4- mavzu: kompyuterning periferiya qurilmalari va yordamchi texnik vositalari kiritish va chiqarish qurilmalari reja


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana08.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#251080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Lecture 4

Saqlash  qurilmalari.

 Bu  qurilmalar  ma’lumotlarni  saqlash  uchun  ishlatiladi.  Vinchester  kompyuter 

ichida  joylashgani  va  asosiy  qurilmasi  bo‘lgani  uchun  periferik  qurilmaga  kirmaydi.  Bu  guruhga 

quyidagilar misol bo‘la oladi: qo‘shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar, 

disk massivlari,… 

Tarmoq qurilmalari.

 Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq topologiyalariga qarab bu 

qurilmalar tanlanadi. Misol qilibtashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,..

 

Printerlar  –  kompyuterdagi  ma’lumotni  bosmaga  chiqarish  qurilmasi  bo`lib,  ASCII  –  kodidagi 



bitlar ketma – ketligini ularga mos keluvchi grafik simvollarga aylantiradi va bu simvollarni qog`ozda aks 

ettiradi.    

Printerlar  shaxsiy  kompyuter  tashqi  qurilmalari  ichida  rivojlangan  qurilmalardan  bo`lib,  1000  ga 

yaqin xar xil rusumlari mavjud. Printerlar quyidagi ko`rsatkichlar bilan farqlanadi: 

  rangiga qarab (oq – qora va rangli); 

  simvollarni shakllantirish usuliga qarab (belgilarni bosmaga chiqaruvchi va belgilarni sintezlovchi); 

  ishlash prinsipiga qarab (ignali, oqimli, lazerli va termik); 

  belgilarni bosish usuliga (zarbli, zarbsiz) va satrlarni shakllantirishga  qarab (ketma - ket, parallel); 

  karetkaning kengligiga qarab (keng 375 - 450 mm va tor 250 mm karetkali); 

  bosma satrining uzunligiga qarab (80 va 132-136 simvolli); 

  simvollar to`plamiga qarab (ASCII simvol to`plami to`liq bo`lguncha); 

  bosmaga chiqarish tezligiga qarab ; 

  ruxsat berish qobiliyatiga qarab.  

Printerlarning  bosmaga  chiqarish  jarayoni  simvolli,  satrli  va  saxifali  bo`lishi  mumkin.  Bosmaga 

chiqarish  tezligi  10  –  300  belgi  dan  (zarbli  printerlar)  500  –  1000  belgi  gacha  va  bir  minutda  bir  necha 

o`nlik (20 tagacha) saxifagacha (zarbsiz lazer printerlar); ruxsat berish qobiliyati 1 mm da 3 – 5 nuqtadan 

30 – 40 nuqtagacha (lazer printerlar) bo`lishi mumkin. 

Printerlar ikki xil rejimda ishlaydi—  matnli va grafik: 

  matnli  rejimda  printerga  simvol  kodlari,  ya’ni  printerning  belgi  generatoridan  olingan  simvolning 

konturlari yuboriladi; 

  grafikli  rejimda  printerga  tasvirdagi  nuqtalarning  joylashuvi  ketma  –  ketligini  aniqlovchi  kodlar 

yuboriladi.   

Matnlarni bosmaga chiqarishning quyidagi turli xil sifatga ega bo`lgan holatlari mavjud:  

  qora bosma rejimi (Draft); 

  tipografik bosmaga yaqin rejim (NLQ — Near Letter Quality);  

  tipografik bosma sifatli rejim (LQ — Letter Quality);  

  yuqori sifatli rejim (SLQ — Super Letter Quality). 

Printerlar matnli rejimda bir necha xil shrift ko`rinishini ishlatadi. Bulardan keng qo`llaniladigani 



roman  (yozuv  mashinasining  mayda  shrifti),  italic  (kursiv),  bold  –  face  (polujirno’y),  expanded 

(rastyanuto’y), elite (polusjato’y), condenced (sjato’y), pica (to`g`ri shrift — sitsero), courier (kurer), san 

serif (yorilgan shrift senserif), serif (serif), prestige elite (prestij-elita).   

Printerning asosiy ko`rsatkichlarini ko`rib chiqamiz: 

1.ruxsat berish qobiliyati ko`pincha bir dyuymda joylashgan oddiy nuqtalar (dots) soni — dpi — dots 

per inch (inch — bir dyuym taxminan  2,54 sm teng) bilan o`lchanadi. Masalan, 1440 dpi qog`ozning bir 

dyuym  uzunligida  1440  ta  nuqta  joylashganini  bildiradi.  Ruxsat  berish  qobiliyati  soni  qanchalik  yuqori 

bo`lsa, tasvirning sifati shunchalik yuqori bo`ladi. Bu bilan birga bosmaga chiqarish vaqti ham ko`payadi 

(lazer printerlar bundan istisno).  

2.Bosmaga  chiqarish  tezligining  birligi  sifatida  bir  sekund  ichidagi  simvollar  soni  kattaligi  —  cps 

(characters  per  second),  saxifali  bosmaga  chiqarishda  esa  bir  minut  ichidagi  saxifalar  soni  —  rrt  (pages 

per minute). 

Printerlarning quyidagi turlari mavjud: 

1.  Ignali printerlar – bu printerlar ichida eng qadimgisi bo`lib, uning mexanizmi 1964 yil Seiko Epson 

kompaniyasi tomonidan kashf qilingan. 

2.  Oqimli printerlar – IBM kompaniyasi tomonidan 1976 yil ishlab chiqarilgan. 




 

3.  Lazerli  printerlar  –  Hewlett-Packard va     Canon   firmalarining  hamkorligida  1980  yillar  boshida   HP 



LaserJet rusumidagi printerlar ishlab chiqildi.  

 


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling