy nazariyalar;
• xo’jalikni tashkil qilish usullari va uni boshqarish;
• shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
• aktsiya operatsiyalarni bajarish usullari;
• algoritmlar,
informatsion
dasturlar
(EXMlar
uchun);
• imorat, inshoot va xududlar loyihalari va planirovka sxemalari;
• estetik talablarni qondirishga qaratilgan va mahsulotlarning faqat tashqi
ko’rinishga tegishli takliflar;
• jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloq, printsiplariga oid yechimlar.
Oshkor qilinishi mamlakat havfsizligiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlarni
o’z ichiga olgan ixtirolar Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatilgan
tartibda maxfiylashtirilishi zarur.
Ixtironing muallifi deb o’zining ijodiy mehnati evaziga uni yaratgan fuqaro
tan olinadi. Agar ixtiro bir necha fuqarolarning birgalikdagi mehnati evaziga
yaratilgan bo’lsa, unda ular barchasi ham mualliflar deb hisoblanadilar.
SHerikchilik bilan yaratilgan ixtiroga berilgan huquqdan foydalanish tartibi ham
mualliflarning kelishuvi bilan aniqlanadi.
Ixtiro muallifi mualliflik huquqiga ega va bu huquq, uning butunlay shaxsiy
huquqi hisoblanadi. Ixtiroga mualliflik muhlatsiz himoya qilinadi va patent bilan
tasdiqlanadi. Ixtiroga berilgan patent Davlat patent idorasiga ariza tushgan kundan
boshlab 20 yil davomida yarokush hisoblanadi. Patent va ixtironi ishlatishga
bo’lgan huquq, shartnoma bilan boshqa fuqaroga yoki yuridik shaxsga berilishi
mumkin. SHartnoma patent idorasida ro’yhatga olinadi. Barcha shakldagi mulkga
asoslangan korxonalar istalgan yuqori idora yoki shaxsning maxsus ruxsatisiz
o’zining faoliyat doirasida yaratilgan ixtiro va ratsionalizatorlik takliflaridan, uni
qaerda va kim tomonidan yaratilganligidan qat’iy nazar foydalanishi mumkin.
Mahsulot yaratish yoki o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan va ishlab chiqarish
texnologiyasi yoki material tarkibi o’zgartirilishini ko’zda tutuvchi hamda korxona
(tarmoq) uchun yangi va foydali bo’lgan texnikaviy yechimlar hamda korxona
(tarmoq) uchun yangi, hamda mehnat, xom ashyo, yonilьi-energetik va boshqa
moddiy yoki moliyaviy resurslarning iqtisod qilinishini ta’minlovchi tashkiliy
qarorlar ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinadi.


6
Ratsionalizatorlik takliflari mualliflik shahodatnomasi bilan tasdiqlanadi.
Taklifning ratsiona-lizatorlik ekanini tasdiqlash uchun muallif korxona nomiga
o’zining u yerda ishlash va ishlamasligidan qat’iy nazar yozma ariza toppshradi.
Arizaga taklifni yoritib beruvchi tushuntirish xati, zarurat to’qilganda esa
chizmalar, sxemalar yoki eskizlar ilova qilinadi. Topshirilgan hujjatlarda berilgan
ma’lumotlar taklifning amaliyotga joriy qilinishi uchun yetarli bo’lishi kerak.
Ratsionalizatorlik taklifi mualliflari amaldagi qonunchilikka asosan mukofot
olish huquqiga ega. Bu mukofot taklif taqdim qilingan korxona tomonidan beriladi.
Bozor munosabatlari taraqqiy topgan sari nafaqat patent himoyasiga ega
bo’lgan, balki ular ichida favqulodda huquqga ega bo’lgan patent. Nou-xau bilan
himoya qilingan yangiliklar katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Nou-xau
(inglizcha know-hau — «qandayligini bilaman») — bu alohida bilim, tajriba,
texnik, texnologik tijorat, boshqaruv, moliyaviy va boshqa tavsifdagi malaka bo’lib
u tijorat qiymatiga ega va ishlab chiqarishda, mutaxassislik amaliyotida ishlatilishi
mumkin, ammo patent himoyasi bilan ta’minlanmagan, ularni birovga berish
uchun maxsus litsenziya shartnomasi va boshqa turdagi bitimlar tuzilganda alohida
ko’rsatib o’tiladi.
Bu texnologik jarayonlarning tartibi. Uslublari va o’lchamlari,
mikroelementlar, o’g’itlar, reaktivlar konstruktsiya qurilmalari xususiyatlari
haqidagi ma’lumotlar unsurlari (elementlari) bo’lib, ularni yaxshi bilib olmasdan
turib, yangi navlarni, hayvonlar nasllarini, texnik vositalarni, texnologiyalarni
ularning nusxalari, patent va bosib chiqarilgan ma’lumotlarga qarab ishlab chiqish
mumkin emas.
Nou-xauning belgilaridan biri uning konfidentsialligidir, ya’ni ushbu
bilimlarni to’la hajmda faqat uning egasi biladi, xolos.
Ushbu axborotning ba’zi bir elementlari har xil manbalarda bo’lishi mumkin.
Barcha ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, qo’llash mashaqqatli va uzoq vaqt
hamda mablag’ talab qiladiki, uni bevosita egasidan olish sezilarli iqtisodiy yoki
boshqa samara beradi.
SHuning uchun nou-xauni sotib oluvchi o’zining raqobatchilari oldida
ma’lum ustunlikga ega bo’ladi va buning uchun u nou-xau egasiga bitimda ko’zda
tutilgan mukofotni to’laydi.
Tijorat amaliyotida nou-xau xuddi ixtiroga beriladigan patent, sanoat
nusxalari, tovar belgilariga berilgan shahodatnoma, ratsionalizatorlik taklifiga
beriladigan mualliflik huquqi kabi korxonaning yoki xususiy shaxsning mulki
hisoblanadi. Uni boshqa shaxslarga berish litsenziya shartnomasi asosida patentdan
alohida qarov va montajni talab qiladigan buyumlardan foydalanish huquqi bilan
birgalikda berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Litsenziya shartnomasida bir necha patentlarning ular bilan bog’liq bo’lgan
nou-xau bilan birgalikda (kompleks ‘olida) berish ko’zda tutilishi, litsenziyalangan
mahsulotni erkin eksport qilish, uni qisman va to’la tasdiqlash to’g’risida
kelishilishi mumkin.
Nou-xauni ruhsat olmasdan ishlatilishdagi javobgarlik uni olgan shaxsning
nopokligi isbot etilgan sharoitda yoki litsenziatlar tomonidan maxfiylik shartini


7
bilmasdan buzgan ‘ollarda yuzaga keladi.

Download 58.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling