4- sinf ona tili IV chorak


Download 17.44 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi17.44 Kb.
#1486271
Bog'liq
4-sinf ona tili 27-list


4- SINF ONA TILI IV CHORAK
1.O’tgan zamon qo’shimchalari berilgan qatorni toping:
A) -di, -gan;
B) -moqchi;
D) -moqda.
2. Shaxs – son qo’shimchalari qanday qo’shimcha?
A) turlovchi;
B) tuslovchi;
D) turlovchi va tuslovchi.
3. Fe’llarda shaxs- son qo’shimchalari qanday vazifani bajaradi?
A) gapda so’zlarni bir- biriga bog’laydi;
B) so’zlar hosil qiladi;
D) A va B javoblar.
4. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar nimani bildiradi? Ular qaysi so’z turkumiga kiradi?
A) harakatni, son;
B) harakatni, sifat;
D) harakatni, fe’l.
5. Harakatni bildirgan so’zlar gapda qanday bo’lak vazifasida keladi?
A) ega;
B) kesim;
D) ikkinchi darajali bo’lak.
6. Fe’lda nechta zamon bor?
A) 2 ta;
B) 3 ta;
D) 4 ta.
7. Zamon bildiruvchi qo’shimchalar qatorini toping:
A) -di, -gan, -yap;
B) -moqda, -moqchi;
D) A va B javoblar to’g’ri.
8. Hozirgi zamon fe’li qaysi qo’shimchalar bilan hosil qilinadi?
A) -yap, -moqda;
B) -gan, -kan;
D) -moqchi.
9. Fe’l yasovchi qo’shimchalar qatorini toping:
A) =la, -chi, -illa, -li;
B) -la, -lan, -sira, -illa, -lash;
D) -la, illa, -siz, -dor.
10. Tuslanish nima?
A) fe’llarning tuslovchi qo’shimchalar bilan tuslanishi;
B) fe’llarning turlovchi qo’shimchalar bilan turlanishi;
D) kelishik qo’shimchalar bilan turlanishi.
11. Fe’l zamonlari berilgan qatorni toping:
A) o’tgan zamon;
B) hozirgi va kelasi zamon;
D) A va B javoblar to’g’ri.
12. Fe’llar qaysi so’z turkumlaridan yasaladi?
A) ot, sifat, son;
B) fe’l yasalmaydi;
D) faqat ot.
13. Men Azizalarnikiga bormoqchiman. Ushbu gapda qaysi zamon fe’li qatnashgan?
A) hozirgi;
B) kelasi;
D) o’tgan.
14. Shaxs –son qo’shimchalari berilgan qatorni toping:
A) -im, -ing, -imiz, -ingiz, -dosh;
B) -la, -kor, -dosh;
D) -m, -man, -ng, -san, -miz.
15. Ot yasovchi qo’shimchalar berilgan qatorni toping:
A) -kor, -zor, be-, -li;
B) -chi, -zor, -dosh, -da;
D) -chi, -zor, -dosh, -kor, -k, -q.
16. Ko’p shaxsni bildiruvchi olmoshlar qaysilar?
A) biz, siz, ular;
B) men, sen, u;
D) A va B
17. Sifat yasovchi qo’shimchalar qatorini toping:
A) -ser, -la, -illa, -kor;
B) -ser, -siz, be-, li, -chan, -dor, -q;
D) ser, -dosh, be-, -la, -siz.
18. Sifat gapda qanday bo’lak vazifasini bajaradi?
A) ikkinchi darajali bo’lak;
B) ega;
D) kesim.
19. Sonlar yozuvda necha xil bo’ladi?
A) ikki xil;
B) uch xil;
D) to’rt xil.
20. Yaqin ma’noli fe’llar qatorini toping:
A) eshitmoq, tinglamoq;
B) eslamoq, xotirlamoq;
D) A va B javoblar.

Download 17.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling