4-2muz-16 guruhi “O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mustaqil ish


Farg‘ona-Toshkent ijrochilik yo‘nalishi


Download 44.64 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi44.64 Kb.
#1584509
1   2   3
Bog'liq
Raxmonova Ferangiz

Farg‘ona-Toshkent ijrochilik yo‘nalishi
Farg‘ona-Toshkent ijrochilik yo‘nalishining vakillari to‘g‘risida G‘ulom Zafariyning 1930-yillarda tuzilgan shajarasida keltirilgan sozandalar nomlaridan bilamiz. Shuningdek, keksa sozanda va bastakor ustoz Muxtorjon
Murtazoevning aytishlariga qaraganda, Andijonning Buloqboshi tumanidan talaygina taniqli surnaychilar sulolasi yetishib chiqqan. Bular: Rustam Mehtar, Odil Mehtar, Ashurali Mehtar, Qo‘qonlik Ro‘zi naychi, Hamroqul bulamon, Ummatqul qo‘shnay, Marg‘ilonlik Ahmadjon Umurzoqov, Oq machitlik surnaychi Kalon Mehtar Bobo, Toshkentdan Shukurqul nay, Kamol nay, aka- uka surnaychilar Nurulla, Sa’dulla, Xayrulla Ubaydullaevlar, Abduqayum ota Azimov, Mahkam Sobirov, Shamsimat ota Yusupov, G‘ulomjon Mirzaev, Namangandan Burxon nay, Hasan nay va boshqalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, ushbu uslubning maxsus «Surnay yo‘llari»dan Buzruk, Savti Buzruk, Navo, Savti Navo, Navo Charxi, Dugoh, Dugoh Husayniy, Dugoh ufori, Segoh, Segoh ufori, Uzzol, Iroq, Ufari Iroq maqom sho‘’balari asosida yaratilgan yirik turkumdagi asarlar ijro qilinadi.
Xorazmda surnay ijrochiligining rivojlangan davri Muxammadrahimxon Feruz xonlik qilgan (1863-1910) zamoniga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda aka-uka Hasan va Husan Kalot, Yoqub bulamonchi, Sariq Mehtar, Bobojon (Buva bulamonchi) surnaychi, Xudoybergan Qurbon o‘g‘li va 40 nafar surnaychidan tashkil topgan surnaychilar, karnay va nog‘oralar jo‘rligidagi ansambl «Xon chiqar» (Xorazm Navo maqomining saqili)ni xon chiqish paytida chalishgan. Bunda Xon otining va uni yetaklab yuradigan shotirlarning oyog‘iga turli hajmdagi zanglar taqilgan bo‘lib, ular kuy usuliga monand oyoqlarini tashlab yurgan paytda mahobatli tomosha-ko‘rinish hosil bo‘lgan.
Bu davrda mashhur bo‘lgan Durdi karnaychi nomi ham ko‘p tilga olinadi.
Xiva xonligida g‘assollardan olinadigan soliqni Ashur mahram karnaychilarga oylik, ya’ni maosh qilib berar ekan. Shuning uchun ham ushbu kasb eng past hunarlardan hisoblangan va hozirgacha O‘zbekistonning boshqa joylariga qaraganda Xorazmda karnaychilar deyarli yo‘q, karnay esa juda kamdan-kam hollarda istifoda qilinadi.
XX asrda mashhur bo‘lgan surnaychilardan Xudoybergan Qurbon o‘g‘li, Matniyoz ota, Quryoz ota, Jumaniyoz ota, mehnat qizil bayroq ordenli Abdusharif Tog‘anov, Matyoqub do‘xtir Ollayorov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qodir Bobojonov, Fayzullo Matchonov, Yo‘ldosh Tojiev va ayniqsa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Do‘stlik» ordeni nishondori Matrasul Matyoqubovlar el orasida taniqli ustoz sozandalardan hisoblanadi.
Xorazmda ham maqom sho‘’balari asosida surnay uchun maxsus «Surnay maqomlari» yaratilgan va ular Komil Xorazmiy tomonidan ixtiro qilingan «Tanbur nota chizig‘I»da o‘z aksini topgan bo‘lib, bular «Iforiy», «Zangboziy», «Zuvoniy», «Marviy I-II», «Gulho gulim», «Alaming yomon», «Yor-yor», «Qorako‘z», «Puxtaro giyr» maqomlaridir.1 Shuningdek, «Muxammasi Rost», «Muhammasi ushshoq», «Saqili Navo (bu asar xon chiqar deb ham yuritilgan)», «Muhammasi bayoz», «Ufori Navo», «Peshravi Dugoh», «Peshrav zanjiri», «Hafifi Segoh», «Ufori Iroq», kabi asarlar maqomlaridan bo‘lsa, xalq kuylaridan «Aliqambar», «Nadromaddin», «Birollayim», Masxaraboz yo‘llaridan: «Qum pishigi», «To‘rg‘ay», «Chog‘olloq», «Zumlaq», «Rotollo» va boshqa kuylar hozirgacha mashhur. Surnay yo‘llarining asosan nikoh, sunnat va boshqa to‘ylarda ijro etiladigan turlari keng tarqalgan. Ularning aksariyati raqs kuylari bo‘lib, turkumli «Shodiyona», «Katta o‘yin», «Tanovar», «Munojot», «Orazibon», «Norim-norim», «Ushlini uforisi», «Elapasalandi», «Birolloyim» (oxirgisiga o‘xshagan qo‘shiqlar ovozi kuchli xonandalar tomonidan surnay jo‘rligida kuylangan va bunday jo‘rlikda kuylash faqat Xorazmgagina xosdir) va ayniqsa «Surnay lazgisi» xalqaro miqyosda dong‘i ketgan raqs kuylaridan hisoblanadi. Raqs kuylariga ko‘pincha qayroq jo‘rligida o‘ynaladi.
Bug‘ - sopoldan ishlangan 350 mm uzunlikdagi quvur (truba) bo‘lib, undan qadimda tegirmon don yanchish uchun tayyor ekani yoki shahar hammomi suvi isib yuvinish uchun shay bo‘lganligini bildirish maqsadida tashdorlar tomonidan chaqiriq chalingan.
Karnay - (forscha - qarn - shox, nay) hayvon shoxidan yasalgan nay degan ma’noni bildiradi. Ibtidoiy davrlardan har xil chaqiriq uchun odam ovozidan kuchli tovushga ehtiyoj paydo bo‘lgan va natijada hali inson tomonidan metal kashf qilinmasdan burun hayvonlarning katta shoxlaridan turli hajmdagi karnaylar yasashgan. Karnayning topilgan qoldiqlari eramizdan oldingi uch minginchi yillarga borib taqaladi. Karnay birinj-latundan yasaladi va uzunligi 3 metrcha keladigan to‘g‘ri, ba’zan bukik, qo‘ng‘iroqsimon karnayli tabiiy oberton tovushqatorli cholg‘u hisoblanadi. Karnay asosiy quvurining ichidan 97-100 sm keladigan va tobora kengayib (5 mm dan 36 mm gacha) boradigan ingichka yordamchi quvur o‘tkazilgan. Bu quvur xalq tilida nil deb ataladi va u 37 mm keladigan karnay munshtugiga ulanadi. Karnay juda uzun bo‘lganidan ikki yoki uch bo‘lakka bo‘linadi. Uning tovushi juda kuchli bo‘lib, ijro paytida karnaychi karnay og‘zini har tomonga yo‘naltirgan holda (barchaga eshitilsin uchun) chaladi. Uning oberton tovushlari ko‘lami bir oktavadan oshmaydi. Obertonlari prima, sekunda, kvinta, seksta va septima bo‘lib, eng ko‘p foydalaniladigani kvinta, seksta va septima intervallaridir. Karnay harbiy yurishlarda, to‘y, sayil va bayramlarda surnay, nog‘ora va doyralar jamlangan ansambl tarkibiga kirgan. U mohir karnaychi tomonidan yakka holda nog‘ora va doyralar bilan ijro qilinadigan bo‘lsa faqat karnaygagina xos bo‘lgan tovush dinamikasini yaqqol namayon qiladi. Ya’ni o‘ziga xos glissando, vibrato va tovush kuchining samarasi ushbu cholg‘uning ulug‘vorligini ko‘rsatadi.
Karnay hozirgi davrda ham keng qo‘llanilmoqda. To‘rt, olti karnaydan tashkil topgan nog‘ora, doyra, surnaylar tarkibidagi ansambllar to‘y, sayil, bayram va tomoshalarda xizmat qilmoqdalar.
Burg‘u - qadimda turkiy xalqlar oltoy va sibirda ham yashaganlar va bug‘u shoxlaridan karnay yasaganlar uning nomi shundan qolgan.
Yurtimizda olib borilayotgan sohaga oid isloxotlar, qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar soha rivojida sezilarli natijalarni yuzaga kelishida muhim omil sanaladi. Madaniy merosga har bir avlodning o’z munosabati bo’ladi. Bu munosabat yaxshi bo’lsa, xalq ijoda va uning har bir janri, ya‟ni maqol, ertak, doston, qo’shiqlari, aytimlari hayotiylik kasb etib avloddan avlodga o’tib yashashda davom etadi. Qo’shiqlari, milliy urf-odat, an’analari yashab turgan yurtning hayoti, tarixa ham yashaydi, yurti obod, xalqining ma’naviyati yuksak bo’ladi. Har bir jamiyatning o’z madaniyati va ma‟naviy omillari mavjud bo’lganidek mustaqil jamiyatimizning ham milliy ma’naviy omillari sirasida xalq musiqa merosi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan xalqimizning o’tmish ma„naviy merosini o’rganish, shu asosda milliy mafkurani yaratish, ularda vatanparvarlik, milliy urf-odat va qadriyatlarni sevish hamda qadrlash tuyg’usini kamol toptirish alohida e’tiborni talab qiladi. Bu qadimiylikning g’oyaviy badiiy ifodasi bir qator badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq qo’shiqlari afsona va dostonlarida saqlanib qolganligi ham mamlakatimizda ta‟limtarbiya, uztoz-shogird an’analarining tog’ri va maqsadli shakllanganligini ko’rsatadi. Ta’kidlab o’tilgan qo’shiqlar, laparlar, yalla, alla, katta ashula, diniy mazmundagi motam aytimlari, mehnat qo’shiqlari, marsiya, doston qo’shiqlari orqali o’sha hudud xalqining hayotiy falsafasi, lozim bo’lsa pedagogik ahamiyatga molik qarashlarini ham bilib olish uchun zamin yaratadi. Shuning uchun ham o’zbek xalqining musiqiy ijrochilik uslublari, an’analarining musiqiy-pedagogik xususiyatlarini muayyan janrlarga mansub aytimlar, cholg’u kuylarning amaliy-muqiqiy uslublari, musiqiy ma’rifiy faoliyatini o’rganmay turib, tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish samarali bo’lmasligi mumkin. Uzoq o’tmishda sinkretik san’atning namunasi bo’lgan qo’shiqlarni yaratuvchilar va ijro etuvchilar mehnat faoliyatiovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik ishlari, xalq amaliy san„ati kulolchilik, o’ymakorlik va boshqa san’atlar bilan bevosita aloqada bo’lib, ayni chog’da mehnatkash ommaning qadimiy urf-odatlari, xilma-xil marosimlari va e’tiqodlari negizida yashab kelgan. Zamonlar o’tishi, davrlar almashinuvi natijasida xalqlarning chegaralanishi, ya’ni ma‟lum hududlarga bo’linib yashash ko’proq va qat‟iyroq tus olishi bilan har bir urug’, qabilaning, xalqning urf-odatlari, nafaqat xalq, balki har bir shahar, tuman, vohaning o’ziga xosligi bo’lib, bu narsa musiqa san‟atiga ham o’z ta‟sirini o’tkazgan. Jumladan, Farg’onaToshkent, Buxoro-Samarqand, SurhandaryoQashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, ommaviy janrlari bunga misol bo’la oladi. Xalq og’zaki musiqa ijodiyotida mahalliy uslubga xos aytimlarning yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ahamiyati kattadir. Psixolog olimlarning qayd etishicha xalq og’zaki ijodiga mansub asarlar o’zining milliy ohangi va mazmuni bilan inson bosh miyasi joylashgan yarim shardagi asab qoplamasi, asab tomirlari, miya qobig’ining yeng yirik, eng nozik, boshqa hech narsa ta‟sir ko’rsata olmaydigan qatlamiga ham kirib bora oladi. Talabalarda milliy musiqiy meros haqida keng qamrovli tushunchalar hosil qilishda eng avvalo, ularning o’zi yashab turgan hudud viloyat, tuman, qishloqlarda yashovchi xalqqa mansub folklor asarlar, mashhur san’atkorlar- baxshilar, o’lanchilar, laparchi-yallachilar, keng ommalashgan aytimlar bilan tanishtirish, ularning ijrochilari haqida ma‟lumotlar bilan tanishtirish va talabalarga mustaqil ish sifatida yoshi ulug’lardan bu haqida ma‟lumotlar, namunalar yig’ib kelishni topshirish yaxshi samara beradi. Mahalliy uslublarga xos namunalarni o’rganishda ularni qiyosiy taxlil qilish talabalarni xalq ijodiyotiga qiziqishlarini oshiradi, bu esa ularni musiqiy go’zallikka bo’lgan haqiqiy ehtiyojini qondirishda muhim o’rin tutadi. Barkamol avlod tarbiyasida san’atning, xususan musiqa san‟atining o’rni beqiyosdir. Musiqa tabiatiga ko’ra jon ozig’i, xissiy ruhiy kechinmalarning uyg’otuvchisi, ijod va nozik didni tarbiyalovchi kuchli vositadir. Musiqaning ana shu o’tkir tarbiyaviy kuchi vositasidan foydalanish, san‟atga mehr uyg’otgan holda, o’quvchi yoshlarning nafosat dunyosini o’stirish, ularda yuksak ma‟naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalash soha vakillari va pedagoglar zimmasiga yuklatilgan. Chunki inson tug’ilganidanoq birinchi musiqachi, kompozitor- ona allasini eshitadi. Bu milliy ohang, milliy tarbiyaning yeng asosiy vositasi sifatida insonning umri oxiriga qadar o’z kuchi, ahamiyatini yo’qotmaydigan, uning milliy qadriyatini belgilovchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Milliy musiqiy asarlarning, jumladan xalq hayotini turli ko’rinishlarini aks ettiruvchi qo’shiq-raqs aytimlarni ta’sirchanligini ta‟minlovchi asosiy ko’rsatgichlardan biri uning o’quvchi yoshlarning ichki kechinma, hissiyotiga kuchli ta‟sir ko’rsatishidir. San„at asarlarini hissiy-emotsional idrok qilish har qanday bilimning asosini tashkil etadi. Xalq badiiy ijodiyotini badiiy idrok etish, anglash ma‟naviy ma„naviy estetik madaniyatini shakllantirishning eng muhim omillaridan sanaladi. Shu bilan birga Respublikamiz musiqa madaniyatida tavsif etilgan to’rtta asosiy mahalliy uslub - Farg’onaToshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm musiqiy an’analarining o’ziga xosligi, o’xshashligi, farqli jihatlari va o’zaro yaqinlashib boorish xususiyatlari bugungi kunda umummusiqiy madaniyatimizni keng diapozoni va janrbarangliligini belgilab beradi. Respublikamizdagi viloyatlar aholi migrasiyalarining o’tgan asr o’rtalaridan ancha jadallashganligi, aholi umumiy madaniyati, turmush tarzining ham o’zaro faollashuvi shuningdek, ommaviy axborot vositalarining ayniqsa, ayniqsa, radio, radio, televideniye kabi vositalarning madaniy qiymatlar (an‟ana, urf-odat, marosim) almashinuvining tezlashuvi kabi muhim omillar sifatida ko’rsatish mumkin. Ushbu qayd etilgan mahalliy musiqiy uslublarning ayrim ko’rinishlari aks etgan Jizzax viloyati xalq musiqasi ham e’tiborni o’ziga tortmoqda. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, xalq musiqasi ijodiyotining mahalliy uslublariga xos namunalari sifatida tasnif etiluvchi muayyan vaziyat va tadbir, marosim bilan bog’langan aytimkuylarning hozirgi kunda zamonaviylashgan an„analar bilan aralashib, omuxta ko’rinishlari paydo bo’layotganligini ham e’tibordan qochirmay, [olis baholash vaqti keldi. Tabiiyki, ayrim marosim, urf-odat va mehnat turlarining ijtimoiy mohuyati o’z kuchini yo’qotib borishi natijasida ular bilan bog’liq aytim yoki kuylarning ham dastlabki vazifasi o’zgarib, endilikda nomarosim xalq musiqasi guruhiga taalluqli bo’lib qolmoqda, ayrim namunalar esa o’z qadr-qimmatini yo’qotish arafasida turganidan ham ko’z yumub bo’lmaydi. Yuzaga kelgan bu vaziyatda tarixiy merosimizni saqlash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida bir qator chora-taddirlar amalga oshirilmaqda. Shu jumladan, folklor- etnografik ansambllarning tuzilishi va faoliyatiga e’tibor kuchayganligi, maxsus ko’rik-tanlovlarning tizimli tarzda o’tkazilib kelinayotganligi, musiqiy folklorning turli hududlar (mahalliy uslublar) aholisiga tegishlilik xususiyatlarini tabiiyligini saqlab qolish ularni yosh avlod ma’naviyatiga, ta‟lim-tarbiyasiga yanada chuqurroq singdirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. E’tirof etish kerakki, bizning davrimizga qadar yetib kelgan musiqiy folklor namunalari ko’proq viloyatlarning qishloq tumanlarida o’zining tabiiy hayotini davom ettirib, o’z tabiiy xususiyatlarini saqlab kelayotgan bo’lsada, biroq shahar muhiti, turli ijtimoiy guruhlaring ma’naviy-madaniy talab va ehtiyojlari ta‟sirida, ayrim holatlarda chet el madaniyatiga xos unsurlarning hayotimizga kirib kelishi oqibatida ularning tabiiyligiga putur yetib, etibor susaymoqda. Alalxusus, bugungi shahar folklorining ajralmas qismini – Yor-yor, Kelinsalom, Allalar hozirda ham asl qiyofasi va ahamiyatini deyarli saqlagan oilaviy marosim qo’shiqlari sifatida ohang va so’z matnlari ma‟lum o’zgarishlarga uchragan holda saqlanganining guvohi bo’lamiz. Qolgan ko’pgina marosim va nomarosim aytimlar, raqslar, raqs-harakatli o’yinlar tobora sahna folkloriga aylanib borayotganligi ham tashvishli muammolardandir. Mana shunday vaziyatda xalq musiqa folklorlarini asl ijrochilik an„analari, shakllari, usullari, ko’rinishlarini sa‟atshunoslik, musiqashunoslik, va xalq tarixiy turkumi, madaniyati, an‟analari, marosimlari, urf- odatlarining badiiy in„ikosi sifatida saqlab qolishi, yoshlarimizni ularni o’rganish, asrab avaylash va ularni davom ettiruvchi vorislari sifatida tarbiyalashda daxldor kishilar oldiga o’ta mas„uliyatli vazifalarni qo’yadi. Bu esa soha vakillaridan birdamlikni ta‟lab etadi. O’zbekistonda - ustoz-shogird kabi qadimiy an’analarga asoslangan bir necha dostonchilik maktablari, mashhur ijrochilik markazlari mavjud. Ular asosan Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm vohalarining bir qator hududlarida saqlanib qolgan. Hozirgi paytda dostonchi- baxshilarning turli darajada o’tkazilayotgan ko’rik-tanlovlari teledasturlardagi baxshilar chiqishlari, maxsus ko’rsatuvlar, ommaviy bayram tadbirlaridagi chiqishlari bu ko’hna ijodiyotni rag’batlantirishga, ayrim unutilayotgan namunalarni qayta tiklashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Shu bilan birga qadimdan dostonchilik an„analari mavjud hududlarining musiqiy bilim yurtlari (san‟at kollejlari nazarda tyutilmoqda) ushbu soha ijrochiligini amaliy o’zlashtirgan dostonchi-baxshilar (ya‟ni ixtisoslashgan professional ijrochilar) ni yetishtirish maqsadga muvofiq keladi. Bu borada Xorazmda amalga oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Bugungi kunda Xorazm viloyatida Hojixon Boltayev, A.Otajonov nomli musiqa va san‟at maktablarida xalfalar sinflari mavjud. Bu maktablarda ta‟lim olayotgan o’quvchilarga Xorazm xalfachilik san„atidan tashqari, dostonlardan parchalar, xalq kuylari va laparlarining cholg’u yo’llari va aytimlari o’rgatish yo’lga qo’yilgan. Ijrodagi milliylik, yuqori badiiylik, o’zigaxos uslubni ifoda etish natujasida ushbu maktab o’quvchilari Respublika va hatto xalqaro bolalar folklore festivallarrida munosib ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda umumta‟lim maktablarida o’quvchi yoshlarni O’zbekiston sarhadida qaror topgan to’rtta asosiy mahalliy musiqiy uslub, uning, uning mohiyati, o’ziga xosligi, o’xshash va farqli jihatlari, aytin an‟analari, ayrim o’zigagina xos janrlari, uslublari bilan tanishtirib boorish, ularda milliy o’zlikni anglashlarida, yurtning chinakam farzandlari bo’lib, ma‟naviy etuk axloqiy barkamol insonlar bo’lib yetishlarida xususan tom ma‟noda madaniyatli shaxs sifatida shakllanishlarida muhim rol o’ynaydi. O’quvchilarda xalq musiqa ijodiyoti, jumladan uning mahalliy uslublariga oid musiqiy tasavvurni shakllanishi, ularda mazkur uslublarga xos namunalarni o’rganishga nisbatan rag’batning paydo bo’lishi har bir uslubninng o’ziga xos ijrochilik yo’nalishlari betakror jozibasinihis etish asarlarda ifodalangan mavzu, obraz his-tuyg’ularining o’zining histuyg’ulari bilan mutonosibligi ijro etilayotgan, tinglangan, tanishgan folklor qo’shiqlari mazmunidagi ifodalangan insoniy ichki kechinmalari, hayajonlari, orzu-umidlari, intilishlarini his etish vatanparvarlik, insonparvarlik, bir-biriga nisbatan mehribon va sadoqatli bo’lish, mexnasevarlik, to’g’rilik, xalollik kabi fazilatlarni qaror topishida muhim rol o’ynaydi.
Download 44.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling