TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO‘YICHA O‘Z – O‘ZINI TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Xayol nima?
2. Xayolning qanday vazifalarini bilasiz?
3. Xayol turlarini ta’riflab bering.
4. Ijodiy obrazlarni yaratish uchun qanday usullardan foydalanadilar?
5. Ijodkorlik jarayonida xayol qanday ahamiyatga ega?
6. Odamlarda xayolning individual farqlari nimalardan iborat?
7. Xayolning rivojlanishi haqida gapirib bering.
MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. YAngi obrazlarni yaratishga asoslangan ijodiy faoliyat:
a) idrok;
b) tafakkur;
v) xayol;
g) diqqat.
2. Xayolning ko‘rish va eshitish turlariga bo‘linishiga asos bo‘lgan:
a) etakchi analizator;
b) aks ettiriladigan jism;
v) materiyaning mavjud bo‘lish shakli;
g) sub’ektning faolligi.
3. Sust va faol xayolning farqlanishi:
a) aks ettiriladigan jismga ko‘ra;
b) materiyaning mavjud bo‘lish shakli;
v) aks ettirishning yo‘nalganligiga ko‘ra;
g) psixik faollik darajasiga ko‘ra.
4. Kundalik hayotda qo‘shilmaydigan turli sifat, xossa, qismlarni «birlashtirish»:
a) agglitinatsiya;
b) tiplashtirish;
v) chizmalashtirish;
g) barcha javoblar noto‘g‘ri.
5. Faoliyatning o‘ziga xos va qimmatli mahsulotida joriy etiladigan yangi obrazlarning mustaqil holda yaratilishini taqazo etuvchi xayol,- bu:
a) orzu;
b) shirin xayol;
v) ijodiy xayol;
g) barcha javoblar noto‘g‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |