4- sinf ona tili darslarida tovushlar va harflar mundarija: I bob 4-sinf ona tili darslarida tovushlar va harflarni òrgatish
Ona tili ta’limida bilim berishga mo’ljallangan an’anaviy metodlar
Download 61.48 Kb.
|
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA TOVUSHLAR VA HARFLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’zaki bayon metodi
- Ma’ruza metodi
Ona tili ta’limida bilim berishga mo’ljallangan an’anaviy metodlar. Ta’lim maqsadi bilimdon shaxsni tayyorlashni loyihalashtirsa, bunday ta’limda retroskopik metodlar, deduktiv ta’lim, ya’ni o’quvchiga bilim berishga mo’ljallangan metodlar yetakchilik qilishi shubhasiz, chunki ta’lim maqsadi shuni talab qiladi. (Olimlarning fikricha, “bilimli shaxs” ko’p narsani biladigan kishi, lekin insonning xotirasi imkoniyatlari cheklangan va u cheksiz bilimga ega bo’la olmaydi. “Bilimli shaxs”ning miyasi ma’lum miqdordagi bilimlar bilan to’ldirilishi zarur, ta’lim beruvchi esa shu idishni to’ldiruvchi vazifasini o’taydi.)
Bunda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi orasidagi munosabat qanday bo’lishi lozim? Ona tili ta’limida bilim berishga mo’ljallangan an’anaviy metodlar ta’lim oluvchiga ma’lum miqdordagi bilimni o’rgatish obyekti, ta’lim beruvchiga esa o’rgatish jarayonining subyekti sifatida yondashadi. Bu yondashish retroskopik metoddan, ya’ni qoidadan tahlilga, umumiylikdan xususiylikka qarab intilish – bilim berish yo’lidan foydalanishni taqozo etadi. Bir qator olimlar– I.Y.Lerner, A.M.Matyushkin, M.Mahmudova, A.V.Zankov, Y.V.Senko, V.P.Palamarchuk, N.F.Talizina va boshqalarning didaktik asarlarida ham ta’lim metodlariga xos ilmiy-nazariy fikrlar silsilasida ta’lim oluvchiga obyekt, ta’lim beruvchiga subyekt sifatida yondashilgan.3 Ta’limni deduktiv-reproduktiv metodda tashkil etish uzoq yillar ta’lim jarayonida hokim bo’lib kelgan. Bular quyidagilar: Og’zaki bayon metodi hikoya, ma’ruza shakllariga ega bo’lib, unda asosan, o’qituvchi tushuntiradi, o’quvchilar tinglaydi. Hikoya metodi. Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan aytib beriladi. Masalan, 5-sinfda o’quvchilariga “So’z birikmasi” mavzusi o’tilayotganda, o’qituvchi so’z birikmasining ta’rifini (Tobe hamda hokim so’zning o’zaro uyg’unligi so’z birikmasidir) keltiradi. Misollar yozilgan ko’rgazmadan foydalanadi. So’z birikmasining tarkibi ikki qism(tobe so’z hamda hokim so’z)dan iborat bo’lishini; agar tobe so’zning ham, hokim so’zning ham tarkibi bittadan mustaqil so’zdan iborat (opamning qalami, do’stim bilan suhbat, go’zal bog’) bo’lsa, bunday so’z birikmalari tuzilishiga ko’ra sodda so’z birikmasi deyilishini; agarda tobe so’zning yoki hokim so’zning tarkibi bittadan ortiq mustaqil so’zdan tashkil topgan (kichik opamning qalami, sinfdagi do’stim bilan suhbat, katta go’zal bog’) bo’lsa, bunday so’z birikmalari tuzilishiga ko’ra murakkab so’z birikmasi deyilishini aytadi va h. Ma’ruza metodi. Ma’ruza lotincha lektio–чтение (o’qish) so’zidan olingan bo’lib, o’quv materialini muntazam ravishda bayon etish demakdir. Ma’ruza metodi mazmun-mohiyatiga ko’ra 1) muayyan mavzuga yo’naltirilgan; 2) mavzu haqida axborot beradigan; 3) qiyosiy xarakterda mavzuni yoritadigan; 4) mavzu mazmuniga qiziqish uyg’otadigan turlarga bo’linadi. Mazkur metoddan o’rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, o’rta maxsus ta’limda, shuningdek, oliy ta’limda foydalaniladi. Bunda, odatda, ta’lim oluvchi passiv tinglovchi bo’lib qolaveradi. Download 61.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling