4- mavzu. So‘z manolari ustida ishlashga oid mashq turlari. Lug‘atlardan foydalanish reja


So‘z ma’nolari ustidagi ish murakkab va qiyindir


Download 21.02 Kb.
bet2/4
Sana04.01.2023
Hajmi21.02 Kb.
#1078914
1   2   3   4
Bog'liq
4-modul. Ma\'ruza

So‘z ma’nolari ustidagi ish murakkab va qiyindir. Bolalarda yangi, ayniqsa, ma’nosi xiraroq so‘zlarga alohida va jidtsiy e’tibor qaratish hissini tarbiyalashga erishish oson kechmaydi. Ammo muntazam va barqaror mashqlar tizimi bu vazifani bajarishni osonlashtiradi. Shunga ko‘ra har doim matn ustida ishlaganda yangi so‘zlarga va so‘zlarning yangi ma’nolarda qo‘llanganiga e’tiborni tortish, o‘quvchilarning bu sohadagi ko‘nikma va malakalarining shakllanishi va takomillashishiga imkon beradi. Buning uchun amaliyotda qo‘llanadigan ayrim shakl va usullarni eslatish mumkin: 1. Yangi so‘zning ma’nosini izohli lug‘at vositasida oydinlashtirish.
2. Berilgan so‘zning ma’nodoshlarini topish.
3. Matndagi so‘zning ma’nosiga zid bo‘lgan boshqa so‘zlarni keltirish.
4. So‘z yasalishiga oid tahlilni amalga oshirish.
5. So‘zning kelib chiqishiga oid tahlil bilan shug‘ullanish, ya’ni so‘zning
etimologiyasini aniqlash.
6. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini, ular orasidagi bog‘lanishlarni
aniqlash.
7. So‘z ma’nosini izohlash va imkoniyatga qarab, boshqatillarga tarjima qilish.
Lug‘at diktant
Uy, to‘y, tosh, chaqmoq, momaqaldiroq, daraxt, majlie, odob, azob, do‘stlik, kitob, ishchi, go‘zal, kichik, shirin, bilimli, oq, o‘qi, yoz, chop, kel, o‘yla, ishladi, uxladi, suhbatlashdi, so‘zladi. Diktant yozib bo‘lingach, o‘quvchilar har bir so‘zyugag lug‘aviy ma’nosini sharhlashlari va uning qaysi so‘z turkumlariga qarashli ekanligini aytishlari lozim bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, so‘z ma’nosini tushuntirish ustida ishlash o‘quvchilar lug‘atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash
Ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil bo‘lgan bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan so‘zlardir. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi. Katta, ulug‘, buyuk, zo‘r, Azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so‘zlardan katta so‘zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug‘, buyuk, zo‘r, Azim, ulkan so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli so‘zlari esa o‘lchovi juda kata bo‘lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo‘llanadi. Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday so‘zlar bilan ishlash juda muhim. Kishi lug‘atida sinonimlar qancha ko‘p bo‘lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi. O‘zbek tili - sinonimlarga boy til. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” da katta so‘zining 11 ta, marta so‘zining 13 ta sinonimi berilgan. Boshlang‘ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2-3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2-3 sinonimini topib aytishga o‘rgatiladi.

Download 21.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling