4- mavzu: Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makondagi o‘rni


Download 334.15 Kb.
bet13/14
Sana22.12.2022
Hajmi334.15 Kb.
#1042490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-5 mavzu

To‘g‘ri, har doim aytiladigan bir gap bor: tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘ladi. Ezgulikka chorlaydigan, oqibat va yaxshilik qilishga undaydigan TikTok videoro­liklari ham yo‘q emas. Ularning yoshlar ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tomonlari bor. Lekin, afsuski, ular juda kam.

  • To‘g‘ri, har doim aytiladigan bir gap bor: tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘ladi. Ezgulikka chorlaydigan, oqibat va yaxshilik qilishga undaydigan TikTok videoro­liklari ham yo‘q emas. Ularning yoshlar ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tomonlari bor. Lekin, afsuski, ular juda kam.
  • Hozircha bir narsa bizga taskin berishi mumkin: yaqinda Tik Tok 18 yoshdan kichik foydalanuvchilarga bir qator cheklovlar joriy etdi. Endi 13–15 yoshli bolalarning akkauntlari avtomatik tarzda xususiylashadi – ularni faqatgina obunachilar ko‘ra olishi mumkin, izoh qoldirish imkoniyati faqatgina “do‘st”larga beriladi. Boshqalar uchun bolaning akkaunti yopiq bo‘ladi. Bu choralar o‘smirlar “platformada chiqishlarga aql bilan yondashishi”ga ko‘maklashish uchun qilinmoqda. “TikTok platformada foydalanuvchilar, shu jumladan, voyaga yetmaganlar o‘z ijodlari bilan bo‘lishishlari uchun do‘stona va xavfsiz muhitni yaratmoqchi” deb tushun­tirish berildi kompaniya tomonidan. Bundan tashqari, 13–15 yoshli foyda­lanuvchilarga “Boshqalarga hisob qaydnomasini taklif etish” funksiyasini o‘chiradi. Duet funksiyasi, boshqalarning lavhalari­dan o‘z roliklarida foydalanish – stich­ting va video yuklab olish ham mumkin bo‘lmaydi. 16-17 yoshli o‘smirlar duet opsiyasi va stichting faqat “do‘stlar” uchun ochiq bo‘ladi. Boshqa foydalanuvchi muallif 16 yoshga to‘lgan taqdirdagina uning roligini saqlab olishi mumkin. 2019-yil fevralida AQSH hukumati TikTokni voyaga yetmaganlarning ismi, elektron pochtasi va yashash manzilini to‘plagani uchun 5,7 million dollar jarima­ga tortgan edi. Shundan so‘ng bolalar faqat­gina video tomosha qila oladigan, ammo kontent va izoh qoldira olmaydigan bo‘lim paydo bo‘ldi. 2020-yilda TikTok dasturchilari “Xavf­siz oila rejimi”ni ilova qilishdi. Bu ilova ota-onalarga voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘liq sir saqlash imkonini beradi. “Oila” rejimini ota-ona ruxsatisiz o‘chirish mumkin emas.

Download 334.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling