4- mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda Xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanishning ahamiyati. Reja


Download 385.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana24.01.2023
Hajmi385.73 Kb.
#1116944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4- mavzu Xalq pedagogikasi

Urf-odat - kishilaming kundalikdagi turmushiga singib ketgan, ma’lum 
muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan 
ko‘nikma va xu!q-atvor qoidalaridir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom 
berishi, mehmonlarni alohida hurmat bilan izzatlash va h.k. 
Marosim - ko‘pincha an'ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo‘lib, inson 
hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan hayotiy tadbirlardir. 
An’ananing tarkibiy bo‘lagi odat, odatning muhim bir qismi marosim bo‘lib, 
odat kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lsa, marosim inson hayotidagi muhim 
hodisalar sodir bo‘Iganda vujudga keladi. Masalan, yoshlar voyaga yetganda 
uylanishi va turmushga chiqishi an’ana bo‘lsa, ma’lum tartibga ega bo‘lgan nikoh 
to‘yi urf-odat hisoblanadi. Bu to‘yda nikohdan o‘tish, uzuk taqish kabi marosimlar 
o‘tkaziladi. Yuqoridagi an’ana, urf-odat, marosimlar birgalikda kelin- kuyov, 
qarindoshlar 
va 
do‘stlari 
uchun 
bayramga 
aylanishi 
mumkin. 
Yosh 
mutaxassislaming o‘qishni bitirib, ishga joylashishi odat bo‘lsa, bunga bag‘ishlab 
tashkil qilingan an’anaviy tadbirlar marosimga aylanadi. Barkamol shaxs tarbiyasida 
milliy 
qadriyatlar, 
urf-odatlar, 
udumlar va an’analarning pedagogik 
imkoniyatlaridan foydalanish samarali natijalarga olib keladi. Masalan, xalqimizda 
salomlashish va hol-ahvol so‘rash har bir kishining aqli, odobi, zakovati, madaniylik 
darajasini ham ko‘rsatadi. Salomlashish tarbiyasi borasida qator hadis- lar, o‘gitlar, 
pandnomalar mavjud. Masalan, ot mingan kishining piyo- daga, ozchilikning 
ko‘pchilikka, tashqaridan kelgan kishi ichkarida- gilarga, kichik yoshdagilarning 
kattalarga salom berishi odat tusiga aylangan. Muomalaning asosi bo‘lgan 
salomlashish xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida o‘z aksini topgan. «Gar 
saloming bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutardim»,- deb yovuz kuchlar ertak va doston 
qahramonlariga yordam bergan, manmanlik bilan salom benshni unutganlar esa 
jazoga giriftor bo‘lgan. «Odobingni salomingdan bilurlar» maqolida salom 

Download 385.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling