4- mavzu. O’zbekiston mintaqalarida sanoat tarmog’ini rivojlantirishning hududiy jihatlari
Download 1.13 Mb.
|
4-2 MAVZU. O’ZBEKISTON MINTAQALARIDA SANOAT TARMOG’INI RIVOJLANTIRISHNING HUDUDIY JIHATLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar
O’zbekistonda oziq-ovqat sanoati ko’p tarmoqlarga ega bo’lib geografiyasi kengdir. Undagi mavjud yirik korxonalar respublikaning barcha viloyatlarida uchraydi. 1990-2014 yillarda oziq-ovqat sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 5,4 martaga o’sdi.
13-diagramma Oziq-ovqat sanoati Oziq-ovqat sanoati korxonalari orasida Buxorodagi Kogon yog’ - ekstraktsiya zavodi, shuningdek, Buxoro yog’-ekstraktsiya zavodi, “Evrosnar” qo’shma korxonalari, "Andijon yog’-moy" zavodi muhim hisoblanadi. Shuningdek, respublikada un-krupa va kombikorm “G’alla Altek” va “Toshkent don mahsulot”, "Navoidonmahsulotlari" aktsionerlik jamiyatlarida tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida Bektemir spirt zavodi, yog’-moy, vino va shampan ishlab chiqaruvchi korxonalarining ham roli yuqori. Ayni vaqtda, tarmoqda “Xorazm shakar” qo’shma korxonasi va Samarqand choy fabrikasi, Guliston yog’-ekstraktsiya zavodi alohida o’rin egallaydi. Aynan shakar ishlab chiqarish respublikada 2000 yilda 10169 tonna bo’lgan bo’lsa, 2014 yilda 425,5 tonnaga etdi. Andijon, Toshkent, Farg’ona viloyatlaridagi yog’-moy kombinatlari, Kattaqo’rg’on, Qo’qon shaharlarida va Uchqo’rg’on tumanidagi yog’-ekstraktsiya zavodlari respublika aholisining yog’-moy, sovun mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Birgina, Toshkent yog’-moykombinatida qadoqlangan yog’, o’simlik yog’i, mayonez, margarin mahsulotlari tayyorlanadi. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Yangiyo’l yog’-moy” zavodi respublikada yog’, sheluxa, kombikorma, sovun ishlab chiqarish bo’yicha mashhur korxonalardan biridir. Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Andijon viloyatlarida konserva zavodlari ishlab turibdi. Binobarin, tegirmon, go’sht-sut mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, non mahsulotlari, qandolat mollari va boshqa kunlik oziq-ovqat mahsulotlari respublikaning barcha viloyat, tumanlarida tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Nazorat savollar 1.Sanoat tarmoqlari qanday guruxlarga bo’linadi? 2.Undiruchi sanoat tarmoqlari qaysilar? 3.Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari? 4.Agrosanoat majmua qaysi tarmoqlarni o’z ichiga oladi? 5.Yoqilg’i-energetika majmuiga kiruvchi asosiy tarmoqlarni ta’riflang? 6.Mustqaillik yillarida sanoatimizda qanday yangi tarmoqlar vujudga keldi? 7.Sanoat tarmoqlari tuzilmasini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari qaysilar? 8.O’zbekistona eng sifatli ko’mir qaysi konda qazib olinadi? 9.Tabiiy gaz qazib olinadigan provintsiyalarni ayting va eng ko’p miqdorda qaysi provintsiyada ishlab chiqariladi? 10. Mustaqillik davrida engil sanoat tarmoqlarida qanday o’zgarishlar yuz berdi? Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling