- o‘quv jarayonining samarali bo‘lishi o‘z zimmasida ekanligini doimo his etish;
- jamiyat taraqqiyotiga mos mas’uliyat negizida javobgarlik doirasi kengayib borishini doimo his qilish;
- sinf rahbari tashabbuskor bo‘lishi kerak va u ish yuritishda fidoyi bo‘lmog‘i lozim;
- ilmga intiluvchi yoshlarga rahbar va ularni mazkur yo‘nalish bo‘yicha yetaklovchi ekanligini doimo his qilish;
sinf rahbari o‘quvchi: yosh yigit va qizni o‘z farzandi, o‘sib kelayotgan avlod, g‘uborsiz, sofdil, yangilikka intiluvchan qalb egasi va nihoyat ota-ona, murabbiylar ko‘rsatgan yo‘lidan borishga astoydil bel bog‘langan farzand ekanligini doimo esda tutishi kerak; - sinf rahbari o‘quvchi: yosh yigit va qizni o‘z farzandi, o‘sib kelayotgan avlod, g‘uborsiz, sofdil, yangilikka intiluvchan qalb egasi va nihoyat ota-ona, murabbiylar ko‘rsatgan yo‘lidan borishga astoydil bel bog‘langan farzand ekanligini doimo esda tutishi kerak;
- o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshg‘arishiga sharoit yaratish va bunda faol o‘quvchilardan foydalanish;
- o‘quvchilarni kasbga tayyorlashda o‘sha sohaning mashhur kishilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish sinf rahbarining asosiy burchlaridan biriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |