4- mavzu: O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha


Download 1.52 Mb.
bet9/14
Sana31.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1314012
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 мавзу (2)

Amir Temur (1336–1405) davlatni boshqarishda mamlakat mustaqilligiga, el-yurt osoyishtaligiga, uni obod etishga katta ahamiyat berib, o‘ziga xos maktab yaratdi. Jumladan, Sohibqiron davlatida saltanatning markaziy ma’muriyatini bosh vazir – devonbegi boshliq quyidagi yetti vazirdan iborat arkoni davlat boshqargan:
1. Mamlakat va raiyat ishlari bo‘yicha vazir.
2. Sipoh vaziri, ya’ni harbiy ishlar bo‘yicha vazir.
3. Tijorat vaziri.
4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir.
Ana shu to‘rt vazirdan tashqari, chegara viloyatlari va tobe
mamlakatlar ishlarini nazorat qilib turish uchun maxsus uch nafar vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga kelib tushadigan daromadlarni nazorat qilish va ularga bog‘liq moliyaviy masalalar bilan mashg‘ul bo‘lgan64. O‘z navbatida, ular saltanatning bosh nazorat hay’ati – “xolisa”ni tashkil etishgan.
63Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой науки. Ташкент: Издательский дом Мир экономики и права, 1999. -352 с.
64 Xalqaro Аmir Temur jamgʻarmasi. Temur tuzuklari. T.: Oʻzbekiston, 2011.-181 b, 123-124 betlar.
105

Amir Temur davlatni boshqarishda mulkchilik munosabatlariga jiddiy e’tibor qaratgan. Uning ta’biricha, davlatu saltanat uch narsa: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir65. Bosh hukmdor tomonidan yirik mulkdorlarga biron xizmatlari evaziga taqdim etiladigan yer-mulkning



Amir Temur (1336-1405)
tarxonlik66, tanxoh67 va tuyul68 yorliqlari asosida
berilishi keng tarqalgan. Shu bilan birga, turli
yorliqlar asosidagi maosh, yer-mulk berilishi va
unumli foydalanish tizimi nazorat ostiga olingan.
Hukm qildimki, – deya ta’kidlaydi Amir Temur,
davlat tomonidan belgilangan butun
maoshlarning to‘liq ma’lumotlarini devonbegi va
vazirlar avval menga bildirsin, so‘ngra tanxoh
berilsin.... O‘nboshi, yuzboshilarga maosh
shahar omonligi69 xazinasidan va podsholik
mulki daromadidan naqd pul hisobida yozilsin.
Mingboshilarga viloyat ichidagi ekinzorlardan tuyul bersinlar. Amirlar va amir ul-umarolarga esa chegaralardagi viloyatlardan biri tuyul qilib belgilansin... Qaysi amirga tuyul berilar ekan, uni uch yilgacha o‘z holiga qo‘ysinlar. Uch yil o‘tganidan so‘ng uni tekshirib ko‘rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo‘lsa, ul viloyatni xolisaga70 o‘tkazib, uch yilgacha o‘sha yer egasiga haq berilmasin71.
Bu davrda yer va mulkchilikning asosan to‘rtta shakli, ya’ni:
− mulki devoniy – davlat yerlari;
− mulk – xususiy yerlar;
− mulki vaqf – madrasa va ibodatxonalar tasarrufidagi yerlar;

65 Oʻsha asar. 109-bet.
66 Tarxonlik yorligʼi mulk egasini soliq, tolov va boshqa majburiyatlardan ozod etilishini kafolatlovchi, odatda, amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga beriluvchi hujjat. S.Saidqosimov (rahbar), А.Аhmedov, B.Аhmedov va boshqalar. Аmir Temur jahon tarixida. – T.: Sharq, 2001, 104-bet.
67 Tanxoh saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va boshqalar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh
pul, baʼzida alohida xizmat ko‘rsatgan beklarga tanxoh sifatida yer-suv berilgan. Xalqaro Аmir Temur jamg‘armasi. Temur tuzuklari. – T.: “O‘zbekiston”, 2011,100-bet.
68 Tuyul xiroj va soliq yigʼib olish haqi bilan inʼom etilgan yer-mulk, viloyat. Osha asar, 101-bet.
69 Shahar omonligi xazinasi fath etilgan shahar aholisidan toplangan “moli omon” (olpon) saqlanadigan xazina. O‘sha asar, 101-bet.
70 Xolisa davlat ixtiyorida bolgan, barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv va mol-mulkni tasarruf
etuvchi idora. O‘sha asar, 101-bet.
71 Osha asar, 100102-betlar.
106

− jamoa yerlari mavjud bo‘lgan.


Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki
hisoblangan. Ularga avvalgidek yurt hukmdorlari – sulton yoki amir egalik qilgan.
Amir Temur va temuriylar davrida suyurg‘ol keng qo‘llanilgan. U Amir Temur davlati tashkil topishi arafasida joriy qilinib, yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo‘lgan. Suyurg‘ol yerlari ba‘zan oliy hukumat farmoniga binoan avloddan avlodga meros qoldirilgan. Egasiga o‘z suyurg‘oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Qayd etish kerakki, buyuk Sohibqiron hukumatga aloqador har qanday mansab egalaridan o‘z ishiga, xususan, mulkchilik masalasiga tartib, mas’uliyat va adolat bilan yondashishlarini qattiq talab qilgan. Aksincha ish tutib, mol-mulkka zarar yetkazganlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan72.
Agar kimda-kim qarovsiz yerlarni obod qilsa, koriz qursa yoki bog‘ yaratsa, soliq to‘lovlari bo‘yicha muayyan imtiyozlardan foydalangan. Xarob bo‘lib yotgan egasiz yerlar xolisa tarafidan obod qilingan. Mabodo, egasi bo‘lsa-yu, obod qilishga qurbi yetmasa, unga bu ishni amalga oshirishi uchun turli asboblar va kerakli narsalar berilgan. Dehqonchilikka mo‘ljallangan yerlardan olinadigan asosiy soliq xiroj (yoki mol) deb nomlangan. Xiroj asosan hosil yetilib, uni yig‘ib-terib olish vaqtida mahsulot, ba’zida pul holida to‘langan. Soliq hosilga, yerning unumdorligi va suv bilan nechog‘li ta’minlanganiga qarab belgilangan. Chunonchi, daryo, buloq va koriz suvlari bilan sug‘oriladigan yerlardan yalpi hosilning uchdan bir qismi miqdorida olingan. Agar yer egasi uni pul hisobida to‘lashga rozi bo‘lsa, unda hosilning uchdan bir qismi bozor narxi hisobida pulga chaqilgan. Bordi-yu, raiyat hosilni uch qismga bo‘lishga rozi bo‘lmasa, shu paytda hisobga olingan yerlar birinchi, ikkinchi va uchinchi jarib73 yerlariga ajratilgan. Bunda birinchi
72 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga Аmir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar). – T.: “O‘zbekiston”, 2010 yil, 174-bet.
73Jarib yoki jerib (Аlisher Navoiyning “Vaqfiya” asarida jerib deb nomlangan) yer sathi olchovi. Bir
jarib 3600 kv. m. Gazga, yaʼni taxminan bir tanob (958 kv.m.) yerga teng boʼlgan. Xalqaro Аmir Temur jamg‘armasi. Temur tuzuklari. – T.: “O‘zbekiston”, 2011, 144-bet.
107

jaribdan olingan hosilning uch harvori (bir eshak ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk), ikkinchi jaribdan – ikki harvori, uchinchi jaribdan esa bir harvori yig‘ib olinishi buyurilgan. Shuningdek, kuzgi, bahorgi va yozgi dehqonchilikdan olingan hosil dehqonning o‘ziga qolgan. Bu haqda, Alisher Navoiyning “Vaqfiya” asarida temuriylar davrida o‘ziga xos tarzda jaribga ajratilgan ekin maydonlari va ulardan olingan daromadlar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan74 .


Amir Temur o‘z xalqiga doimo e’tiborli bo‘lgan. Ularni og‘ir ahvolga solishni man etgan, yashash sharoitlarini, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirilishi jarayonlarini nazorat qilish uchun alohida vazirlar tayinlagan. Vaqti-vaqti bilan olimlar va hukumat vakillarini chekka hududlarga biriktirib, raiyat ahvolini o‘rganishlarini va haqiqiy vaziyat to‘g‘risida ochiq-oydin axborot berishlarini talab qilgan. Bu fikrimizga Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asaridan olingan quyidagi parcha yaqqol misol bo‘la oladi: “Amir Sohibqiron bir guruh taniqli va diyonatli olimlardan tanlab, ularning har birini devoni a’lo tomonidan bir amin bilan mamlakat chekkalaridan biriga nomzod qildi, toki ular tayin etilgan tomonga jonab, mamlakat ishlarining tagiga yetsinlar, agarda birorta mazlumga ziyon yetgan bo‘lsa yoki biron ojizga zo‘ravonlik ravo ko‘rilgan bo‘lsa, zarar tikanini mazlumlar oyog‘idan chiqarib, ulardan zo‘rlik bilan olingan narsa isbot qilinsa, osha tomonda bo‘lgan xazina molidan ularga qaytarib bersinlar, bo‘lgan ahvolni yozib qaytsinlar va arz izzatgohiga yetkazsinlar, toki bundan keyin u (zulm) qoidalarini ulardan yiroqlashtirsinlar75.
Mamlakatni iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish yo‘lidagi strategik islohotlar zamirida tabiiyki, turli yo‘nalishlar bo‘yicha hunarmandlarga talab yuqori bo‘lgan. Buni hisobga olgan Sohibqiron maxsus odamlar tayinlab, harbiy yurishlar davrida fath etilgan joylarda olim-u fuzalolar bilan bir qatorda o‘z ishining mohir ustalari bo‘lgan turli xil kasb-hunar egalarini aniqlab, ularni poytaxt Samarqandga jo‘natish va faoliyat olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berishni buyurgan.
Chet ellardan yuzlab sohibi hunarlar, jumladan:

74 Аlisher Navoiy. Vaqfiya. 2122-betlar. www.ziyonet.com.


75 Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. T.: Oʼzbekiston”, 1996, 369370-betlar.
108

− Erondan musavvirlar, xattotlar, sozandalar, muarrixlar, me’morlar, qurilish ishlari bo‘yicha hunarmandlar bilan birga olimlar va din arboblari;


− Kichik O‘siyodan qurolsozlar, to‘pchi muhandislar, kumushga ishlov beruvchi ustalar, g‘ish teruvchilar, arqon eshuvchi ustalar;
− Suriyadan pillakashlar, tikuvchilar, to‘quvchilar, sangtaroshlar, duradgorlar, chodir tikuvchilar, kamon-yoy yasovchi ustalar, qurol- sozlar, qalpoq yasovchilar, mol tabiblari, naqqoshlar, qirg‘iydorlar, shisha idishlar va chinni ishlab chiqarish bo‘yicha muhandislar;
− Turkiyadan zargarlar, movut ishlab chiqaruvchilar, sangta- roshlar, o‘q-yoy ustalari;
− Halabdan mashhur paxta yigiruvchilar;
− Hindistondan eng malakali g‘ish teruvchi me’morlar,
quruvchilar, metall bo‘yicha ustalar, sangtaroshlar hamda zargarlar;
− Tabriz va Xorazmdan imoratsozlar va naqqoshlar olib kelindi.
Aksariyati qulga aylantirildi76. Ularning kasb sirlaridan mahalliy aholi ham bahramand bo‘lib, yangi kasb-hunarlar rivoj topib, hunarmandchilik mahsulotlarining turi ko‘paya boshladi.
Ibn Arabshohning ta’kidlashicha, “Temur har qanday hunar va kasb bo‘lmasin, agar unda biron fazilat va shafoat bo‘lsa, shu kasb egalariga g‘oyatda mehr qo‘ygan edi. U tabiatan masxaraboz va shoirlarni yo‘qtirmas, munajjim-u tabiblarni (o‘ziga) yaqin tutib, ular gaplariga e’tibor qilar va so‘zlarini tinglardi77.
Amir Temur bu bilan ikki maqsadni: bir tomondan, o‘z poytaxtini bezatish uchun Osiyoning eng yaxshi ustalarini to‘plashni, ikkinchi tomondan, vohalar va shaharlarni kengaytirib, Movarounnahr aholisini ko‘paytirishni ko‘zlagan edi. Ushbu davrda hunarmandchilik faoliyatini olib borish, uning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish, aholining mehnatga layoqatli, lekin ishsiz yurgan qismiga

76Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi (ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur) I kitob. T.: Mehnat. 2018. 49- bet. 245-bet. // Vambery A. History of Bokhara from the earliest period down to the present. London. Henry S. King & Co. * 6 5 Corniiill & 12 Paternoster Row. 1873. 193-213 p..// Hilda Hukhem. Yetti iqlim sultoni. – T.: Adolat. 1999. 170-bet.// // Рене Груссэ. Империя степей. Аттила, Чингиз-хан, Тамерлан. Перевод X. Хамраева. — Алматы, 2006. 592 с. – 461, – 478, - 480, - 494 стр.// https://soglom.uz/nigoh/sohibqiron-davrida-hunarmandchilik.
77Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi (ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur) II kitob. Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi. –T.: Fan. 2018. 144-b.
109

turli kasb-hunarlarni o‘rgatish, kerak bo‘lsa o‘z faoliyatini boshlash uchun davlat xazinasidan sarmoya ajratish va boshqa qulay shart- sharoitlar yaratish yo‘lida odilona siyosat olib borgan (4-rasm).


Shubhаsiz hunаrmаndchilikning yuksаlishi ko‘p jihаtdаn ichki vа tаshqi sаvdоning rivojlanishiga turtki bo‘lgan. Buyuk Sohibqironning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, ul zot bundan olti asr avvaloq davlatlararo o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash o‘z saltanati yorqin istiqbolini ta’minlashning muhim omili ekanini teran anglagan. Shu sababli u Yevropa va Osiyoni bog‘lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, bir tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan. Binobarin, “Temur tuzuklari”da quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: “Har bir mamlakatu diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular Xo‘tan, Chinu Mochin (Xitoy), Hindiston, arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, Jazoir, Farangistongami, qaerga borishmasin, u yerlarning nafis matolari va munosib tuhfalaridan keltirsinlar. O‘sha mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilarning hol-ahvoli, turish- turmushi haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar78. “Va yana buyurdimki, yo‘l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasinlarki, yo‘llarni qoriqlab, yo‘lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo‘ysinlar.

78 Xalqaro Аmir Temur jamgʼarmasi. Temur tuzuklari. T.: “Oʼzbekiston”, 2011.100-b.


110




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling