IV guruh uchun:
1.
Qumloq so‘zi tub so‘zmi yoki yasama so‘zmi?
2.
Iboraga misol keltiring
3.
Tilning quroli nima?
4.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
Shundan so‘ng guruh ishtirokchilari 139-mashqni mustaqil bajarishadi,
kesimning shaxs-son qo‘shimchalari orqali egani aniqlashadi.
Bajarilgan to‘rtta shart bo‘yicha guruh a’zolariga baho qo‘yiladi.
Yangi mavzuni o‘rganish: O‘qituvchi tegishli ko‘rgazmali vosita orqali
eganing kim?, nima?, qayer? So‘roqlariga javob bo‘lishini , kesimning
qo‘shimchalaridan anglashib turgan shaxs-son ma’nosini anglashtiruvchi
bo‘lak ekanligini qayd etib o‘tadi. Uning , asosan, ot, olmosh, sifat, son hamda
sifatdosh orqali ifodalanishini aniq misollar yordamida tushuntiradi. Quyidagi
misollar keltiriladi:
1.
Bunday musobaqada kuchlilar g‘alaba qozonadi.
2.
Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
3.
Hamma Navro‘z bayrami o‘tayotgan maydonga oshiqardi.
4.
Ikkovi kelgusidagi ishlar haqida uzoq suhbatlashdi.
Guruhlar mustaqil ravishda 140-mashqni bajarib, sifat va sifatdoshlar bilan
ifodalangan egani aniqlashadi.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |