4- mavzu. Innovatsion menejmentda hujjatlashtirish, mualliflik huquqi, tijorat siri saqlanish sharoitlarini tashkil etish Reja


Download 58.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi58.71 Kb.
#1274416
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu



4- mavzu. Innovatsion menejmentda hujjatlashtirish, mualliflik huquqi,
tijorat siri saqlanish sharoitlarini tashkil etish
Reja
1. Tijorat siri qonun-qoidalari, baholanish mezonlari va ma’nosi.
2. Tijorat sirini muhofaza qilish va raqobatchilar tug’risidagi ma’lumotni
qonuniy ravishda olish usullari.
3. Ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari mualliflik huquqini himoyalash.
4. Nou-xau.
Bozor iqtisodiyotida axborot tovar hisoblanadi. Uni olish, saqlash, birovga
yetkazish va ishlatish tovar-pul munosabatlari qonunlariga bo’ysunishi kerak. Har
bir mulk egasi o’z manfaati va tijorat sirini saqlash va himoya qilish huquqiga ega.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tijorat siri bu — davlat siri bo’lmagan
ma’lumotlar bo’lib, u ishlab chiqarish, texnologiya, axborot, boshqaruv, moliyaviy,
tashqi iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va boshqa faoliyatlar bilan borliq va ruxsatsiz
oshkor qilinishi va ishlatilishi korxonaning yoki tadbirkorlarning manfaatiga zarar
keltirishi mumkin bo’lgan ma’lumotlardir.
Tijorat siriga ega bo’lish huquqi tadbirkor va (yoki) korxonaning iqtisodiy
hayotiga davlat aralashuvining cheklanishi, boshqa bozor munosabatlari sub’ektlari
bilan bo’ladigan o’zaro aloqalarida ular manfaatining davlat tomonidan himoya
qilinishi demakdir.
Tijorat sirining davlat va harbiy sirlardan farqi shundaki, u aniq xo’jalik
yurituvchi sub’ektning mulkidir.
Uning asosiy vazifasi ishbilarmon yoki korxona uchun raqobat kurashida iqtisodiy
ustuvorlikni ta’min etishdir.
Tijorat siri bo’lib hisoblangan ma’lumotlarning tarkibi va hajmi hamda
ularni himoya qilish tartibi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan
belgilanadi.
Tadbirkorlar yoki korxonaning tijorat siri hisoblangan faoliyat turlari
hukumat tomonidan aniqlanadi.
U yoki bu axborotni tijorat siri darajasiga ko’tarishda ikkita holni hisobga
olish zarur:
Birinchidan — amaliyotda, tijorat sirini saqlash niqobi ostida, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar turli suiste’mol qilish, hujjatsizlik oqibatlarini va boshqa
qonunbuzarliklar tug’risidagi hujjatlar va ma’lumotlarni oshkor qilmasliklari ham
mumkin. Bunday holni bartaraf etish uchun tadbirkorlik sub’ektlari va ularni
nazorat qiluvchi idoralar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish bo’yicha
umumdavlat darajasida maxsus boshqaruv — nazorat tizimini bunyod etish zarur.
Ikkinchidan — bozor munosabatlariga o’tilgan sari korxonalar uchun
axborotlarni sir saqlash iqtisodiy nuqtai –nazardan maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
U, ko’proq, ma’lum narhdagi iste’molchi talabiga ega bo’lgan bozor bop tovar
sifatida namoyon bo’ladi. Tasodif emaski, ba’zi bir sanoati taraqqiy topgan


2
davlatlarda yalpi milliy daromadning yarmiga yaqini turli xil axborotlarni ishlab
chiqarish, tarqatish va qayta ishlash bilan bog’liq. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning tijorat siri hisoblanuvchi va saqlanishi kerak bo’lgan ma’lumotlari
quyidagi baholash mezonlariga to’g’ri kelishi kerak:
– ulardan ochiqdan-ochiq foydalanish korxonaga ziyon keltirish bilan bog’liq;

ular
qonun
asosida
hammaga
ma’lum
yoki
hamma
foydalanishi mumkin bo’lgan ma’lumot bo’lib hisoblanmaydi;

korxonalar
iqtisodiy
va
boshqa
samarani
ko’zda
tutgan
holda
ularning
konfidentsialligini
saqlash
chora-tadbirlarini amalga oshirishi mumkin;
– ushbu ma’lumotlar himoyalanishga muhtoj, chunki ular davlat siri
hisoblanmaydilar, mualliflik yoki patent huquqi bilan himoyalanmaganlar;
– ushbu ma’lumotlarning oshkor qilinishi davlatga zarar yetkazmaydi. Kichik
biznesda tijorat axborotiga quyidagilar kiradi: firmalarning savdo – sotiq
munosabatlari; mablag’lar o’lchami va aylanishi; sotish bozorining a’voli;
mahsulot beruvchi va oluvchilar orasidagi bank; patentlar mazmuni; kapital tarkibi;
investitsiya - rejalari va shartnomalari; tovar narhlari va kutilgan daromad o’lchami;
ishlab chiqarish hajmi.
Tijorat axborotining umumiy hajmi ikkita blokka ajratiladi. Ulardan biri
ilmiy-texnikaviy va texnologiyaga oid axborotlarni, ya’ni, mashina va dastgohlar
konstruktsiyasi, ishlatiladigan materiallar; ishlab chiqarish usul va uslublari;
dizayn; EXMni dasturiy ta’minlash haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Tijorat axborotlarining ikkinchisi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
korxonaning moliyasi (moliyaviy hisobot, mijozlar bilan bo’ladigan hisob-
kitobining aholi, qarzdorlik, kreditlar, to’lov qobiliyati, daromad, mahsulot
tannarhi va boshqalar); ishlab chiqarishni rivojlantirishning strategik va taktik
rejalari, shu jumladan, yangi texnologiya, ixtiro va NOU-XAU ishlatish bilan
bog’liq rejalar; mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi rejasi (marketing rejasi,
savdo operatsiyalarining tavsifi va hajmi, narh-navo darajasi, ombor zahiralari);
o’z mahsulotining raqobat-bardoshligini (tahlil kilish), eksport va import
samarasini, bozorga mahsulot chiqarishining taxminiy muddati; reklama faoliyati
rejasi; savdo va boshqa mijozlar, dallollar, raqobatchilar ro’yhatlari, ular bilan
bo’ladigan munosabatlar haqidagi ma’lumotlar, ularning moliyaviy ahvoli,
shartnoma shartlari; boshqaruvni tashkil qilish usuli; korxona xodimlari xurmat-
e’tibori tavsifini baholash, mehnatini tashkil qilish tizimi va boshqalar.
Har bir holatda u yoki bu axborotni tijorat siri qatoriga kiritishning qanchalik
maqsadga muvofiqligini baholash uchun korxonaning malakali mutaxassislaridan
maxsus hay’at tuzish talab etiladi. Ba’zi bir hollarda, boshqa tashkilotlardan
shartnoma asosida ekspertlarni taklif etishga turli kelishi mumkin. Bunda
hay’atning har bir taklifi bo’yicha aniq tahlil o’tkaziladi va texnik-iqtisodiy
jihatdan asoslanadi.
Tijorat sirini o’z ichiga olgan barcha hujjatlar bo’yicha axborotlarning
sirlilik darajasiga qarab taqsimlovchi belgilar tizimi ishlab chiqiladi. Masalan,
tarqalishi korxonani bankrotlikka olib keluvchi alohida muhim ma’lumotlardan to


3
ochiq ma’lumotgacha bo’lgan axborotlarni (quyidagicha) aranjirovka qilish zanjirli
(taqsimlash) tizimi yo’lga qo’yilishi mumkin (alohida muhim (AM) yoki alohida
konfidentsial (AK), jiddiy konfidentsial (JK), oshkor qilish mumkin emas (O),
ochiq axborot (OA) va boshqalar.
SHundan so’ng, ishlovchilarga bu kabi hujjatlar bilan ishlash qoidalarini
ishlab chiqish yo’lga qo’yiladi.
Har qanday korxonada tijorat sirini himoya qilish tizimini yaratishda
quyidagi ishlarni tug’ri tashkil etish kerak bo’ladi:
— materiallar tayyor mahsulotlar va ayniqsa, tajriba nusxalarining ba’zi bir
turlarini hisobga olish va himoyalash;
–– tijorat siriga ega bo’lgan hujjatlarni yuritish hisobga olish, saqlash,
ishlatish va yo’q qilish qoidalari);
––
nusxa
ko’chiruvchi
va
hujjatlarni
ko’paytiruvchi
vositalarni nazorat qilish;
––
aloqa
vositalari
va
hisoblash
mashinalaridagi
tijorat sirini himoya qilish;
–– konfidentsial axborotlarni uzatishda aloqaning ochiq kanallaridan
foydalanish tartibi;
–– asosiy imorat va inshootlarni, korxonaning hududini, ayniqsa uni himoya
qilish;
–– begona shaxslarning ushbu korxonaga kelib ketishini nazorat qilish.
Sanoat josusligining taraqqiyoti bilan bir vaqtda ishbilarmonlarning tijorat
sirini himoya qilishning vositalari ham to’xtovsiz takomillashmoqda. Masalan,
sanoati taraqqiy topgan davlatlarda xizmat xonalariga kirishni himoya qilishning
maxsus texnik vositalarini ishlab chiqirish ko’paymoqda. SHu bilan birga, ilg’or
yangiliklar, jumladan kodlashtirilgan kartochkalar tizimi, biometrik tizim
ishlatilmoqda. Ulardan biometrik tizim ovoz, imzo, barmoq izlari, ko’zning qon
tomir yo’llari va boshqalarga qarab ta’sirlanadi.
Konfidentsial axborotlarni himoya qilish uchun firma noqonuniy hatti-
harakatlarning oldini olish mexanizmini yaratishi, ya’ni, signal berish
(signalizatsiya) tizimi, sirli hujjatlarni saqlash joylarini blokirovka qilish (alohida
qilib ajratish) vositalari (maxsus xona, metall seyf) bilan ta’minlash,
komppyuterlarni parol va shifrlar bilan himoya qilish kerak (parolь axborotga
yaqinlashishni cheklaydi, shifr esa — nusxa ko’chirganda ham, undan foydalanish
imkonidan ma’lum qiladi).
Konfidentsial axborotni davlat organlari orqali oqib chiqishini bartaraf etish
uchun tadbirkor quyidagilarni bilishi lozim:
– firmalarning tijorat siri tushunchasi davlat idoralari (soliq, moliya,o’t
o’chiruvchilar,sanitariya, inspektsiyasi, militsiya, santexnik xizmati va boshqalar)
huquqlari bilan qanday munosabatda bo’lishi;
– advokat, ekspert va maslahatchilar qachon va qanday taklif qilinishi va
ularning
qanday shakllarda konfidentsial axborot berishda ishtirok etish
imkoniyatlari borligi;
–– xizmat lavozimidagi shaxslar, huquqni himoya qiluvchi idoralar va davlat


4
xizmatchilarining ustidan, ularning huquqiga qarshi bo’lgan harakatlari va buning
evaziga firmaga keltirilgan zararni qoplashning tartib-qoidalari va boshqalar.
SHuni ta’kidlash kerak-ki, korxonaning tijorat sirini bilish raqobatchi va
boshqa qiziquvchi shaxs tomonidan hamma vaqt ham faqat huquqiga qarshi usullar
bilan amalga oshirilavermaydi. Dunyoda zaruriy va konfidentsial axborotlarni
ochiq huquqiy usullar bilan olishning yaxshi yo’lga qo’yilgan mexanizmi ham
mavjud. Bu ochiq nashrga va efirga tushib to’rgan axborotni tahlil qilishdir. Ular
ichida keng tarqalgan va sodda usullarga quyidagilar kiradi:
— tadbirkorning ochiq matbuotdagi maqolalari, korxona xizmatchilarining
turli xil konferentsiyalarda, seminarlardagi nutqlari, har xil yarmarka va
ko’rgazmalardagi eksponatlari, tovar va fond birjalaridagi savdolari natijalari
haqidagi ma’lumotlar, bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi eolonlar va bo’sh
lavozimlarga konkurslar eolon qilish to’g’risidagi ma’lumotlari va boshqalar.
Rivojlangan mamlakatlarda bu usullarga katta e’tibor qaratiladi. Korxona
rahbarlari ishlab chiqarish malakasiga tegishli axborotlarni to’plash va uni tahlil
etish uchun maxsus xizmat idoralarini yoki maxsus odamlarni jalb etadilar yoki
shunday xizmatlar tashkil qiladilar. Bu xizmat faoliyati uchun katta mablag’lar
sarflanadi, ammo ular o’zlarining korxona uchun qimmatbaho bo’lgan ixtirolariga
qilinadigan sarf-hara-jatlarni kamaytirish evaziga tezda o’zini-o’zi oqlaydi. Misol
uchun, Yaponiya davlati shu kabi usullar bilan axborot to’plab 20 yil davomida
eng yuqori sifatga ega bo’lgan ishlab chiqarishini bunyod etdilar.
Xorijda, masalan, AQSHda ba’zi bir davlat idoralari o’z mijozlariga, ba’zi
bir, ularni qiziqtirgan, korxona va tashkilotlar to’g’risida turli tijorat axborotlarini
yetkazish bo’yicha vositachilik xizmat ko’rsatadi. Korxona uchun tijorat siri
hisoblangan ma’lumotlar qiziquvchi shaxslarga, korxonalarga shartnoma
(litsenziya) asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy bitimlar tuzilganda taqdim
qilinadi.
Davlatimizning qonun hujjatlariga binoan huquqiy himoya ixtirolarga, agar
u yangi ixtirochilik darajasiga ega va sanoatda ishlatilishi mumkin bo’lsa beriladi.
Ixtiro, yangi deb, agar u ariza berilgan kungacha, uning va shunga o’xshash
qarorning mohiyati mamlakat yoki xorijda ochilmagan bo’lsa tan olinadi.
Yangilik dunyo miqyosida yangi va absolyut bo’lishi kerak, ya’ni ixtirolar
hozirda ma’lum bo’lgan texnikaviy darajaning bir qismi bo’lmasligi kerak. Bu
barcha turdagi ochiq va yashirin ma’lumotlar asosida solishtirish yo’li bilan
aniqlanadi. Ixtironing ixtirolik darajasi uning mavhum emasligi bilan belgilanadi.
Mutaxassis uchun u, mantiqan, amaldagi texnika va bilim darajasidan kelib
chiqmaydi, balki, mavjud ma’lumotlarning eng yuqori darajasiga nisbatan yangi va
ijobiy samara beradigan bo’lishi kerak.
Sanoatda, qishloq, xo’jaligida, sog’liqni saqlash va boshqa sohalar hamda
faoliyat turlarida tayyorlanishi va ishlatilishi mumkin bo’lgan ixtirolar ishlab
chiqarishda qo’llanishi mumkin, deb tan olinadi.
Sanoatda «qo’llash» deb tan olinadigan yechim agar u biror soha tarmoьiga
tegishli bo’lib, berilgan yechimga asosan u butunlay boshqa maqsadlarda ushbu
yoki boshqa soha tarmoqlarida, butunlay boshqa ijobiy samaraga erishish orqali


5
amalga oshgan bo’lsa, u ixtiro deb tan olinadi.

Download 58.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling