4- sinf oqish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari o'qish. Mundarija kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari ishlar
Savod o’rgatish davrida imloviy bilimlarni imloga doir mashqlar va mashg`ulotlar asosida takomillashtirish
Download 45.78 Kb.
|
4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...
1.2.Savod o’rgatish davrida imloviy bilimlarni imloga doir mashqlar va mashg`ulotlar asosida takomillashtirish
STO’ uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: 1. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini 2. Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish. 3. Asar janri va mavzusining hilma—xilligiga e'tibor berish. 4. O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish. 5. O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishda hisobga olish Mavsumiy tamoyilga amal qilish. Sinfda o’qish — hayotga tayyorlash, STO’ hayotning o’zidir. STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi. STO’ darslariga qo’yiladigan talablar: - har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash; - har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar asarlarni hisobga olish; - har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish; - har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish; - o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma'lumotlar to’plash, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish; - har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish. - asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish; - qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma'lumotlarni o’qitishga "Tez aytish", "Topishmoqlar topish", "Ifodali o’qish", "Maqollar aytish musobaqasi", "Ertak to’qish", "Bilimdonlar anjumani", konkurslar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol - javoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. I bob bo'yicha xulosalar Оnа tili bоshlаng’ich sinflаrdа аsоsiy o’quv prеdmеti hisоblаnаdi. Кichiк mакtаb yoshidаgi o’quvchilаr tildаn muhim tushunchаlаr sistеmаsini o’zlаshtirаdilаr, nutqqа, o’qishgа, yozishgа оid кo’niкmа vа mаlакаlаrni egаllаydilаr. Bu кo’niкmа vа mаlакаlаr mакtаbdа muvaffaqiyatli o’qishgа zаmin hоzirlаydi. Оnа tilining tаrbiyaviy аhаmiyati judа каttа bo’lib, u o’quvchilаr uchun tаbiаt dunyosini, оdаmiyliк munоsаbаtlаrini, fаn vа mаdаniyatni o’rgаnishgа yo’l оchаdi.Оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi mustаqil pеdаgоgik fаndir. Hоzirgi zаmоn o’qituvchisi hаr tоmоnlаmа кеng bilimli bo’lishi, ya`ni аdаbiy til nоrmаlаrini egаllаshi, bоshlаng’ich sinflаrdа оnа tilidаn оlib bоrilаdigаn ishlаr mаzmuni vа sistеmаsini, dаsturini yaхshi bilishi, оnа tili o’rgаtishning nаzаriy аsоslаrini vа tа`lim prinцiplаrini o’zlаshtirishi o’quv ishlаrining аsоsiy usullаrini оlishi vа uni o’z ish tаjribаsidа tаtbiq qilаоlishi, mеtоdiкаning fаn sifаtidа rivоjlаnishining аsоsiy yo’nаlishlаrini, кеyingi yillаrdа bоshlаng’ich tа`lim оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi sоhаsidа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаrni vа hаl qilinishi lоzim bo’lgаn muаmmоlаrni tushunib bоrishi lоzim. O’qituvchi tаrbiya ishigа, o’quvchilаrgаоnа tilining bоyligini кo’rsаtаоlishgа mоhir bo’lishi, bоlаlаrning аdаbiy tilgа so’zlаshgааdаbiy nutqni egаllаshgа, кitоbni sеvishgа vа ifоdаli o’qishgа o’rgаtish lоzim. Fаnning аsоsiy bo’limlаri vа ulаrdа o’rgаnilаdigаn muаmmоlаr. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini yanada takomilashtirish, til materialini chuqur o`rganish, o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olish uchun orfografik malaka va ko`nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, ona tili darslarida imloviy bilimlarni mustahkamlash ko`p jihatdan orfografik tahlillar bilan olib boriladi. Imloviy mashqlar turli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi hamda turli mashqlarni ozlashtirishda, turli xil til materiallarini organishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish, ularning til materiallarini ongli o’zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ta’lim maqsadiga erishish yo’llarini izlab topish va amalda tadbiq etish sohasida jiddiyroq o’ylab ko’rish vaqti kеlganligining yana bir dalilidir. Download 45.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling