4- mavzu. Matematik modelning strukturasi va tashkil etuvchilari. Bilimlar modellari. Reja
Obyektning matematik tavsifini tuzish
Download 278.84 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu. Matematik modelning strukturasi va tashkil etuvchilari. Bilimlar modellari.
Obyektning matematik tavsifini tuzish. Matematik tavsifni tuzishda blokli
tamoyil umumiy usul hisoblanadi. Bu tamoyilga muvofiq, matematik tavsifni tuzishdan oldin modellashtirish obyektida bo‘lib o‘tadigan alohida «elementar» jarayonlar tahlil qilinadi. Bunda har bir «efementar» jarayonni o‘rganish bo‘yicha tajribalar modellashtirish obyektning ishlash sharoitlariga maksimal yaqinlashadigan sharoitlarda o‘tkaziladi. Avval matematik tavsifning strukturasi asosi sifatida jarayonning gidrodinamik modeli tadqiq qilinadi. Keyin topilgan modelning gidrodinamik sharoitlarini hisobga olgan holda kimyoviy reaksiyalar, modda va issiqlik o‘tkazishIarning kinetikasi o‘rganiladi va bu jarayonlar har birining matematik tavsifi tuziladi. Bu holda barcha tadqiqlangan «elementar» jarayonlar (bloklar) tavsiflarini yakuniy bosqichi - modellashtirish obyektining matematik tavsifini yagona tenglamalar tizimiga birlashtirishdir. Matematik tavsifning qurislmi blokli tamoyilining yutug‘i shuki, undan apparaturali rasmiylashtirishning yakuniy varianti hali noma’lum bo‘lgan obyektni loyihalash bosqichida foydalanish mumkin. Matematik tavsifmi tuzish usullari. Ma‘lumki, har qanday ixtiyoriy tizim, shu jumladan hisoblash tizimlari - bu ko‘pdan-ko‘p elementlar birligidir. Har bir tizim xususiyatlardan biri uning kichik bo‘laklarga bo‘linishidir. Shuning uchun tizimlar qismlar (qism bulaklar, elementlar) majmuasi shaklda tasvirlanadi. Bu majmuaga tizimni butunligiga saqlab qoluvchi hamma bo‘laklar kiritiladi. Biror-bir elementni modeldan chiqarib tashlash tizimi asosiy xususiyatlarini yo‘qotilishiga olib kelmasligi lozim. Ikkinchi tomondan esa tizimni har bir bo‘lagi bir nechta elementlar majmuasidan iboratdir va bu bo‘lak ham mayda elementlarga bo‘linadi. Shuni hisobga olgan holda detallashtirish pog`onasini tanlash muammosi modellarni ierarxik ketma-ketligini qurish bilan echimni topish mumkin. Har bir pog`onada tizimni xarakterli xususiyatlari, o‘zgaruvchilar, prinstiplar va bog`lanishlar mavjudki, bular yordamida tizim harakati yoziladi. Detallashtirish pog`onalari boshlanishlar deyiladi, pog`onalarni ajratish esa stratifikastiya deyiladi. Boshlanishlarni tanlash modellashtirish maqsadida va elementlarni xususiyatini oldindan bilish darajasiga bog`lik. Biror bir tizim uchun turli boshlanishlar ishlatilishi mumkin. Odatda modelga faqat detallashtirishni bitta pog`ona elementlari ishlatiladi. Sok chi boshlanish. Ba‘zi hollarda modelda turli boshlanish elementlari ham ishtirok etishi mumkin. Agar alohida elementlarni umum tizim (funkstional) xususiyatlari haqida kam ma‘lumot bo‘lsa, yoki ularni tavsiyalash qiyin bo‘lsa, bunday hollarda har bir element uchun modelda quyi boshlanishdan uning detallashtirilgan tavsiyalari kirtilishi mumkin, ya‘ni (K-1) boshlanishdan. Bu quyi pog`ona elementlarini ham bo‘laklarga bo‘lish va ularni (K-2) boshlanish pog`ona elementlari tavsiflari bilan almashtirish mukin. Ko‘rsatilgan usullarga analitik, tajribaviy va tajribaviy-analitiklar kiradi. Matematik tavsifini tuzishning analitik usullari deb odatda tadqiqlanayotgan obyektda bo‘lib o‘tayotgan fizik va kimyoviy jarayonlaming nazariy tahlili hamda qayta ishlanayotgan moddalarning tavsiflari va berilgan apparaturaning konstruktiv parametrlari asosida statika va dinamika tenglamalarini chiqarish uslublariga aytiladi. Matematik tavsifni tuzishning eksperimental usuli kirish va chiqish o‘zgaruvchilari tor «ishchi» o‘zgarish diapazonida o‘zgarganda obyektlarni boshqarish va tadqiq qilish uchun qo’laniladi (masalan, ayrim texnologik parametrlarni avtomatik stabillash tizimini qurishda). Bu usullar ko'pincha obyekt parametrlarining chiziqliligi va mujassamlashganligi haqidagi farazga asoslanadi. Bu farazlami qabul qilish kuzatilayotgan jarayonlarni algebraik yoki chiziqli differensial doimiy koeffitsiyentli tenglamalar bilan nisbatan oddiy tasniflashga imkon beradi. Download 278.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling