4- tajriba ishi Gips toshi mustahkamligiga qo‘shilmalar ta’siri
Download 1.24 Mb.
|
tajriba 4 GIPSning mustahkamligi (1)
“BOG‘LOVCHI MODDALAR” fanidan “Qurilish gipsining xossalarini boshqarish” mavzusida laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish 4- tajriba ishiGips toshi mustahkamligiga qo‘shilmalar ta’siri(O‘zRST 768-97. n.5).Ishning maqsadi va vazifasi: Gips toshi mustahkam-ligi namunani (turli nomdagi va miqdordagi qo‘shilmalar qo‘shilgan holdagi) egilishga va siqilishga bo‘lgan mustah-kamligi orqali aniqlanadi. Gipsli bog‘lovchilarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari O‘zRST 768-97 va DAST 125-79 bo‘yicha aniqlanadi. Qo‘shilma sifatida oldingi tajriba ishlarida qabul qilingan variant tavsiya etiladi. Kerakli asbob-uskunalar: MII-100 asbobi, gidravlik press (10-20 tonnali), o‘lchamlari 40x40x160 mm li qoliplar, 40x62,5 mm li po‘lat plastinkalar, sig‘imi kamida 1 litr bo‘lgan idish-kosa, o‘lchamli shisha idish (0,5-1 litr), analitik torozi va toshlar, kurakcha, pichoq, sekundomer, mashina moyi, turg‘un vaznli gips namunasi, suv. Ishning olib borish tartibi: 1. Normal quyuqlikka ega bo‘lgan gips xamiridan 40x40x160 mm o‘lchamli 9 ta namuna tayyorlaymiz. 2. S/G nisbati 0,45:0,50 va 0,55. Egilishdagi va siqilishdagi mustahkamligini aniqlab taqqoslash, S/G nisbati bog‘liqligi egri chizig‘i grafigi quriladi. 3. Qo‘shimchalar qo‘shib normal quyuqlikdagi gips xamiridan quyidagi variantlarda namuna tayyorlanadi: Qurilish gipsi. Qurilish gipsi + NaCl- 1; 2; 3; % Qurilish gipsi + SSB – 0.1: 0.3: 0.5: % Qurilish gipsi + Ohak – 2: 4: 6% Qurilish gipsi + Sovun ko‘pigi – 0,5: 0,75: 10% Tayyorlangan namunalarni 2 soatdan keyin, 7 sutka havo-da qotgandan keyin va namunalar doimiy (o‘zgarmas) massasi-gacha quriganidan keyin 3 tadan namunalarni avval MII-100 asbobida egilishiga va hosil bo‘lgan yarimtali bo‘lakchalarni plastinkalar – yordamida gidravlik preslarda siqilishda bo‘lgan mustahkamlik chegarasini tekshiramiz, natijalar 4 jadvalga kiritiladi. Namunalarni laboratoriya quritish shkaflarida 60-65 0C haroratda o‘zgarmas massasigacha quritiladi. Eslatma: Bog‘lovchini oz miqdorda sarflash maqsadida namunalar o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin, yana 30x20x30 mm namunalar tayyorlab faqat siqilishda mustahkamlik chegarasini aniqlash mumkin. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling