4 – mavzu Odamda belgilarni irsiylanishida genlarning o’zaro ta’siri
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5 - mavzu ma‘ruza
4 – mavzu Odamda belgilarni irsiylanishida genlarning o’zaro ta’siri. Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Allel genlarning o’zaro ta’siri. Noallel genlarning o’zaro ta’siri. Komplementariya. 2. Epistaz. Uning dominant va retsessiv xili. 3. Polimeriya. Uning kumulyativ va nokumulyativ xili. 4. Transressiya xodisasi. 5. Modifikator genlar ta’siri. 6. Ekspressivlik va penetrantlik. 7. Pleyotropiya. 1.Allel genlarning o’zaro ta’siri. Gen allellarining o’zaro ta’siri avvalo ikki guruxga bo’linadi. Allel genlarning o’zaro ttьsiri. Noallel genlarning o’zaro ta’siri. Bir gen allellarining o’zaro ta’siri o’z navbatida a) genning dominant allelini retsessiv alleliga ta’siri; b) ko’p tomonlama allelizm; v) kodominantlikka ajratiladi. A) Genning dominant allelini retsessiv alleliga ko’rsatgan ta’siri to’liq yeki chala (oraliq) bo’lishi mumkin. Monoduragaylarda belgilarning to’liq va oraliq holda irsiylanishi ko’rildi. Mazkur hodisalarda gen allelining ikki xil holati: dominant va retsessiv holati bilan tanishildi. Б) Lekin gen allellari faqat dominant va retsessiv holatda emas, ko’p xil holatda bo’lishi mumkin. Bu hodisa ko’p tomonlama allelizm deb ataladi. Allellarning А>а1>а2>аз>а4>а„, В>Ь1>Ь2>Ь 3 >Ь,,>ЬP allellarini mavjudligi bunga yorqin misoldir. Masalan, kuyonlarda S+ gen yungining to’q kulrang bo’lishini ta’minlaydi. С^с 11 genotipga ega quyonlarning tana yunglari ok, quloq, tumshug’i va oyoq yunglari qora, с а с" genli quyonlarning barcha yunglari oq rangda bo’ladi. V) Kodominantlik hodisasida allellarning odatdagi dominant va retsessiv holati kuzatilmaydi. Genotipdagi har ikki allel xam mustaqil ravishda faollik ko’rsatadi. Natijada ularning har biri o’ziga xos belgining fenotipda namoyon bo’lishini ta’minlaydi. Chunonchi, odamlarda 4 xil qon guruxi mavjud. Bu qon guruxi bitga genning uch xil alleli ta’sirida rivojlanadi. Bular 1 А , 1 В , 1° dir. Agar genotipda 1°1° allellari mavjud bo’lsa birinchi qon guruxi, 1 А 1 А ёки 1 А 1° alleli bo’lsa ikkinchi qon guruxi, 1 в 1 в ёки 1 в 1° allellari bo’lsa uchinchi qon guruxi, mabodo 1 А 1 В allellari bo’lsa to’rtinchi qon guruxi hosil bo’ladi. 1 А аllelini 1 А antigenli eritrotsitlar tashiydi, 1 в allelini esa Г 3 antigenli eritrotsitlar tashiydi. Binobarin 1 А ва 1 в allellari bir-biridan mustasno ravishda faoliyat ko’rsatadilar. Bu hodisa genetik kodominantlik deb nomlanadi. 2.Noallel genlarning o’zaro ta’siri. Noallel genlarning o’zaro ta’siri to’rt xil bo’ladi. Bular komplementariya, epistaz, polimeriya va modifikatsion ta’sir. Noallel genlarning o’zaro taьsirida belgilarni irsiylanishining komplementar tipi. Komplementariya so’zi inglizcha сотр1етеп1 - to’ldirish degan ma’noni anglatadi. Noallel genlarning o’zaro ta’siri komplementariya xilining o’ziga xos jixati shundan iboratki, Ғ^ duragayda chatishtirishda qatnashgan ota yoki ona belgisi emas, balki yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga ta’sir etuvchi noallel genlarning qimmati bir xil emasligi tufayli Ғ 2 avlodida belgilarning rivojlanishi turlicha ko’rinishda bo’ladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling